Tashmuxamedova Shijoat Bositovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yarim tusli tasvirlarni hosil qilishni takomillashtirish uchun bosishgacha bo‘lgan jarayonda rastrlash parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T
Ilmiy rahbar: Bulanov Ismoil Abdulmuminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxodirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor;  Ismailov Ikromjon Ibrohim o‘g‘li, PhD, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yarim tusli tasvirlarni hosil qilishni takomillashtirish uchun bosishgacha bo‘lgan jarayonda rastrlash parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geometrik o‘lchamlarni o‘lchash usuli bilan amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlar asosida rastr nuqtalarining buzilishini minimallashtirish va yarim tusli tasvirlarni hosil qilish sifatini oshirish uchun rastr nuqta radiusining ratsional qiymatlari (r_0 =51,8 va 73,3 mkm), nuqta kattalashuvi oreoli enining 〖(x〗_t=0,771 va 1,091 mkm) va nuqtaning nisbiy kattalashuv qiymatlari ∆S=0,029  aniqlangan;
chop etish jarayonining barqarorligini ta’minlash uchun regression modellarni taxlil qilish  asosida rastr nuqtaning nisbiy kattalashuv qiymatlari qog‘ozning xossalariga va bosma uskunalarning parametrlariga bog‘liqligi aniqlangan;
turli rastrli tuzilmalar yordamida nuqtalarga aylantirilgan yarim tusli tasvirlarda tuslarning o‘sishini 360 nm dan 700 nm gacha bo‘lgan spektral diapazonda baholash usuli ishlab chiqilgan;
bosishgacha bo‘lgan jarayonlarni optimallashtirish uchun rastrlash parametrlari, bosma uskunalari, bo‘yoq ko‘chirish va nuqtaning nisbiy kattalashuv qiymatlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yarim tusli tasvirlarni hosil qilishni takomillashtirish uchun bosishgacha bo‘lgan jarayonda rastrlash parametrlarini asoslashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
bosishgacha bo‘lgan jarayonda doimiy, stoxastik va gibrid rastrli tuzilmalarni yarim tusli tasvirlarda ranglarning uzatilishiga ta’sirini aniqlash uchun MChJ «POLI TEXT DESIGN», «Dizayn Print», «ANIS POLIGRAF» va “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi korxonalariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024 yil 24 oktyabrdagi №06-11-6460-son ma’lumotnomasi). Natijada, asl nusxaning syujet mazmuni va bosma uskunasining tavsifnomalariga bog‘liq xolda rastrli tuzilmadan foydalanish hisobiga mahsulot sifatini 26% ga  oshishiga imkoniyat yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish