Atajanov Akbar Bazarboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arrali jin kolosnigining ishlash muddatini konstruksiyasini takomillashtirish va kimyoviy-termik ishlov hisobiga oshirish” 
05.02.03–“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5095
Ilmiy rahbar: Safaev Abduxalil Abdurahimovich, texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arrali jin kolosnigining ishlash muddatini konstruksiyasini takomillashtirish va kimyoviy-termik ishlov hisobiga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin kolosnigini ishchi qismining ishlash muddatini oshirish uchun almashuvchan plastinaga kimyoviy-termik ishlov berish asosida kolosnik konstruksiyasi takomillashtirilgan;
jinlash jarayonida paxta tolasining kolosniklar ishchi qismini tirqishidan o‘tishidagi abraziv eyilishiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar baxolash imkoniyatlarini beruvchi funksianal ifodalar asosida olingan; 
paxtani kolosnik bilan o‘zaro ta’sirining kontaktlanadigan yuzalar mikrogeometriyasi va paxta tarkibidagi qattiq zarrachalarning mavjudligini hisobga olgan holda, kolosniklar ishchi yuzalarining abraziv eyilishini aniqlash imkonini beradigan modeli yaratilgan;
kolosniklar ishchi qismida qo‘llaniladigan almashuvchan plastinalarni kimyoviy-termik ishlov berish uchun sementatsiyalash va xromlash usulini bir vaqtda qo‘llash mumkinligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali jin mashinalarida mavjud kolosniklarning konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
paxtani jinlash jarayonida tarkibli almashuvchan, xromlangan plastinali kolosnik konstruksiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi, Xorazm viloyati “Hazorasp Textil” MChJ paxta tozalash korxonasiga tatbiq etilgan. (“O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 04.10.2024-yildagi 
03/25-2639 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani jinlashda amaldagi tola sifati navlariga ko‘ra 0,05-0,07 (abs) % ga, paxta chigitini shikastlanishi 0,22-0,25 (abs) % ga kam bo‘lishi hamda eyilishini kamayishi hisobiga kolosnikni ishlash muddatini 2-3 marta oshishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish