Murodova Sojida Maqsadboy qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «No‘xatning (Cicer arietinum L.) kolleksiya namunalarini SSR DNK markerlari bilan Fuzariozga chidamli bo‘lgan lokuslarini assotsiativ kartalashtirish», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1050.
Ilmiy rahbar: Bozorov Tohir Axmadovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Sherimbetov Anvar Gulmirzaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Turaev Ozod Sunnatalievich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: no‘xat (Cicer arietinum L.) kolleksiya namunalarining morfoxo‘jalik belgilarini baholash va fuzariozga chidamli bo‘lgan genlar/lokuslarni assotsiativ kartalashtirish asosida kasallikka chidamliligi bilan bog‘langan SSR DNK markerlarni aniqlash hamda chidamli donorlarni ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy sharoitda ICARDA xalqaro tashkiloti no‘xat namunalarining morfoxo‘jalik belgilari baholangan va hosildorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan namunalar ajratib olingan;
respublikamizda Fusarium turkumining Fusarium solani, Fusarium caricae, Fusarium falciforme, Fusarium brachygibbosum, Fusarium breve va Fusarium gossypinum izolyatlari kasallangan no‘xat o‘simliklaridan ajratib olingan va polifazali identifikatsiya qilinib zamburug‘ turlari aniqlangan;
Fusarium turkumi turlari izolyatlarining xilma-xilligi FUSARIOD-ID ma’lumotlar bazasida molekulyar-genetik jihatdan isbotlangan va Fusarium turkumi turlari shtammlarining ribosomaning inter transcribed spacer (IS) regioni, elongation factor 1a (tef1-a) va beta-tubulin (tub2) DNK barkodlari bo‘yicha turlararo va turkumlararo molekulyar filogeniyasi ishlab chiqilgan; 
dala sharoitida kasallangan no‘xat namunalaridan ajratib olingan patogen zamburug‘lar molekulyar identifikatsiya qilinganda Fusarium turkumiga tegishli 6 ta patogen zamburug‘ mavjud bo‘lib bu zamburug‘larning ichida Fusarium brachygibbosum zamburug‘i boshqalariga nisbatan kuchliroq patogenlik ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
fuzariozga chidamliligi belgisi bilan assotsiativ kartalashtirish natijalarida Fuzarioz vilt kasalligiga chidamlilik bilan genetik birikkan  SSR DNK markerlaridan TA42-LG5, TA125(A), TA125(B)-LG1, TA37-LG2 va TAASh-LG1 marker-belgi assotsiatsiyasi (MTA)  aniqlangan;
genetik jihatdan polimorf markerlar asosida hosildorlik belgilarining assotsiatsiya (CASTMS10 marker- dukkak soni, dukkak og‘irligi, don og‘irligi bo‘yicha, TA146 marker- dukkak soni, don soni belgisi bo‘yicha, TAASh marker-dukkak og‘irligi va  kasallikka chidamlilik belgisi bo‘yicha, S35 marker-don soni belgisi bo‘yicha assotsiativlikni namoyon bo‘lgan) xaritasi tuzilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. No‘xatning (Cicer arietinum L.) kolleksiya namunalarini SSR DNK markerlari bilan Fuzariozga chidamli bo‘lgan lokuslarini assotsiativ kartalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
no‘xat o‘simligida fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Fusarium turkumi turlari zamburug‘larining: Neocosmospora solani (Fusarium solani)–IGPEB-1, Neocosmospora caricae (Fusarium caricae) – IGPEB-2, Fusarium brachygibbosum– IGPEB-4, Neocosmospora falciformis (Fusarium falciforme) - IGPEB-5, Neocosmospora brevis (Fusarium breve) – IGPEB-7, Fusarium gossypinum - IGPEB-8 shtammlarining sof kulturalari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining «Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar» noyob ob’ekti kolleksiyasi genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 6-avgustdagi 4/1255-1758-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiya Fusarium turkumi turlarining genofondini boyitish, elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan; 
Fusarium turkumi zamburug‘i shtammining IS regioniga asoslangan tur sekvensi bo‘yicha olingan natijalar NCBI (AQSh Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi), EMBL-EBI Evropa nukleotid arxivi (Buyuk Britaniya, Kembridj) va DDBJ Yaponiya DNK ma’lumotlar bazasida PQ062216, PQ062217, PQ062219, PQ062220, PQ062222 va PQ062223 ID raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 6-avgustdagi 4/1255-1758-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida tarqalgan Fusarium zamburug‘ining turkumi turlarining shtammlari o‘ziga xosligini aniqlash hamda ushbu shtamlarning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchrovchi shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish