Saydalieva Mahliyo Ulug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Spontan nutqning kognitiv-stilistik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5440
Ilmiy rahbar: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Akmal Gulyamovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi spontan nutq davomida yuzaga chiqadigan nutqning kognitiv funksiyasini ilmiy-nazariy jihatdan dalillash, tanlab olingan misollar yordamida kognitiv metaforalarni stilistik tadqiq etish, segmental birliklar talaffuzidagi nutq uzilishlarini kognitiv-stilistik jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
stilistika va og‘zaki nutqqa doir masalalarning genezis asoslari, ilk amaliy stilistik faoliyatning paydo bo‘lishi qadimgi notiqlik san’ati bilan bog‘liqligi, stilistik masalalarga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari, stilistika doirasida o‘rganiladigan muammolarni tasniflashga qaratilgan qarashlar hamda ularning to‘rt guruhga tasniflanishi, kognitiv stilistika amaliy stilistik masala sifatida guruhlanishi, kognitiv stilistika doirasida og‘zaki nutq, xususan, spontan nutqning tadqiqot obekti bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan;
lingvokognitiv nazariyalarning shakllanishida psixologiya, falsafa, mantiq ilmi sohalari doirasida til va ong haqida bildirilgan qarashlarning asos bo‘lib xizmat qilgani, natijada kognitiv lingvistika sohasining paydo bo‘lgani, til tizimi va yozma nutq tadqiqiga kognitiv yondashuvlar og‘zaki nutqning ham kognitiv tahlil qilinishiga ehtiyoj tug‘dirgani, shu tariqa kognitiv tilshunoslik va stilistik tahlillar asosida kognitiv stilistikaning shakllangani, soha nazariy hamda amaliy tamoyillarga ega ekanligi, og‘zaki nutqning kognitiv stilistikada tadqiq etilishi zarur bo‘lgan xususiyatlari nazariy qarashlar asosida dalillangan;
spontan nutq og‘zaki nutqning tabiiy rejalashtirilmagan shakli ekanligi, u faqat real muloqot jarayonidagina sodir bo‘lishi, spontan nutqni rejali nutqdan farqlaydigan va notatsiya talab etmaydigan lingvistik xususiyatlari: ovoz balandligi, intonatsiya va ritmdagi o‘zgarishlar nutqning tabiiyligi va ifodaliligini ta’minlashi; pauza, takror, tuzatish, mavzudan chetga chiqish hamda so‘zlovchi tomonidan ayrim so‘z yoki jumlalarning tushirib qoldirilishi kabi jihatlar nutq ravonligiga ta’sir etishi, mazkur nutqiy hodisalar kognitiv-stilistik vazifa bajarishi asoslangan;
spontan nutq o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarga ega ekanligi, muloqot jarayonida idrok, tafakkur, diqqat, xotira, hissiyot kabi miya faoliyati bilan bog‘liq kognitiv jarayonlar: tushunish dinamikasi, kognitiv yuk, prognostik xarakter, navbat olish dinamikasi, kognitiv dissonans, semantik integratsiya, pragmatik xulosa, diqqat taqsimoti, iqtibos keltirish, hissiy munosabat va boshqalar sodir bo‘lishi, spontan nutqda kognitiv metaforalar reallashishi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Spontan nutqning kognitiv-stilistik xususiyatlarini o‘rganish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
stilistika va og‘zaki nutqqa doir masalalarning genezis asoslari, ilk amaliy stilistik faoliyatning paydo bo‘lishi qadimgi notiqlik san’ati bilan bog‘liqligi, stilistik masalalarga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari, stilistika doirasida o‘rganiladigan muammolarni tasniflashga qaratilgan qarashlar hamda ularning to‘rt guruhga tasniflanishi, kognitiv stilistika amaliy stilistik masala sifatida guruhlanishi, kognitiv stilistika doirasida og‘zaki nutq, xususan, spontan nutqning tadqiqot obekti bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan; lingvokognitiv nazariyalarning shakllanishida psixologiya, falsafa, mantiq ilmi sohalari doirasida til va ong haqida bildirilgan qarashlarning asos bo‘lib xizmat qilgani, natijada kognitiv lingvistika sohasining paydo bo‘lgani, til tizimi va yozma nutq tadqiqiga kognitiv yondashuvlar og‘zaki nutqning ham kognitiv tahlil qilinishiga ehtiyoj tug‘dirgani, shu tariqa kognitiv tilshunoslik va stilistik tahlillar asosida kognitiv stilistikaning shakllangani, soha nazariy hamda amaliy tamoyillarga ega ekanligi, og‘zaki nutqning kognitiv stilistikada tadqiq etilishi zarur bo‘lgan xususiyatlari nazariy qarashlar asosida dalillangani borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 17-oktyabrdagi 481/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha so‘z yasalishi muammolarini tadqiq etishda ijtimoiy kommunikatsiyaning ahamiyatiga doir ma’lumotlar bilan yanada kengaytirilgan;
spontan nutq og‘zaki nutqning tabiiy rejalashtirilmagan shakli ekanligi, u faqat real muloqot jarayonidagina sodir bo‘lishi, spontan nutqni rejali nutqdan farqlaydigan va notatsiya talab etmaydigan lingvistik xususiyatlari: ovoz balandligi, intonatsiya va ritmdagi o‘zgarishlar nutqning tabiiyligi va ifodaliligini ta’minlashi; pauza, takror, tuzatish, mavzudan chetga chiqish hamda so‘zlovchi tomonidan ayrim so‘z yoki jumlalarning tushirib qoldirilishi kabi jihatlar nutq ravonligiga ta’sir etishi, mazkur nutqiy hodisalar kognitiv-stilistik vazifa bajarishi haqidagi ilmiy xulosalardan 2020-2022-yillarda S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniyat ishlari byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 11-oktyabrdagi 1360/04-son ma’lumotnomasi). Natijada spontan nutqqa oid ilmiy-nazariy qarashlar loyiha ishini boyitishga xizmat qilgan;
spontan nutq o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarga ega ekanligi, muloqot jarayonida idrok, tafakkur, diqqat, xotira, hissiyot kabi miya faoliyati bilan bog‘liq kognitiv jarayonlar: tushunish dinamikasi, kognitiv yuk, prognostik xarakter, navbat olish dinamikasi, kognitiv dissonans, semantik integratsiya, pragmatik xulosa, diqqat taqsimoti, iqtibos keltirish, hissiy munosabat va boshqalar sodir bo‘lishi, spontan nutqda kognitiv metaforalar reallashishi haqidagi xulosalardan 2024-yil may hamda iyul oylarida efirga uzatilgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til- millat ko‘zgusi” nomli eshittirishlar senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04-36-1096-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning mazmunidagi ilmiylik darajasi oshirilgan.