Saydalieva Dilzoda Bohodirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Til sistemasi va o‘zbek tilshunosligida Sharifa Iskandarovaning maydon nazariyasi tadqiqi” 
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/Fil3975
 Ilmiy rahbar: Jamolitdinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sultonova Shohista Muhammadjonovna filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: professor Sh.Iskandarovaning o‘zbek tilshunosligi muammolarini o‘rganishda tutgan o‘rni, tadqiqot usullari, tahlil tamoyillari va natijalarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: professor Sh.Iskandarova tadqiqotlari orqali o‘zbek tili leksik tizimiga maydon sifatida qarashning ma’lum afzalliklari ko‘rsatilgan; semantik maydon  va uning tarkibidagi ayrim mikromaydonlar, ularning tabiati va xususiyatlari, unga yondosh hodisalardan farqlanishi asoslangan; sistem-struktur tilshunoslik doirasida Sh.Iskandarovaning leksemalar komponent tahlili, so‘zning ma’nosi va taraqqiyoti, “shaxs” arxisemasi, “tafakkur” arxisemali barqaror birliklarning semantik xususiyatlariga doir ilmiy qarashlari dalillangan; professorning temporallik, lokallik, shart va to‘siqsizlik mikromaydonlari haqidagi xulosalari asoslangan, bu boradagi tadqiqotlarining o‘zbek sistem tilshunosligidagi o‘rni aniqlangan; o‘zbek tilshunosligida Sh.Iskandarova tadqiqotlarining nazariy ahamiyati yoritib berilgan, olima tadqiqotlari ilmiy maktab izdoshlari tomonidan davom ettirilayotgani asoslangan; olimaning nutqiy odat shakllari, vazifalari va nutqiy vaziyatlar to‘g‘risidagi tahlil va tasniflarining nutq masalalari bilan bog‘liq izlanishlar uchun muhim 
manba bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: O‘zbek tilshunosligida leksik va semasiologik, stilistik sathlarning o‘rganilishida professor Sh.Iskandarova ilmiy maktabining o‘rni va mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida: professor Sh.Iskandarova tadqiqotlari orqali o‘zbek tili leksik tizimiga maydon sifatida qarashning ma’lum afzalliklari, semantik maydon va uning tarkibidagi ayrim mikromaydonlar, ularning tabiati va xususiyatlari, unga yondosh hodisalardan farqlanishi asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2024-yil 23- avgustdagi 349/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili leksik tizimiga maydon sifatida qarashning ma’lum afzalliklarining ahamiyatini yoritilishiga erishilgan; sistem-struktur tilshunoslik doirasida Sh.Iskandarovaning leksemalar komponent tahlili, so‘zning ma’nosi va taraqqiyoti, “shaxs” arxisemasi, “tafakkur” arxisemali barqaror birliklarning semantik xususiyatlariga doir ilmiy qarashlari haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-A1-G007-raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2024-yil 23- avgustdagi 348/1-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘zning ma’nosi va taraqqiyotiga  oid ilmiy-nazariy qarashlar loyiha ishini boyitishga xizmat qilgan; olimaning nutqiy odat shakllari, vazifalari va nutqiy vaziyatlar to‘g‘risidagi tahlil va tasniflarining nutq masalalari bilan bog‘liq izlanishlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi haqidagi xulosalardan  2023-2024-yillarda efirga uzatilgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-avgustdagi 04-36-938-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan. 

       

Yangiliklarga obuna bo‘lish