Najmidinova Nilufar Yuldoshovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilidagi “shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli ifodalarning lingvistik ekspertizasi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4286. 
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Yorqinjon Odilov Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Akbarjon Abdurashidovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi “shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli ifodalarning mazmun-mohiyatini ochib berish hamda ularni lingvistik ekspertizasini o‘tkazishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli matnlarga sud-lingvistik ekspertiza tayinlash va bunday mazmunli matnlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning asoslari hamda lingvist-ekspertning matnni shakliy-mazmuniy ekspertizadan o‘tkazish sabablari ochib berilgan; 
“shaxsni o‘bro‘sizlantirish” mazmunli matnlarning sud-lingvistik ekspertizasi verbal va noverbal matnlar bo‘yicha amalga oshirilishi, bunday mazmunli matnlarni lingvistik baholashning leksik, semantik va lingvopragmatik xususiyatlari ilmiy asoslangan;
“shaxsni o‘bro‘sizlantirish” mazmunli matnlar bo‘yicha sud-lingvistik ekspertizasi o‘tkazishda haqorat va tuhmat aktlari o‘rtasidagi farqlarni asoslangan holda lingvistik xulosa berish yoʻllari, ogʻzaki va yozma tarzda qo‘llangan haqorat maʼnoli so‘z, ibora, maqol, ishora va gaplar haqoratlash akti sifatida baholanishi isbotlangan;
“shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli matnlar orqali obro‘sizlantirish, kamsitish, tuhmat qilish tushunchalarining o‘xshash va farqli xususiyatlari, sud lingvistik ekspertizasida obro‘sizlantirish, kamsitish, tuhmat nutqiy aktlarining sodir bo‘lish/ommaga bildirilish omillarini hisobga olgan holda  lingvokriminalistik baholash belgilari dalillangan;
“shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli materiallar bo‘yicha sud-lingvistik ekspertizasini o‘tkazishda leksikografik manbalarning zarurligi va ahamiyati asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi “shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli ifodalarning lingvistik ekspertizasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli matnlarga sud-lingvistik ekspertiza tayinlash va bunday mazmunli matnlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning asoslari hamda lingvist-ekspertning matnni shakliy-mazmuniy ekspertizadan o‘tkazish sabablari ochib berilgani haqidagi ilmiy xulosalardan
2019–2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil           2-noyabrdagi 01-2314-son maʼlumotnomasi). Natijada ushbu loyihadagi so‘zlarning ma’no xususiyatiga ko‘ra tasniflash va yangi misollar bilan boyitilishi ta’minlangan;
“Shaxsni o‘bro‘sizlantirish” mazmunli matnlarning sud-lingvistik ekspertizasi verbal va noverbal matnlar bo‘yicha amalga oshirilishi, bunday mazmunli matnlarni lingvistik baholashning leksik, semantik va lingvopragmatik xususiyatlari ilmiy asoslangani bo‘yicha berilgan xulosalardan 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida (2023-yil 1-noyabrdagi 01-2306-son ma’lumotnoma) foydalanilgan. Natijada O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishda, korpusni ilmiy manbalar bilan boyitishda, xususan, lug‘atlar qismini takomillashtirishda foydalanilgan;
“Shaxsni o‘bro‘sizlantirish” mazmunli matnlar bo‘yicha sud-lingvistik ekspertizasi o‘tkazishda haqorat va tuhmat aktlari o‘rtasidagi farqlarni asoslangan holda lingvistik xulosa berish yoʻllari, ogʻzaki va yozma tarzda qo‘llangan haqorat maʼnoli so‘z, ibora, maqol, ishora va gaplar haqoratlash akti sifatida baholanishi isbotlanganiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Oydin hayot live” tok-shousi, “Madaniyat va maʼrifat” telekanalining “Bugunning gapi” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali davlat muassasasining 2021-yil 8-oktyabr №01-13-1594-son; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va maʼrifat” telekanali davlat muassasasining 2021-yil 18-oktyabr №01-16/201-son maʼlumotnomalari). Natijada ko‘rsatuvlar ssenariylarining ilmiy asoslangan bo‘lishiga yordam bergan. OAVda shaxsning sha’ni, uning qadr qimmatini huquqiy himoya qilish uchun uning tilshunoslik bilan bog‘liq jihatlari ham ilmiy tadqiq etilganligi, bu borada asosli manbalar tayyorlanayotganligi sababli fuqarolarning o‘zaro muloqotlarda e’tiborli bo‘lishni keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan.
“Shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli materiallar bo‘yicha sud-lingvistik ekspertizasini o‘tkazishda leksikografik manbalarning zarurligi va ahamiyati borasidagi xulosalarini asoslashda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida 2021-2024-yillar hamda Sud-ekspertlik ilmiy tadqiqot institutining 2022-2024-yilllarga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishida, jumladan, Markaz tomonidan o‘quv seminarlar tashkil etilganda hamda “Sud-lingvistika ekspertizalarida haqoratomuz, obro‘sizlantiruvchi so‘zlarning semantikasi” nomli qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2025-yil 4-yanvardagi 29-23-5/872-sonli xati).

Yangiliklarga obuna bo‘lish