O‘ktamova Shohida Odilbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
        Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasini tashkil etishning psixologik  jihatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P957.
          Ilmiy rahbar: Olimov Laziz Yarashovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qodirov Obid  Safarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasini  tashkil etishning psixologik jihatlarini tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasini tashkil etishda huquqbuzarlikni ularning ijtimoiy ehtiyojlari qondirilmaganligi, ijtimoiy-psixologik bosim va noto‘g‘ri motivatsiya kabi omillarning  bevosita ta’sir etishiga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishi tufayli huquqiy, psixologik choralar uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshirilishining pedagogik-psixologik omillari aniqlangan;
voyaga etmaganlar orasidagi huqubuzarlik psixoprofilaktikasida o‘zini boshqarish ko‘nikmasi ijtimoiy moslashuvchanlikni, emotsional barqarorlikni kuchaytirib, agressivlik darajasini pasayishiga olib kelganligi huquqiy ustanovkalarni shakllanishiga ta’sir etganligi tufayli shaxsning o‘ziga adekvat munosabati muhim psixologik omil ekanligi isbotlangan;
voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishda huquqiy savodxonlikni oshirish, psixologik yordam tizimini kuchaytirish va oilaviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan kompleks yondashuvni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi tufayli “vaqtga nisbatan orientatsiya”, “moslashuvchanlik”, “emotsional barqarorlik”, “huquqiy madaniyat”, “huquqiy ustanovka”larga ustuvorlik berish zarurati asoslangan;
voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikka moyillikning oldini olishda yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va psixologik moslashuv darajasini yaxshilashga muhimligi tufayli psixotexnologiyalar bilan integratsiyalashgan ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini qo‘llash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Voyaga etmaganlar o‘rtasida  huquqbuzarlik profilaktikasini  tashkil etishning psixologik  jihatlari”ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasini tashkil etishda huquqbuzarlikni ularning ijtimoiy ehtiyojlari qondirilmaganligi, ijtimoiy-psixologik  bosim va noto‘g‘ri motivatsiya kabi omillarning  bevosita ta’sir etishiga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishi tufayli huquqiy, psixologik choralar uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshirilishining pedagogik-psixologik omillari aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Psixologik xizmat” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-322a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishning faktorli tahlilini amalga oshirilgan; 
voyaga etmaganlar orasidagi huqubuzarlik psixoproifilaktikasida o‘zini boshqarish ko‘nikmasi ijtimoiy moslashuvchanlikni, emotsional barqarorlikni kuchaytirib, agressivlik darajasini pasayishiga olib kelganligi huquqiy ustanovkalarni shakllanishiga ta’sir etganligi tufayli shaxsning o‘ziga adekvat munosabati muhim psixologik omil ekanligi isbotlanganligini ta’minlash mumkinligi asoslanganligiga oid Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Psixologik xizmat” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-322a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasida muhim psixologik omillarni tadqiq etilgan;
voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishda huquqiy savodxonlikni oshirish, psixologik yordam tizimini kuchaytirish va oilaviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan kompleks yondashuvni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi tufayli “vaqtga nisbatan orientatsiya”, “moslashuvchanlik”, “emotsional barqarorlik”, “huquqiy madaniyat”, “huquqiy ustanovka”larga ustuvorlik berish zarurati asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Psixologik xizmat” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-322a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik profilaktikasiga shaxsning o‘zini o‘z anglash darajasini ta’sirini tadqiq etilgan;
voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikka moyillikning oldini olishda yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va psixologik moslashuv darajasini yaxshilashga muhimligi tufayli psixotexnologiyalar bilan integrasiyalashgan ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini qo‘llash zarurati isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Psixologik xizmat” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-322a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlar o‘rtasida  huquqbuzarlik profilaktikasini  tashkil etishda psixologik trening dasturi ishlab chiqish va samaradorligini baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish