Iskandarov Erkin G‘ayrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
        Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari”. 19.00.06 –Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P959. 
          Ilmiy rahbar: Olimov Laziz Yarashovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Elov Ziyodullo Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jumaev Nodir Zayniddinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini tadqiq etish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishda maqsadni belgilash, rejalashtirish, natijani baholash, qaror qabul qilsih va o‘z-o‘ziga munosabatning namoyon bo‘lishi orqali adekvat baholay olish ko‘nikmalarini irodaviy sifatlariga bog‘liq ravishda yuqorilashi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi aniqlangan;
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlanishi kasbga ijobiy munosabat motivlari hamda prognozlashtirish, vaziyatni adekvat baholash, kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning qat’iyatlilik, o‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyatlarining kasbiy xulq-atvor va hissiy-irodaviy sifatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning emotsional, faoliyat va ijtimoiylashuvda o‘zini-o‘zi nazorat qilishga bog‘liq ekanligi asoslangan;
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlanishi o‘quvchilarning muvaffaqiya motivatsiyasi taktik, operatsion va strategik maqsadlarni belgilash kasbni egallashga intilishining kuchli ifodalanishiga olib kelishiga asoslanib emotsional intellektga integrativ namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantiruvchi model o‘quvchining o‘z xulq-atvorini nazorat qilishi muammoli vaziyatlarda barqaror faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasiga bog‘liq ravishda shakllanishi muhimligi tufayli “emotsional bilimdonlik”, “tuzatish” mezonlarini kiritish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini tadqiq qilishga oid olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishda maqsadni belgilash, rejalashtirish, natijani baholash, qaror qabul qilsih va o‘z-o‘ziga munosabatning namoyon bo‘lishi orqali adekvat baholay olish ko‘nikmalarini irodaviy sifatlariga bog‘liq ravishda yuqorilashi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishning rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik-psixologik omillar aniqlangan; 
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlanishi kasbga ijobiy munosabat motivlari hamda prognozlashtirish, vaziyatni adekvat baholash, kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning qat’iyatlilik, o‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyatlarining kasbiy xulq-atvor va hissiy-irodaviy sifatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning emotsional, faoliyat va ijtimoiylashuvda o‘zini-o‘zi nazorat qilishga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlanishiga ta’sir etuvchi emotsional, faoliyatga va shaxs ijtimoiylashuviga oid omillar aniqlangan;
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlanishi o‘quvchilarning muvaffaqiyat motivatsiyasi taktik, operatsion va strategik maqsadlarni belgilash kasbni egallashga intilishining kuchli ifodalanishiga olib kelishiga asoslanib emotsional intellektga integrativ namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini xulq-atvor hamda emotsional intellekt bilan bog‘liqligini tadqiq etilgan;
ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantiruvchi model o‘quvchining o‘z xulq-atvorini nazorat qilishi muammoli vaziyatlarda barqaror faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasiga bog‘liq ravishda shakllanishi muhimligi tufayli “emotsional bilimdonlik”, “tuzatish” mezonlarini kiritish asosida rivojlantirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi”, “Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-321a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar akademik liseyi o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirish modelini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish