Adilov Sanjar Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt408.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: G‘ulomov Saidasror Sayidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Ko‘chchiev Ulug‘bek Mirzamashrabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Norboev Sharofiddin Kengeshovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoramolchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoramolchilik mahsulotlari va ularni qayta ishlash natijasida olingan iste’mol tovarlari bozorining chorvachilik sohasi bilan bog‘liq yo‘nalish va omillari guruhlanib, ularning dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati samaradorligiga ta’sir darajasini “yalpi daromad” va “moddiy xarajatlar” ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqlarni hisobga olgan holda tabaqali baholashga oid uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
qoramolchilik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat miqyosida va mahallalar kesimida muvofiqlashtirish yo‘nalishlari tizimlashtirilgan va qoramolchilik sohasini rivojlantirishga kuchli ta’sir etuvchi “iqtisodiy yo‘nalish”, “tashkiliy yo‘nalish” va “huquqiy yo‘nalish”larga tegishli bazis (“basis”) ko‘rsatkichlari orqali davlat tomonidan muvofiqlashtirish yo‘llari asoslangan;
go‘sht-sut mahsulotlarini sotish tizimida yirik va mayda tovar ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar uchun bir xil qulay sharoitlar yaratish va infratuzilma ob’ektlari etishmasligini bartaraf etish maqsadida ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga etkazish tizimida kichik integrator (KI) va ishlab chiqarish-savdo guruhlari (IChSG) faoliyatiga asoslangan muqobil savdo sub’ektlarini tashkil qilish ilmiy-amaliy asoslangan hamda hududiy IChSG faoliyatining tarkibiy-tashkiliy tuzilmasi va iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
yaqin kelajakda dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida chorvachilik tarmog‘ini tijorat asosida yo‘lga qo‘yish, mavjud yaylovlar degradatsiyasi oldini olish va qoramolchilik mahsulotlarini sotish tizimini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni 80-85 foizga hal qilish imkonini beruvchi “iqtisodiy barqarorlik uchburchagi” ishlab chiqilgan hamda qoramolchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘llari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoramolchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
oilaviy asosda faoliyat yurituvchi (dehqon va tomorqa) xo‘jaliklar faoliyati iqtisodiy samaradorligini baholash borasidagi farqlarni hisobga olgan holda “Yalpi daromad ko‘rsatkichi asosida” va “Moddiy xarajatga nisbatan” kabi muqobil ko‘rsatkichlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 aprel 05/01-05/02-05/04-04-143-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuvni amliyotga joriy etilishi oilaviy asosda faoliyat yurituvchi xo‘jaliklar faoliyatiga baho berish imkonini beradi;
davlat tomonidan qoramolchilik sohasi rivojini muvofiqlashtirishdagi kuchli ta’sir etuvchi “Iqtisodiy yo‘nalishdagi”, “Tashkiliy yo‘nalishdagi” va “Huquqiy yo‘nalishdagi muhim bazislar (“basis”) tizimi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 aprel 05/01-05/02-05/04-04-143-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida qoramolchilik mahsuloti etishtiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat miqyosida hamda mahalla kesimida bajariladigan vazifalarni muvofiqlashtirish imkoniyatini yaratadi.
sut va go‘sht savdosi tizimida yirik sub’ektlar bilan birga kichik hajmli xo‘jaliklar faoliyatiga mos infratuzilma ob’ektlari etishmasligini bartaraf etishga qaratilgan sut va go‘sht mahsulotlarini iste’molchiga etkazishda kichik integrator (KI) va ishlab chiqarish-savdo guruhlari (IChSG) faoliyatiga asoslangan muqobil savdo variantlari bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 aprel 05/01-05/02-05/04-04-143-son ma’lumotnomasi). Natijada, sut va go‘sht mahsulotlarini sotish tizimida sarflangan xarajatlar qaytimini 20-25 foiz oshirish imkonini beradi.
oilaviy chorvachilik xo‘jaliklarini rivojlantirishning “iqtisodiy barqarorlik uchburchagi” hamda qoramolchilik tarmog‘ini davlat tomonidan rag‘batlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 aprel 05/01-05/02-05/04-04-143-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlar degradatsiyasini oldini olish, mahsulotlarni sotish tizimini rivojlantirish asosida mavjud muammolarni 80-85 foizga hal qilish imkonini beradi.