Ochilov Behruz Odilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyning bekkross populyasiyalarida sariq zang kasalligiga chidamliligini mikrosatellit DNK markerlari yordamida genotiplash», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1052.
Ilmiy rahbar: To‘raqulov Xurshid Sadullaevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ziyaev Zafar Mashrapovich, qishloq xo‘jaligi  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bug‘doyning sariq zang kasalligiga chidamlilik belgisini bekkross avlodlarda fenotipik va genotipik baholash asosida irsiylanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizda bug‘doyning bekkross populyasiyalarida sariq zang kasalligiga chidamlilik belgisining irsiylanishida kasallikka chidamlilik belgisi bekkross avlodlarda donor genotipning duragay populyasiyalardagi ulushi 50 foizga kamayib borishi, resipient genotipning ulushi esa aksincha, 50 foiziga oshib borishi aniqlangan;
sariq zangga chidamlilik bo‘yicha olingan bekkross avlodlarning keyingi o‘zidan changlangan avlodlarida (F2) asosan chidamsiz o‘simliklar chidamli o‘simliklarga qaraganda 3:1 nisbatda ajralishi  va undan keyingi avlodlarda chidamli o‘simliklarning nisbati oshib borishi aniqlangan;
sariq zang kasalligiga chidamlilik genlariga bog‘liq DNK markerlari yordamida duragay populyasiyalardan chidamli o‘simliklarni tanlash va gomozigota tizmalarni ajratib olish jarayonini tezlashtirish hamda duragay avlodlarda tanlash ishlarining ijobiy samaradorligi isbotlangan; 
bug‘doyning Yr10/6 Avocet x Grom kombinatsiyasidan BC4F1 va BC3F2 bekkross avlodlaridandan xpsp3000 va Yr15/6 Avocet x Grom kombinatsiyasidan barc008 markerlari yordamida geterozigotali va gomozigotali genotiplar ajratib olish mumkinligi isbotlangan;
duragay populyasiyalar ichida tanlov olib borish asosida, sariq zang kasalligiga chidamli va yuqori hosildor “Mezon” bug‘doy navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. MAS texnologiyasi asosida sariq zang kasalligiga chidamlilik lokuslarining bug‘doy genotiplariga kiritilganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Puccinia striiformis f.sp. tritici zamburug‘i keltirib chiqaradigan sariq zang kasalligining identifikatsiya qilingan mahalliy reprezentativ izolyatining sof kulturasi O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy obekti kolleksiyasi” fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 6-avgustdagi №4/1255-1759-son ma’lumotnomasi). Natijada sariq zang kasalligi (P. striiformis f. sp. tritici) irqi kolleksiya genofondini boyitish, elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
P. striiformis f. sp. tritici zamburug‘ turi shtammi Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasi (World Data Center for Microorganism (WDCM) National Collection of Phytopathogenic Microorganisms (NCAM)) ma’lumotlar bazasiga WDCM862-raqami orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (http://new.wfcc.info/ccinfo/index.php/collection/ by_id/862). Ushbu ma’lumotlaridan dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan bug‘doyning sariq zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi P. striiformis f. sp. tritici zamburug‘i turini tadqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
ajratib olingan bekkross shakllar №FZ-2019 (12041+08248) “Nonbopligi va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan mahalliy bug‘doy navlarini yaratish” (2020-2023 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasida sariq zang kasalligiga chidamli duragaylar olishda boshlang‘ich manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 7 oktyabrdagi  4/1255-3434-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MAS texnologiyasi asosida bug‘doyning sariq zang kasalligiga chidamli va hosildorlik genotiplari jamlangan seleksion tizmalar olish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish