Shukurov Jasur Xoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xom ashyolar asosida sintez-gazdan dimetil efir olish jarayonini modellashtirish hamda energiya va resurs tejamkor texnologiyasini yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4596.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullauevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Vapoev Husnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor; Ikromov Abduvohob, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida olingan katalizatorlar ishtirokida sintez-gazdan dimetil efir olish jarayonini modellashtirish hamda energiya va resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida is gazi va vodorod aralashmasidan metil spirti va dimetil efirlar sintezi uchun yuqori katalitik faolligi, termik barqarorligi, unumdorligi, selektivligi bilan xarakterlanadigan yangi tarkibdagi ZnO·CuO·Al2O3/bentonit va CuO·ZnO·Al2O3·ZrO2·SaO/bentonit tarkibli bifunksional katalizatorlar olishning “Zol-gel”usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor “Zol-gel” uzulida olingan ZnO·CuO·Al2O3/bentonit va CuO·ZnO·Al2O3·ZrO2·SaO/bentonit tarkibli yangi bifunksional katalizatorlarning hamda faollashtirilgan bentonitning tuzilishi va tarkibi fizik-kimyoviy usullarda tekshirilgan hamda katalizatorlar tuzilishi bilan uning katalitik faolligi orasidagi bogʻliqligi aniqlangan;
davriy rejimda ZnO·CuO·Al2O3/bentonit va CuO·ZnO·Al2O3·ZrO2·SaO/ bentonit tarkibli katalizatorlarda sintez-gazdan metanol va dimetil efir olish reaksiyalarining tezligiga turli omillarning ta’siri aniqlangan;
tanlangan ZnO·CuO·Al2O3/bentonit va CuO·ZnO·Al2O3·ZrO2·SaO/bentonit tarkibli katalizatorlar ishtirokida reaksiyalarning kinetik modellari tanlangan va borish mexanizmlari asoslangan;
xom metil spirtini ikki bosqichli rektifikatsiya qilib yuqori sifatli metanol va metanoldan dimetil efirni olish texnologiyalari ishlab shiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida dimetil efir olish uchun katalizator tanlash texnologiyasini ishlab chiqarish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan ZnO·CuO·Al2O3/bentonit va CuO·ZnO·Al2O3·ZrO2·SaO/bentonit tarkibli katalizator olish texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2023 yil 13 noyabrdagi 976/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi katalizatorlardan foydalanganda har bir tonnasi uchun 85800900 soʻm iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan yangi tarkibdagi katalizatorlarni qo‘llab, dimetil efir olish texnologiyasi Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 21 yanvardagi OP 02/ED-239-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintezda dimetil efir unumi 44% ni, is gazi konversiyasi 69% ni tashkil etishi orqali yuqori samarador jarayonni modellashtirish hamda energiya va resurs tejamkor texnologiya yaratish imkonini bergan.