Soboleva Irina Yurevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Harakat tarkibining g‘ildirak juftlarini mustahkamlashning ularning chidamliligi va ishonchliligiga ta’sirini o‘rganish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5194
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Fayzibaev Sherzod Sabirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Belyaev Aleksandr Konstantinovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi g‘ildirak yumalash yuzasini chuqur mustahkamlashning samarali usulini ishlab chiqish va joriy etish orqali harakatlanuvchi tarkib g‘ildirak juftliklarining ekspluatatsiyadagi chidamliligi va ishonchliligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
plastik deformatsiya hisobiga g‘ildirak juftliklari bandajlarining mustahkamlik va oquvchanlik chegarasini oshirish imkonini beruvchi harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklarining yumalash yuzasini chuqur mustahkamlashning ratsional usuli ishlab chiqilgan;
siqiladigan hajm chuqurligi bo‘yicha kuchlanishlarning o‘zgarishi, boyok kontakt yuzasi va g‘ildirak yumalash yuzasi o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi, tebranishlar nazariyasi asosida harakatlanuvchi tarkib g‘ildirak juftliklarining dinamik yuklanish modeli ishlab chiqilgan;
g‘ildirak juftliklarining ruxsat etilgan yurish masofasini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish imkonini beruvchi harakatlanuvchi tarkibning relslar bilan kontakt yuzalarining eyilish jadalligini baholashning matematik modeli takomillashtirilgan;
eyilish jadalligini kamaytirish imkonini beruvchi, g‘ildirakning yumalash yuzasini plastik deformatsiyalash asosida g‘ildirak juftliklari bandajlarining yuza qatlamlarini chuqur mustahkamlash qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Lokomotivlar g‘ildirak juftliklari bandajlarining sirpanish yuzasini mustahkamlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘ildirak juftliklari bandajlarining yuza qatlamlarini chuqur mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan qurilma “Temiryo‘linfratuzilma” MChJning “O‘zbekiston” deposida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 15-yanvardagi №4/E63 ma’lumotnomasi). Natijada, bandajning sirpanish yuzasining mustahkamlanishi orqali eyilish kamaygan, bu o‘z o‘rnida ekspluatatsiya sharoitida lokomotivlarning g‘ildirak juftliklarining navbatdagi yo‘nishlar orasidagi bosib o‘tadigan masofasini oshirgan.
lokomotivlar g‘ildirak juftliklari bandajlari materialining mustahkamlik va oquvchanlik chegaralarini oshirishga hamda ushbu bandajlar sirpanish yuzalarining eyilish intensivligini kamaytirishga imkon beruvchi ishlab chiqilgan lokomotivlar g‘ildiraklari sirpanish yuzalarini chuqur mustahkamlashning ilmiy-texnik echimlari “Temiryo‘linfratuzilma” MChJning “O‘zbekiston” deposida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 15-yanvardagi №4/E63 ma’lumotnomasi). Natijada, g‘ildirak juftliklari bandajlarining sirpanish yuzasini mustahkamlash uslubiyoti va qurilmasini joriy etishdan olinadigan yillik iqtisodiy samaradorlik 144 mln so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish