Abduraxmanov Boris Malikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kremniyning turli modifikatsiyalari asosidagi energiya o‘zgartirgichlarining texnologiyasi va elektrofizik xossalari”, 01.04.04 – Fizik elektronika (texnika fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T656.
    Ilmiy rahbar: Kurbanov Mirtemir Shodievich, texnika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
    Rasmiy opponentlar: Umirzakov Baltoxuja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Isaxanov Zaynobiddin Abilpayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Aliev Rayimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi:
texnik va quyma polikristalli kremniylarni eritish jarayonlarining rentabelligini oshirish, kremniy plyonkalarini gaz fazasida cho‘ktirish jarayonini optimallashtirish, shuningdek, quyosh nurini o‘zgartiruvchi qurilmalarning belgilangan xususiyatlarini yaxshilash uchun yangi yo‘llarni izlash, jumladan, granullangan kremniy va keyinchalik uni er usti va kosmik maqsadlar uchun quyosh nurini konsentratsiyalovchi yangi turdagi modullarni yaratishda qo‘llash
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    texnik kremniy ishlab chiqarish chiqindilaridan hosil bo‘ladigan SiC va tabiiy gaz yonishidan hosil bo‘ladigan uglerodni qo‘llagan holda, mikro va nano o‘lchamdagi SiC kukunlarini olish jarayonida metanning nikel katalizatorda dissotsiatsiya qilinishidan foydalanish;
    mayda donali quyma polikristall kremniydan tayyorlangan quyosh elementlarining issiqlik ta'sirida tok pasayishining tabiatini aniqlash va uning qo‘llanilish yo‘llarini ishlab chiqish;
    avtolegirlash jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, uni boshqarish usullarini ishlab chiqish hamda quyosh elementlari qoplamalarida kerakli taqsimotga erishish yo‘llarini ishlab chiqish;
    quyosh elementlari uchun kremniy qoplamalarini gaz fazasidan cho‘ktirish jarayonlarida qayta foydalanish texnologiyalarining samaradorligi va texnik jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash;
    old kontakt panjarasi kontaktlarini chuqurlashtirish, tortuvchi elektr maydonlarini hosil qilish va quyosh nurlarining fotosamarasiz qismini o‘tkazishga imkon beradigan texnologik echimlarni ishlab chiqish orqali quyosh elementlarining ketma-ket qarshiligini kamaytirish usullarini ishlab chiqish;
    granullangan kremniy ning elektr o‘tkazuvchanligi va termoelektrik samaradorligini belgilovchi omillarni aniqlash, shuningdek, uning elektro‘tkazuvchanligini oshirish hamda granullangan kremniy asosidagi fotoelektrik modullar xususiyatlarini yaxshilash usullarini ishlab chiqish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kremniyning turli modifikatsiyalari asosidagi energiya o‘zgartirgichlarining texnologiyasi va elektrofizik xossalari bo‘yicha tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
1.Mikro va nano o‘lchamli karbid kremniy kukunini olish usuli va uni amalga oshirish uchun qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti IAR № 07379 olingan. Natijada karbid kremniy ishlab chiqarishda ekologik xavfli nano o‘lchamdagi chang chiqindilarini utilizatsiya qilish orqali texnik kremniy olish jarayonining rentabelligi oshirish imkonini bergan. Suyuq shisha olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti IAR №06996 olingan. Natijada mikro kremniy zarralaridan foydalansh natijasida  suyuq shisha ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirish orqali effektivlikni oshirish imkonini bergan. Ferrosilisid eritish uchun briiketlarni ishlab chiqarish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti IAR №07113 olingan. Natijada yuqori sifatli ferrosilisid ishlab chiqarishda talab qilinadigan briiketlarni tayyorlashda mikro kremniy zarralarini materiallar sifatida qo‘llash imkonini berdi.
2.Quyosh elementlarida ishlaydigan ko‘chma zaryadlash qurilmasi uchun Tojikiston Respublikasi patenti № Tj72 olingan. Natijada quyma polikristalli kremniy olish jarayonining rentabelligini oshirish orqali, uni nafaqat energiya qurilmalarida quyosh elementlari sifatida, balki issiq iqlim sharoitlariga moslashtirilgan, kichik o‘lchamli ko‘chma zaryadlash qurilmalarida ham qo‘llash imkonini berdi. O‘sish stimulyatorlari uchun Tojikiston Respublikasi patenti №Tj1378 olingan. Natijada asosida, quyma polikristalli kremniyning chetki hududlarini kesishdan hosil bo‘ladigan qayta tiklanmaydigan kremniyni, 40÷70°C haroratlarda kamaygan tokni ko‘rsatuvchi maxsus quyosh elementlarini ishlab chiqarishda foydalanish o‘simliklar ko‘chatlarini o‘sishiga elektr toki yordamida turtki beruvchi tizimlarda ishlatiladi va tez o‘sish imkonini berdi.
3.Kremniy olish usuli va gaz epitaksiyasi uchun taglik ushlagich uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti IAR №1350 va M.g. №1163665  olingan. Natijada mikroelektronika uchun epitaksial strukturalar ishlab chiqarishda ishlatilgan bug‘-gaz aralashmalarini qayta qo‘llash orqali quyosh elementlarining plyonkalari asosiy hududini gaz fazasidan cho‘ktirish jarayonining rentabelligini oshirish orqali, epitaksial strukturalar ishlab chiqarish effektivlikni oshirish imkonini bergan.
4.Quyosh elementi, konsentratsiyalangan quyosh nurini fotokonvertatsiya qilish qurilmasi va Quyosh suv chiqarish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti IAR №1126, Rossiya Federatsiyasi Patenti № 2031484 va O‘zbekiston Respublikasi patenti FAP 01085 olingan. Natijada quyosh elementlarining ketma-ket qarshiligini kamaytirish, shu jumladan, yig‘ilgan quyosh energiya qurilmalarida  ishlatiladigan quyosh elementlarini kontaktlarini chuqurlashtirish va ularning old tomonida makroskopik tok olish qurilmalarini yaratish orqali quyosh elementlarini effektivligni oshirish imkonini bergan.
5.Issiqlik energiyasi o‘zgartirgichi uchun granullangan kremniy tayyorlash usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti IAR № 06917 olingan. Natijada 100 mkm qalinlikdagi polikrictal kremnini yuqori diffuziya koeffisientiga ega aralashmalar bilan maxsus legirlash va chuqur energiya sathlarini hosil qilish orqali granullangan kremniyning o'tkazuvchanligini va Issiqlik energiyasi o‘zgartirgichini samaradorligini oshirish imkonini beradi.
6.Yig‘ilgan quyosh nurini o‘zgartirgichi uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti IAR № 06853 olingan. Natijada er va ko‘smosda ishlashga mo‘ljallangan Issiqlik energiyasi o‘zgartirgichini sirtini yig‘ilgan quyosh nuri bilan ataylab notekis yoritish, nafaqat isitishni, balki temperatura farqini ham taminlaydi va granullangan kremniy asosida tayyorlangan issiqlik energiyasi o‘zgartirgichi samaradorligini oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish