To‘raqulov Jahongir Anvarjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Adsorbsiya kinetikasi va ichki massa almashinuvini hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarni filtratsiya jarayonini modellashtirish, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4870.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normahmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Abdivali Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Urunbaev Jasur Erkinovich, fizika-matematika fanlari falsafa doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adsorbsiya kinetikasi va ichki massa almashinuvini hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning filtratsiya jarayonining matematik modellarini, sonli algoritmlarini va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suyuqliklar va ionli eritmalarni g‘ovak muhit orqali oqib o‘tish jarayonida ulardagi fizik xususiyatlarni o‘zgarishini tavsiflovchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
bir qatlamli filtrda kolmatatsiya va suffoziya jarayonlarini hisobga olgan holda suyuqliklarni filtr ichidagi bosimi, konsentratsiyasi va g‘ovak muhitni o‘zgarib borishi jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
ikki qatlamli filtrda kolmatatsiya va suffoziya jarayonlarini hisobga olgan holda suyuqliklarni filtr ichidagi bosimi, konsentratsiyasi va g‘ovak muhitni o‘zgarib borishi jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
suyuqliklar va ionli eritmalarni filtrlash jarayonlarini tadqiq qilish uchun hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Suyuqliklar va ionlangan eritmalarni filtrlash jarayonini tahlil qilish va bashoratlash, shuningdek, filtrning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minotdan foydalanish asosida:
bir qatlamli filtrda adsorbsiya kinetikasi va ichki massa almashinuvini hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning filtratsiya jarayoni uchun qilingan dasturiy majmua “INTEGRA DD” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 33-8/8483-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan tavsiya asosida suyuqliklar va ionli eritmalardan dori kapsulalarini ishlab chiqish jarayonida suyuq eritmalarni tozalash uchun joylashtirilgan filtrning samarali ishlash vaqti ortib, filtrlanayotgan ionli eritmalardagi keraksiz zarralarni konsentratsiyasi 3-4% ga kamayishiga erishilgan;
ikki qatlamli filtrda suyuqliklarning fizik xossalarini o‘zgarishini hisobga olingan jarayon uchun uchun qilingan dasturiy majmua “Samarqand suv ta’minot” AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 33-8/8483-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan tavsiyalar asosida joylashtirilgan filtrning samarali ishlash vaqti ortib va undan chiqayotgan suvning konsentratsiyasini 4-5%ga orttirilishiga erishilgan.