Tursunova Laylo Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda milliy musiqaning o‘rni” mavzusidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1105.
Ilmiy rahbar: Qambarov Abdumutal Ahadjonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Agzamxodjaeva Saida Sayidnasirovna; falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda milliy musiqaning o’rnini gnoseologik jihatdan o’rganish va jamiyatning yangi taraqqiyoti bosqichidagi rolini muayyan bilimlar darajasi, hayotiy tajribaning intuitiv xususiyatlarini ilmiy-nazariy hamda estetik jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning estetik madaniyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarining tarixiy evolyusiyasi, ijtimoiy xususiyatlari va mohiyati determinantlari akmeologik yondashuv asosida tadqiq etilgan hamda musiqa ma’naviy-estetik tarbiyaning asosiy omili sifatida estetik ong, estetik didning shakllanish jarayonida uning tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan;
praksiologik yondashuv asosida Sharq va G‘arb musiqiy qadriyatlari o‘rtasidagi tafovutlarning transformatsiyasi insonning estetik faoliyati va ma’naviy ideallarini ifoda etishga qaratilgan faoliyat natijasi ekanligini ilmiy-falsafiy jihatdan asoslagan hamda ularni yoshlar estetik ongiga intellektual ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqilgan;
an’anaviy milliy musiqa namunalarining yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirish hamda musiqa insonni ma’naviy kamollikka etaklovchi estetik vositalardan biri ekanligi asoslangan, shu bilan birga jamiyat madaniy taraqqiyotiga musiqaning ta’sirini funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplari asosida tahlil qilingan;
jamiyatda sog‘lom va barqaror ma’naviy muhit qaror topishining tarixiy va zamonaviy determinantlari vorisiylik an’analari asosida rivojlanuvchi musiqiy bilimlar generatsiyasi ta’siri yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda funksional omillaridan biri ekanligi ilmiy dalillanib, istiqbolda musiqaning tarbiyaviy innovatsion metodlari vositasida hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda milliy musiqaning o‘rni kabi masalalarni falsafiy jihatdan tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Yoshlarning estetik madaniyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarining tarixiy evolyusiyasi, ijtimoiy xususiyatlari va mohiyati determinantlari akmeologik yondashuvi hamda musiqiy madaniyat qonuniyatlarini bilishning spesifik, intelektual jarayoniga va shu asosida musiqiy qobiliyatlarni rivojlanishiga musiqiy muhit shart-sharoitiga bog‘liq ekanligi, shuningdek, ma’naviy-estetik tarbiyaning asosiy omili sifatidagi ahamiyati, shu bilan Sharq va G‘arb musiqiy qadriyatlari o‘rtasidagi tafovutlar estetik madaniyatning yuksaltirishdagi transformatsiyasi insonning estetik faoliyati va ma’naviy ideallarini ifoda etishga qaratilgan natija ekanligi, xulosalaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 87-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati va shaharlarida 30 kunlik chora – tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 10 iyundagi 04-23-1704 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning estetik madaniyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar estetik ong, estetik didning shakllanish jarayonida uning tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan;
Milliy musiqa madaniyatining uslublari, jumladan, tarixiy, milliy, mahalliy, shaxsiy musiqa, an’anaviy milliy musiqa namunalari, turlari, shakllarining falsafiy mohiyati, mazmuni, kategorial asoslari, shuningdek, yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqa ma’naviy kamollikka etaklovchi estetik vositalardan biri ekanligi, shu bilan birga jamiyat madaniy taraqqiyotiga musiqaning ta’sirini funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplari asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy xulosa va takliflaridan “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Javohir” musiqiy ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2022 -yil
6-iyundagi 02-03-103 sonli ma’lumotnomasi.) Natijada O‘zbekiston Milliy Teleradio kompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Javohir” musiqiy ko‘rsatuvini yuqori saviyada taqdim etilishiga olib keldi;
Milliy musiqaning yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini ilmiy o‘rganish, uning jahon musiqiy merosidagi o‘rnini tahlil qilish orqali milliy musiqiy qadriyatlarning nafis va go‘zal jihatlarini aks ettirishga hamda musiqiy bilimlar generatsiyasi ta’siri yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda funksional omillaridan biri ekanligiga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 -yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishiga oid mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish yo‘nalishi 50-bandi yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida ma’naviyat soatlarini tashkil etishda dissertasiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar institutining 2022 -yil 8 -iyuldagi 195-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik tamoyillarini o‘rni va ahamiyati jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida, jumladan, musiqiy merosimiz bo‘lgan folklor, dostonchilik va maqom san’ati yo‘nalishlarida yuz berayotgan islohotlarni uyg‘un holda tahlil etishga xizmat qilgan;
yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda milliy musiqaning o‘rni muammolari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy xulosa va takliflaridan “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Tadqiqot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining 2022- yil 6 -iyundagi 02-03-103 sonli ma’lumotnomasi.) Natijada O‘zbekiston Milliy Teleradio kompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Tadqiqot” ko‘rsatuvining yuqori saviyada bo‘lishida, shu bilan birga olib borilayotgan ko‘rsatuvlarni tizimli tashkil etilishiga hissa qo‘shgan.