Maxsudova Nozimaxon Djaparxonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Klinkerni suv yordamida haydalgan IES kulchiqindilari bilan past haroratda qisqa muddatli legirlash va uning asosidagi portlandsementning xossalari», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.RhD/T4838.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02./05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich. texnika fanlari doktori, professor, akademik; Yunusova Farida Raxmonberdievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinkerni suv yordamida haydalgan IES kulchiqindilari bilan qisqa muddatli past haroratda legirlash va uning asosidagi portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnogen chiqindi – IES «ho‘l» kultoshqol (KTCh)ni kimyoviy-mineralogik tarkibi, struktura tuzilishi, gidravlik va pussolan faolligi aniqlanib, uni sementga faol noorganik qo‘shimcha sifatida qo‘llash imkoniyati pastligi isbotlangan; 
KTChning gidravlik (St`yudent t-mezoni bo‘yicha) va ohak yutishi bo‘yicha pussolan faolligini oshirish uchun 400oS past haroratda termofaollashtirilib, uni 20 % miqdorda sementga faol mineral qo‘shimcha sifatida qo‘llash imkoniyati asoslangan; 
klinkerni issiq oqimida KTCh bilan past haroratda legirlash va «qo‘ndirma-qo‘shimcha»li klinker hosil qilishning samaradorligi ilmiy isbotlangan; 
«qo‘ndirma-qo‘shimcha»li klinker asosidagi portlandsementning optimal tarkibi olingan bo‘lib, KTChni miqdori va sement toshining fizik-mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
«xo‘l» kultoshqol tarkibidagi kvars, kal`sit, dala shpati, gematit, belit (2CaO·SiO2) va selit (3SaO·Al2O3) minerallarining sement toshi strukturasini hosil bo‘lishiga va mustahkamligiga ta’siri «tarkib-struktura-xossa» korrelyasion qonuniyatlariga bog‘liqligi aniqlangan;
«qo‘ndirma-qo‘shimcha»li klinker asosidagi sementni qotish jarayonida gidratlanishini, gidratli mahsulotlar sintezi va kompozit mikrotuzilishining shakllanishini, uning faolligini sof klinkerli portlandsement darajasida ta’minlashni maqsadli tarzda boshqarish imkoniyati asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Termofaollashgan KTCh «qo‘ndirma-qo‘shimcha»li klinker va uning asosida kam klinkerli portlandsementlarining olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
klinkerni 20% suv yordamida haydalgan IES kultoshqol chiqindi qo‘shish yo‘li bilan past haroratda legirlash asosida «qo‘ndirma-qo‘shimcha» xosil qilish va undan modifikatsiyalangan portlandsement olish usuli «Oxangaronsement» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 04/15-3146-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimchali sement ishlab chiqarishda KTChdan keng miqyosda foydalanish va yuqori haroratli qimmatbaxo klinkerni 20%gacha tejash imkonini bergan; 
suv yordamida haydalgan IES kultoshqol chiqindilarini faolligini  oshirish orqali kam uglerodli yangi turdagi qo‘shimchali portlandsementlar olish texnologiyasi «Bekobodsement» AJda amaliyotga joriy etilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 04/15-3146-son ma’lumotnomasi). Natijada, GOST 31108-2020ni mineral qo‘shimchali portlandsementlarga qo‘ygan talablariga mos kelgan siqilishdagi mustahkamlik ko‘rsatgichi bo‘yicha sement SEM 32,5 sinfiga muvofiq keladigan portlandsementlar olishni tashkillashtirish imkoniyatini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish