Kamolov Sanjar Nayimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cu (II), Mn(II), Co(II), va Ni(II) tuzlarining tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar asosida yangi komplekslari sintezi, kristall tuzilishi va biologik faolligi», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K865.
Ilmiy rahbarlar: Babaev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Baxtiyorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nazarov Yusufjon Eshqobilovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Cu(II), Mn(II), Co(II) va Ni(II) tuzlarining tarkibida azot va kislorod bo‘lgan ligandlar (benzamid, p-nitroanilin, p- va m-sulfanilkislota, malein kislotalari) bilan yangi komplekslarini sintez qilish, ularning kristall tuzilishini va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Cu(II), Mn(II), Co(II), Ni(II) ionlarining  tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar (benzamid, p-nitroanilin, m-sulfanil, p-sulfanil, malein kislotalari, etilendiamin va dimetilformamid) bilan 7 ta yangi aralash ligandli kompleks birikmalarini sintez qilingan va monokristallari olingan;
sintez qilingan aralash ligandli kompleks birikmalarning tarkibi IQ, UB spektroskopiya, kristall tuzilishi RTT va termik xossalari DTA tahlil usullari yordamida aniqlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarni kristallografik ma’lumotlaridan foydalanib, Hirshfeld sirt tahlili yordamida sirtning shakllanishiga getero va gomoatomlararo ta’sirlarning ulushi hamda dnorm, di, de qiymatlardagi ta’sirlashish masofalari aniqlangan;
Cu(II), Mn(II) ionlarining bezamid bilan hosil qilgan aralash ligandli  kompleks birikmalarining o‘simliklarga nisbatan biostimulyator sifatida ta’sir ko‘rsatishi, o‘simliklarning abiotik va biotik omillarga chidamliligini oshirishi, shuningdek, metallar korroziyasini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi ingibitor xossalari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintez qilingan yangi komplekslar tuzilishi va biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Mn(BZA)₄Cl₂], [Cu₂(BZA)₂(Ch₃COO)₄] va [Cu(NO₃)₂(PNA)₂(H₂O)₂] tarkibli yangi sintez qilingan komplekslarning molekulyar va kristall tuzilishi haqidagi ma’lumotlari Kembrij kristallografik ma’lumotlar markazida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (CCDC depozit raqami 2269288, 2292586, 2131922). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar haqidagi taqdim etilgan ma’lumotlar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda va ularning tuzilishini tavsiflashda foydalanish imkonini yaratgan;
[Mn(BZA)₄Cl₂] va [Cu₂(BZA)₂(Ch₃COO)₄] kompleks birikmalarining o‘simliklarga nisbatan biostimulyatorlik xususiyatini aniqlash natijalaridan №F3-20200929348 “Fenol kislotalari asosidagi supramolekulyar komplekslarining tuzilishi bilan ularning o‘simliklarni abiotik va biotik salbiy ta’sirlardan himoya qilish xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihasida sintez qilingan kompleks birikmalarning o‘simliklarga biostimulyator ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 31 oktyabrdagi 4/1255-2428-son ma’motnomasi). Natijada, fundamental loyiha doirasida samarali biostimulyatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan yangi, kam zaharli kompleks birikmalarining sintez qilish imkonini bergan;
sintez qilingan [Mn(BZA)₄Cl₂] va [Cu₂(BZA)₂(Ch₃COO)₄] tarkibli kompleks birikmalar Muborak gazni qayta ishlash zavodi MChJ “Texnik nazorat bo‘limi” qoshidagi kimyoviy tahlil qilish laboratoriyasida metall konstruksiya va qurilmalarda korroziyaga qarshi ingibitor sifatida qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi MChJning 2024 yil 30 sentyabrdagi 914/GʼK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan kompleks birikmalar asosida metallar korroziyasini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi yuqori samaradorlikka ega  korroziya ingibitorlari olish imkonini bergan;
dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlar Hanty-Mansiysk avtonom okrugidagi “Surgut Davlat Universiteti”ning (Rossiya) “Shimoliy rezavor ekinlar va dorivor o‘tlarni etishtirish va biologik faol birikmalarini ajratib olish texnologiyalari (YugraBioFarm)” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida ajratib olingan moddalarning biologik faolligini baholashda foydalanilgan (Surgut Davlat Universitetining 2024 yil 3 oktyabrdagi 03-01/285-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan biologik faol birikmalar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish