Choriev Odil Irgashevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Favipiravirning yangi supramolekulyar komplekslari olinishi, tuzilishi va biologik faolligi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K505.
Ilmiy rahbar: Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurotov Shavkat Abdug‘anievich, kimyo fanlari doktori, kata ilmiy xodim; Daminova Shaxlo Sharipovna. kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: favipiravirning faol birikmalar bilan suvda yaxshi eriydigan va kam zaharli supramolekulyar kompleks birikmalarni hosil qilish va fazoviy tuzilishini hamda yangi olingan kompleks birikmalarning biologik faolligini favipiravirga nisbatan qiyosiy aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba favipiravir ishtirokida 7 ta yangi supramolekulyar kompleks birikmalar sintez qilingan, shulardan 2 ta co-kristall, 4 ta organik va 1 ta metall tuzlari olingan hamda ularning molekulyar, kristall tuzilishlari zamonaviy usullar yordamida to‘liq isbotlangan; 
rentgen tuzilish tahlil natijalariga ko‘ra, favipiravir supramolekulyar komplekslarida deprotonlanib anion shaklda bo‘lishi hamda  Na+ ioni bilan buzilgan oktaedr tuzilishda polimer tipida tuz hosil qilishi aniqlangan;
ilk bor FAV∙LAM∙H2O co-kristali tarkibida favipiravirning Vero-B hujayralarida sitotoksik ta’sirining kam ekanligi aniqlangan;
ilk bor FAV∙LAM∙H2O co-kristalining varuslarga qarshi yuqori faillik namoyon qilishi va favipiravirga nisbatan Sars-CoV-2 virusining ORF3a va N genlariga qarshi yuqori faollikka ega ekanligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Favipiravir asosida supramolekulyar kompleks birikmalarning olinishi, tuzilishi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan 5 ta yangi kimyoviy birikmaning kristall tuzilishi aniqlanib Buyuk Britaniyadagi Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/solutions/csd-system/componens/csd/) SCDC depozit raqami; 2108797, 2108798, 2114607, 2182244, 2264550). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
hosil qilingan kompleks birikmalardan “Istiqbolli biologik faol birikmalarning farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish» mavzusidagi davlat byudjetidan moliyalashtirilgan fundamental loyihada kompleks birikmalarning farmako-toksikologik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 13-iyun 4/1255-1320-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viruslarga qarshi ta’sirga ega favipiravirning turli faol birikmalar bilan yangi supramolekulyar kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va biologik faolligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish