Kurbanova Aysultan Abatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ammiakli usulda kal’siylantirilgan soda ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi chiqindi distiller suyuqligidan tayyor mahsulot olish texnologiyasini ishlab chiqish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.3.PhD/K853.
Ilmiy rahbar: Vafaev Oybek Shukrullaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon Gafurovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Shavkat Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli usul bilan kalsiylantirilgan soda ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’luvchi suyuq chiqindi – distiller suyuqligidan tayyor mahsulot olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda uning atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayyor mahsulotlar olish uchun distiller suyuqligining kimyoviy-mineralogik tarkibi to’liq tahlil qilingan va undan sanoatda ikkinchi darajali resurs sifatida foydalanish mumkinligi aniqlangan;
ohak kuydirish pechlaridan ajraladigan karbonat angidrid gazi bilan distiller suyuqligini 65-75°C haroratda va 7,5-8,0 pH qiymatida karbonizatsiya qilish, tayyor mahsulot olish uchun maqbul sharoit ekanligi aniqlangan.
kimyoviy cho’ktirilgan bo’r olish jarayonidagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish qurilmalarining devoriga kalsiyli birikmalar qotib qolishining oldini olish usuli ishlab chiqilgan;
distiller suyuqligidan tayyor mahsulot olish jarayonining takomillashgan iqtisodiy samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. "Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ qo‘shma korxonasining ammiakli usulda kalsiylantirilgan soda ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi chiqindi distiller suyuqligidan tayyor mahsulot olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
distiller suyuqligidan SIChMM, kimyoviy cho‘ktirilgan bo‘r (CaCO3), osh tuzi (NaCl) va donador kalsiy xloridini (CaCl2) olish usuli “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasining 2024 yil 2 iyuldagi 423-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
ohak kuydirish pechlaridan ajraladigan karbonat angidrid gazidan foydalanib distiller suyuqligini qayta ishlash usuli “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasining 2024 yil 2 iyuldagi 423-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, kalsiylantirilgan soda ishlab chiqarish jarayonining atrof-muhitga antropogen ta’sirini kamaytirish imkonini bergan.