Mirzaev Valijon Tulqinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “CdSexS1-x va CdTe:In asosidagi polikristall plyonkalarning fotoelektrik va fotovol’taik xossalariga ionlar termo-maydon migratsiyasining ta’siri”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi” (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1199
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nosirjon Xaydarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona politexnika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarov Qudratillo Mamarasulovich, fizika-matematika fanlari doktori. Sobirov Maxmud Mamarasulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: CdSexS1-x qattiq qorishmalar va legirlangan CdTe:In asosidagi yupqa plyonkali strukturalarini vakuumda termik bug'latish usuli bilan olishning optimal texnologik rejimlarini va ulardagi yangi fundamental fotoelektrik xususiyatlarni o‘rnatishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tt=250-350 0C haroratda shisha taglik ustida termik bug‘latish tezligini va qalinlikni boshqarish bilan o‘stirish hamda maxsus termik ishlov berish orqali fotorezistiv CdSexS1-x va fotovoltaik CdTe:In polikristall plyonkalar olish texnologiylarining optimal rejimlari aniqlangan;  
birinchi marta CdSexS1-x fotorezistorlar LAX ning boshlang‘ich qismida mikropotensial  to‘siqlarga bog‘liq yangi soha kuzatildi va u kristall donlar chegarasidagi sirt holatlarining kvazineytral hajmdagi va fazoviy zaryad sohasidagi generatsiya-rekombinatsiya jarayonlariga ta'siri orqali ekanligi ko‘rstilgan;
CdSexS1-x polikristall plyonkalarining qorong‘ulikdagi elektr o‘tkazuvchanligining haroratli va infraqizil nurlanish ta’sirida so‘nish effektlari topildi hamda ular termo-maydon migratsiyasi tufayli hosil bo‘lgan bir va ikki zaryadli kadmiy vakansiyalarini zaryadli holatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
indiy bilan legirlangan CdTe plyonkalarga termik ishlov berish jarayonida indiy ionlari, kadmiy vakansiyalarining termo-maydon migratsiyasi va o‘z-o‘zini  kompensatsilash effektlari tufayli namunaning fotovol’taik xususiyatlari keskin kuchayishi, fotokuchlanishning termik ishlov kinetikasini tahlil qilish orqali  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mazkur dissertatsiya ishining ilmiy tadqiqot natijlaridan foydalanish quyidagilarga imkon bergan:
polikristal CdSexS1-x yupqa qatlamlarining fotoelektrik xossalarini va CdTe:In kristall donlarining chiziqli davriy assimetrik strukturalarida yuqori kuchlanishli foto-EYKni tadqiqot usullari OT-F2-70 «Katta ma’lumotlarga asoslangan intellektual (AI) qayta tiklanadigan energiya tarmoq tizimini tadqiq qilish va qo‘llash» ilmiy loyihani bajarishda qo‘llanilgan (loyiha rahbari: f.-m.f.f.d., dots. S.Aliev, Andijon mashinasozlik institutining 2024-yil 22 noyabrdagi 38-03-2358-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yorug‘likning xususiy va kirishmali yutilishida kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichli strukturalarda elektron kinetik hodisalarning fizik mexanizmlarini tahlil qilish imkoniyatini bergan; 
fotorezistiv CdSexS1-x polikristall plyonkali strukturalarini termovakuum bug‘latish usuli bilan olishning optimal texnologik rejimlarini o‘rnatish va  fotosezgirlikni orttirish jarayonlarining  kinetikasini o‘rganish   natijalaridan Davlat ilmiy dasturlari doirasida 2022-2024 yillarda “Zenit” shifrli (yopiq) amaliy loyihani bajarishda (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, 2025-yil 9-yanvardagi 57-son  ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish Zirhli texnikaning anologli boshqarish tizimini raqamlashtirishda deformatsiya va yorug‘likning ta’sirlarini o‘rganish bo‘yicha olingan nazariy va eksperimental ma’lumotlarni ma’lum darajada tahlil qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish