Xoliqulov Jamshid O‘ktamqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘ qator oralarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushtaolgichi va zichlagichining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3179.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Orifjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich – texnika fanlari doktori, professor; Musurmonov Azzam Turdievich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘ qator oralarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushtaolgichi va zichlagichi parametrlarini asoslash yo‘li bilan bog‘ qator oralarini ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘ qatorlari oralarini bir o‘tishda ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushtaolgichining tuproqqa botish chuqurligi, balandligi, u qanotlarining ochilish burchagi, iskanasining tuproqqa kirish burchagi, qanotlarining yon qirqilish burchagi va qanotlarining kengligini ularga tuproq yopishmasligi va ularning oldida uyumlanadigan tuproq hajmi mumkin qadar kam hamda tortishga qarshilik minimal qiymatga ega bo‘lishini hisobga olingan holda asoslangan;
kombinatsiyalashgan mashina zichlagichi silindrsimon qismining diametri va kengligi, konussimon qismining katta diametri, qiyalik burchagi va kengligi ish jarayonida u pushta tepasida uchraydigan kesaklarni oldinga surmasdan bosib o‘tib ketishi hisobga olingan holda asoslangan;
zichlagich bosim prujinasining taranglik kuchi u pushtani agrotexnik talablar darajasida zichlashi shartidan kelib chiqib aniqlangan;
zichlagichga beriladigan tik yuklanish va zichlagich silindrsimon qismi diametrining maqbul qiymatlari hamda agregat harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bog‘ qator oralarini biryo‘la ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushtaolgich va zichlagichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan pushtaolgich va zichlagich bilan jihozlangan bog‘ qatorlari oralarini bir o‘tishda ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning tajriba nusxasi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Fatxulla bog‘dorchilik klaster” MChJ hamda “Yuldashev Mirazim”, “Ne’matov Akmal” va “Sulton” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04-492-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kombinatsiyalashgan mashinadan foydalanilganda 6,1 va 7,7 km/h harakat tezliklarida pushtaning balandligi 12,4 va 11,9 cm, pushta tepasining kengligi 35,4 va 34,1 cm, pushta tuprog‘ining zichligi 1,17 va 1,12 g/cm3 hamda tuproqning uvalanish darajasi 84,5 va 86,1 % ni tashkil etgan.
pushtaolgich va zichlagich bilan jihozlangan bog‘ qatorlari oralarini bir o‘tishda ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04-492-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan pushtaolgich va zichlagich bilan jihozlangan bog‘ qatorlari oralarini bir o‘tishda ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinani sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish