Tajibaeva Diyora Muhammadsobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Shaharning turistik marshrutlar qismida piyodalar yo‘llari tizimini tashkil etish tamoyillari”, 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/A132.
Ilmiy rahbar: Adilov Zarif Himmatovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish universiteti, PhD.26/04.07.2023.T.11.03.
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlar doktori, professor; Xudayberdiev Abirqul, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘ZShAHARSOZLIK LITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston shaharlarining turistik markazlarida piyodalar hududlari xususiyatlarini aniqlash va shaharsozlik qonuniyatlari asosida turistik piyoda marshrutlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik piyoda marshrutlarining shahar muhitida shakllanishi, tuzilishi va atrof-muhit obektlari bilan bog‘lanishiga ko‘ra xususiyatlari funksional-kompozision, fazoviy-strukturaviy va ekologik mezonlar asosida ochib berilgan;
piyodalar oqimining tezligi va intensivligi orasidagi bog‘lanishning chiziqli matematik modeli piyodalarning yoshi, tarkibi, harakatlanish qobiliyati va dinamikasi asosida statistik va empirik ma'lumotlarga ko‘ra ishlab chiqilgan;
shaharning arxitekturaviy rejalashtirish tamoyili turistik marshrutlar qismida piyoda yo‘lkalarini “shaharsozlik”, “landshaft loyihalash”, “ekologik”, “badiiy arxitekturaviy va dizayn”, “ijtimoiylik”ka ko‘ra tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
Xiva shahri misolida turistik piyoda marshrutlarining konseptual loyiha takliflari, “dizayn-kod” elementlarining 3D modellari arxitekturaviy rejalashtirish tamoyili asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaharning turistik marshrutlar qismida piyodalar yo‘llar tizimini tashkil etish tamoyillari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turistik piyoda marshrutlarining shahar muhitida shakllanishi, tuzilishi va atrof-muhit obektlari bilan bog‘lanishiga ko‘ra xususiyatlari funksional-kompozision, fazoviy-strukturaviy va ekologik mezonlar asosida ochib berilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Umumiy talablar” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17 oktyabrdagi 347-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik piyoda hududlarning shaharsozlik va landshaft loyihalash echimlarini ishlab chiqish hamda ularni tartibga solish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
piyodalar oqimining tezligi va intensivligi orasidagi bog‘lanishning chiziqli matematik modeli piyodalarning yoshi, tarkibi, harakatlanish qobiliyati va dinamikasi asosida statistik va empirik ma'lumotlarga ko‘ra ishlab chiqilganligi bo‘yicha olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Fasadlar. Texnik shartlar” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17 oktyabrdagi 348-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik piyoda marshrutlar tizimida yaxlit me’moriy va estetik muhitni shakllantirish bo‘yicha samaradorligni oshirishga erishilgan;
shaharning arxitekturaviy rejalashtirish tamoyili turistik marshrutlar qismida piyoda yo‘lkalarini “shaharsozlik”, “landshaft loyihalash”, “ekologik”, “badiiy arxitekturaviy va dizayn”, “ijtimoiylik”ka ko‘ra tashkil etish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Shahar kichik me’moriy shakllari” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17 oktyabrdagi 349-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik me’moriy shakllarni tarixiy muhitning me’moriy obidalari, moddiy va madaniy me’ros obektlari bilan uyg‘unlashtirgan, milliy an’analar hamda qadriyatlarni aks ettiruvchi dizayn echimlari taklifi ishlab chiqilgan;
Xiva shahri misolida turistik piyoda marshrutlarining konseptual loyiha takliflari, “dizayn-kod” elementlarining 3D modellari arxitekturaviy rejalashtirish tamoyili asosida ishlab chiqilganligi bo‘yicha olingan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Reklama konstruksiyalari” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17 oktyabrdagi 350-son ma’lumotnomasi). Natijada shaharning tarixiy qismida reklama elementlari va konstruksiyalarini joylashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.