Sayt test rejimida ishlamoqda

  AXATOV Akmal Rustamovich: «Elektron hujjat  aylanish tizimlarida ma’lumotlar ishonchliligini PR-ortiqchalik asosida ta’minlash usul va dasturiy-algoritmik majmualari» (05.13.01) – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti  (Manzil: 100202, Toshkent, Amir Temur ko‘ch. 108. Tel.: (99871) 238-64-43; faks: (99871) 238-65-52; e-mail: tuit@tuit.uz.), (dissertatsiya rus tilida)

Ilmiy maslahatchi: t.f.d.,prof. I.I.Jumanov

Ish bajarilgan tashkilot: Samarqand davlat universiteti

Rasmiy opponentlar: O.M.Nabiev, A.X.Nishanov, X.N.Zaynidinov

Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik

 

   I. Tadqiqotning maqsadi: PR-ortiqchalikdan foydalanishga asoslanib, ma’lumotlarni uzatishda axborot ishonchliligini nazorat qiluvchi konstruktiv usul, model, algoritm va tizimlarini yaratish, ularni elektron hujjat aylanish texnologiyalarini ishlab chiqishda dasturiy-algoritmik majmualarni joriy etishdan iborat. 

    II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

elektron hujjat aylanish tizimlarida ma’lumotlar ishonchligini ta’minlash usul, model va algoritmlarni yaratishning kontseptsiya, uslubiyati va dasturiy-algoritmik asoslari ishlab chiqilgan, PR-ortiqchalikka ega bo‘lgan ob’ektlar sinflari EHTda axborot resurslari aniqligi, yaxlitligi, tezkorligi, ixchamligi, murojaatini ta’minlash uchun ajratib qaralgan;

sun’iy ortiqchalikdan foydalanuvchi chiziqli, modulli va tekislik bo‘yicha yig‘indilarni hosil qilish hamda kodlangan to‘plamlarga tegishlilikni aniqlash mexanizmlariga asoslangan ma’lumotlar ishonchliligini nazorat qiluvchi usul va algoritmlar taklif qilingan;

 matn elementlarini statistik, arifmetik, parsingli kodlash, tarkib-lashtiruvchi n-grammalar bo‘yicha tavsiflash, statistik tanish va xeshlash usullari asosida tabiiy ortiqchalikdan foydalanuvchi ma’lumotlarni nazorat qilish usullari ishlab chiqilgan;

 ko‘p bosqichli morfologik tahlil va n-grammalar grammatikasining tavsifi modellari asosida o‘zbek tilida beriladigan matnlardagi orfografik xatolarni nazorat va tahrir qiluvchi usul va algoritmlari taklif qilingan;

 ichki o‘rnatiladigan ekspert tizimlardagi tarkiblashgan mantiqiy mezonlar, ma’lumotlar va bilimlar bazalari asosida tarkibiy-texnologik PR-ortiqchalikdan foydalanuvchi axborot ishonchliligini nazorat qilish model va algoritmlari ishlab chiqilgan;

 elektron hujjat aylanish texnologiyalarini ishlab chiqishda xatolarni nazorat va tahrir qiluvchi interfaol tizimlar tarkibida matnli ma’lumotlar ishonchliligini nazorat qilish algoritmlarini sintezi usullari ishlab chiqilgan.

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: PR-ortiqchalikka ega bo‘lgan ob’ektlar sinflari EHTda axborot resurslari aniqligi, yaxlitligi, tezkorligi va ixchamligi yuzasidan ishlab chiqilgan model, algoritm, dasturiy majmualar O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasining «O‘zTelekom» kompaniyasi Samarqand filialida amaliyotga joriy etilgan («SamTelekom» ShK, 23.05.2010 y.). Ma’lumotlarni adaptiv uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish tizimlari bo‘yicha ishlanmalar “Lazzat-Meva” qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilib,  yillik iqtisodiy samara 62,2 mln. so‘mni tashkil etgan (“Lazzat-Meva” QK, 14.05.2010 yildagi dalolatnoma).

Yangiliklarga obuna bo‘lish