Boydedaev Azizbek Anvarjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jarrohlikdan keyingi saraton tarqalishiga qarshi polisaxaridlar asosida biomateriallar olish va ularning biologik faolliklarini o‘rganish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K497.
Ilmiy rahbar: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyavitdinov Jamolitdinv Fazlitdinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlikdan keyingi saraton tarqalishiga qarshi polisaxaridlar asosidagi gel tabiatli biomateriallarni olish va ularning biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitozanni radikal depolimerlash orqali kichik molekulyar massali xitozan olishning maqbul reaksiya sharoitlari aniqlangan;
natriy gialuronatning jelatin hamda xitozan asosidagi gel matrisalari olingan, ularning fizik-kimyoviy va farmako-toksikologik xususiyatlari aniqlangan hamda ular asosida mahaliy dori etkazib beruvch matrisa olish mumkinligi isbotlangan;
polisaxaridlar asosida tarkibida doksorubisin tutgan gel tabiatli biomateriallar olingan, ularning fizik kimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan va maqbul namunalar tanlab olingan hamda olingan gel tabiatli biomateriallar tarkibidan sitotoksik preparatning ajralib chiqish kinetiksi aniqlangan;
gel tabiatli biomateriallarning in vitro va in vivo sharoitdagi biologik faolliklari aniqlangan va ular asosida saratonga qarshi vositalar olish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Saratonga qarshi natriy gialuronatning jelatin hamda xitozan asosidagi tarkibida sitotoksik birikmalar tutgan gel tabiatli biomateriallar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
saratonga qarshi faollikka ega bo‘lgan gidrogel shaklidagi polimer kompleksi asosidagi biokonyugat uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patenti olingan (№FAP 02237, 27.02.2023). Natijada, saratonga qarshi gel tabiatli samarali dori vositasi yaratish imkonini bergan;
saratonga qarshi faollikka ega bo‘lgan gidrogel shaklidagi biopolimer kompleksi asosidagi biokonyugat uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patenti olingan (№FAP 2408, 01.02.2024). Natijada, jarrohlikdan keyingi saraton tarqalishiga qarshi polisaxaridlar asosida gidrogel shaklidagi biomateriallar olish imkonini bergan.