Narmanova Feruza Sanoqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi 3d-metallarning 4-aminobenzoy kislotasi va uning 3-almashingan hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishlari va fizik - kimyoviy xossalarini tadqiq qilish», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K820.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Umarov Baqo Bafaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi 3d-metallarining 4-aminobenoy kislota va uning 3-almashingan hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, ularning kristall tuzilishlari va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zn(II), Mn(II), Co(II) ionlarining p-aminobenzoy kislota bilan, Cu(II), Mn(II) ionlarining 4-amino-3-nitrobenzoy kislota bilan metallokomplekslari, 4-amino-3-nitrobenzoy kislotaning polimorf kristallari va 4-ammoniy-3-gidroksibenzoy kislotaning sulfat anioni bilan kristallgidratidan iborat 8 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan va ularning monokristallari olingan;
RTT yordamida olingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari hamda oktaedr va tetraedr shaklida komplekslar hosil bo‘lishi isbotlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarda Hirshfeld sirt tahlili natijasida H…H, H…C/C…H, O…H/H…O ta’sirlarining ulushi va kristallardagi molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan;
sintez qilingan [Cu(C7H5N2O4)2(H2O)2]·H2O va [Mn(C7H5N2O4)2 (C7H6N2O4)2(H2O)2]·2H2O tarkibli kompleks birikmalarning o‘smaga qarshi saraton hujayralarini yo‘q qiluvchi xossasi, shuningdek, antibakterial va antifungisistik faolligi CB-Dock2 onlayn serveri yordamida molekulyar doking usulida ushbu komplekslarning turli maqsadli oqsillar bilan o‘zaro ta’sirini baholash yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 4-aminobenzoy kislotasi va uning 3-almashingan hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi va ularning kristall tuzilishlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
[Cu(C7H5N2O4)2(H2O)2]·H2O, [Mn(C7H5N2O4)2(C7H6N2O4)2(H2O)2]·2H2O, {[Zn(H2O)2 (SO4)2](C7H7NO2)2}n, [ZnCl4](C7H7NO2)2, [Mn(C7H7NO2)2(H2O)2], [Co(C2H7NO2)2](C14H12N2O4)2, C7H6N2O4, [(C7H7NO3)2 SO4]H2O,] tarkibli kompleks birikmalarining rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, CCDC depozit raqami 2293409, 2268044, 2369626, 2369430, 2268042, 2336258). Natijada, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan kimyoviy birikmalarning taqdim etilgan ma’lumotlaridan o‘xshash birikmalarni sintez qilish va ularning tuzilishini tavsiflashda foydalanish imkonini bergan;
4-amino-3-nitrobenzoy kislotaning Cu(II) ioni saqlagan kompleks birikmasining 0,03% li eritmasi “NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalovchi vositalar tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining 2024 yil 25 noyabrdagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali dezinfeksiyalovchi vositalar olish imkonini bergan.