Baxronova  Adiba  Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishga tayyorlash mexanizmi”, 13.00.01 –  Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4710. 
Ilmiy rahbar: Ma’murov Baxodir Baxshulloevich pedagogika fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, filosofiya fanlari doktori., proffesor; Najimova Aysara Duysenbaeva, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlashning nazariy asoslari va pedagogik mexanizmini takomillashtirish hamda ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash jarayonining mazmuni talabalarda hozirjavoblik, tashabbuskorlik, kuzatuvchanlik, pedagogik savodxonlik, mas’uliyatlilik, javobgarlik hissi, o‘quv vazifasini mas’uliyat bilan bajarish, obektiv va pozitiv dunyoqarashga ega bo‘lish kabi sifatlarni rivojlantirish parametrlari bo‘yicha takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari (shart-sharoit, kommunikativ muloqot, ijtimoiy munosabat, hamkorlikdagi faoliyat, o‘z-o‘zini rivojlantirish, natijaviylik) kasbiy pedagogik mezonlarning o‘zaro bog‘likligini ochib berish orqali aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash jarayonining pedagogik modeli  darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda kasbiy rivojlanish, kasbiy ko‘nikma, psixologik, pedagogik bilimlar, mustaqil nuqtayi nazar, qiziqish, o‘zligini anglash g‘oyasi, tartib-intizomga amal qilish, shaxsiy o‘ziga xoslik ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy pedagogik jarayoni ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan konpitensiyaviy birliklar (loyihalash, kognetiv yondashuv, ekstremal konstruktiv) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash jarayoni mazmunini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-uil 25-iyundagi 218-son buurug‘i; 218-547-son ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash jarayoni mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar, ushbu jarayonning pedagogik modelini takomillashtirishga oid  taklif va tavsiyalar  va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni konseptual va ilg‘or yondashuvlar, milliy hamda xalqaro tajribalar asosida amalga oshirishga tayyorlashga asoslangan pedagogik mexanizmlarni joriy etishga doir taklif va tavsiyalari  “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-uil 25-dekabrdagi 538-son buurug‘i; 538-155-son ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash darajalarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik amaliyot mazmuniga refleksiv diagnostika muhitida optimallashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-uil 25-iyundagi 218-son buurug‘i; 218-547-son ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash jarayoniga amaliy-texnologik jihatdan yondashish tizimi takomillashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish