Umurova Feruza Pirmamat qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy matnda xushmuomalalik ifodalashning sotsiopragmatik aspekti”. 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4035.
Ilmiy rahbar: Narxodjaeva Xurshida Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), Buxoro davlat universiteti professori; Davlatova Ra’no Xaydarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), Navoiy davlat universiteti dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda xushmuomalalikni ifodalovchi til birliklarining sotsiopragmatik xususiyatlarini aniqlash va ularning sotsiopragmatik tamoyillarga asoslangan tizimli tasnifini ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xushmuomalalik strategiyalarini tahlil qilish orqali, hurmat, ehtiromni yuzaga chiqaruvchi leksik vositalar o‘zbek xalqiga xos milliy va madaniy qadriyatlarni aks ettira olishi asoslangan;
o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda kommunikantlar nutqida xushmuomalalikni ifodalashning sotsiopragmatik jihatlari, ijtimoiy sifatlari – millati, yoshi, jinsi, kasb-kori kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda yaratilishi dalillangan;
erkak va ayol nutqidagi xushmuomalalikning ijtimoiy va madaniy omillarga bog‘liq farqlari hamda bu farqlar badiiy matnlarda qanday ifoda etilishi sotsiopragmatik aspektda chuqur tahlil qilingan;
badiiy matndagi xushmuomalalik birliklarining milliy-madaniy xoslanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi leksik-grammatik vositalar, o‘zbek tiliga xos nutqiy etiketlar aniqlangan, badiiy matnda ifoda etilgan muloqotda xushmuomalalik va hurmat tamoyillarini ifodalovchi o‘zbek tilining leksik, sintaktik vositalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Badiiy matnda xushmuomalalikni ifodalashning sotsiopragmatik aspekti” mavzusini tadqiq etish natijalari asosida:
o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda kommunikantlar nutqida xushmuomalalikni ifodalashning sotsiopragmatik jihatlari, ijtimoiy sifatlari – millati, yoshi, jinsi, kasb-kori kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda yaratilishi dalillangan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2019-2022-yilda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-oktabrdagi 04/1-2865-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xushmuomalalik tushunchasining sotsiopragmatik jihatlari, badiiy matnda muallif va qahramonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, til me’yorlari va madaniy kontekstning xushmuomalalik ifodalagan uslubiy xususiyatlari tahlilini ilmiy dalillar bilan boyitish imkonini bergan;
xushmuomalalikni jamiyat va uning a’zolari, muhit, jins, maqomiga qarab ifodalanishiga doir asoslangan xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 25-yanvar № 04/1-289-sonlima’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda kommunikantlar nutqida xushmuomalalikni ifodalashning sotsiopragmatik jihatlari, ijtimoiy sifatlari – millati, yoshi, jinsi, kasb-kori kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda turli mavzuviy guruhlarda namoyon bo‘lishi borasida bildirilgan ilmiy xulosalaridan loyiha doirasida o‘quv lug‘atlar yaratishning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqishda, matnlar tadqiqiy metodologiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitishda foydalanilgan;
xushmuomalalikning ijtimoiy maqom omillariga bog‘liq holda namoyon bo‘luvchi, farqlovchi xususiyatlari va ularning nutqiy harakatlardagi pragmatik vazifalari aniqlangan, shuningdek, xushmuomalalikning lingvistik ifodasi, jumladan, hurmat, ehtirom va muloyimlikni yuzaga chiqaruvchi leksik vositalar o‘zbek xalqiga xos milliy va madaniy qadriyatlarni aks ettira olishi asoslangan xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” tonggi dasturi, “Oltin voha” radiosining “Kun siz bilan” radioeshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-noyabrdagi 17-05/158-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni xalqimizning buyuk ilmiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning ilmiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan..