Sarimsokov Sirojiddin Shoyzoqovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Publisistik matnlarning temporal va aspektual xarakteristikasi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3568
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Kulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mahmadiev Shavkatjon Suyunqulovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi publisistik matnlarda qo‘llanadigan fe’llarning temporal va aspektual xususiyatlarini, zamon va makonga oid ma’nolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
publisistik matnning strukturasini shakllantirishga xizmat qiladigan asosiy lisoniy vositalarning deyktik birliklarni ifodalovchi hamda boshqa vositalar (zamon, makon, aspekt, modallik) bog‘liqligi natijasi matn semantikasini hosil qilishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarining semantik tarkibini hosil qilishda aspektual (boshlanish, davomiylik, tugallanganlik) va temporal (makon, zamon) kategoriyalarning faollashuvi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi publisistik matnlarda faollashadigan aspektual va temporal hodisalarni matndagi vaqt, harakat, voqelik, makon kabi kategoriyalar ta’minlashi isbotlangan;
publisistik matnlarning konseptual tarkibi ijtimoiy, siyosiy, ko‘ngilochar ma’lumotlarning zamoni, makoni, kechimi, voqelanishi aspektual va temporal kategoriyalar yordamida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Publisistik matnlarning temporal va aspektual xarakteristikasini ingliz va o‘zbek tillari misolida tadqiq va tahlil qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
publisistik matnning strukturasini shakllantirishga xizmat qiladigan asosiy lisoniy vositalarning deyktik birliklarni ifodalovchi hamda boshqa vositalar (zamon, makon, aspekt, modallik) bog‘liqligi natijasi matn semantikasini hosil qilishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 8-oktyabrdagi 2108/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan moduldagi publisistik matnlarning temporal va aspektual xarakteristikasi tilning rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunishi hamda auditoriya tomonidan ushbu qonuniyatlarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarining semantik tarkibini hosil qilishda aspektual (boshlanish, davomiylik, tugallanganlik) va temporal (makon, zamon) kategoriyalarning faollashuvi haqidagi ilmiy-nazariy qarashlardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-son xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 8-oktyabrdagi 2106/02-son ma’lumotnomasi). Bunga asosan, asosiy ilmiy nazariy qarashlarga ko‘ra, ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik matnlarda aspektual va temporal kategoriyalar ma’lum bir vaqt oraligʻida hodisalarning izchilligi va ularning faoliyatini ta’kidlash uchun qo‘llanilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi publisistik matnlarda faollashadigan aspektual va temporal hodisalarni matndagi vaqt, harakat, voqelik, makon kabi kategoriyalar ta’minlashi yuzasidan bildirilgan xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-oktyabr kuni efirga uzatilgan “Idrok” ko‘rsatuvining navbatdagi sonini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-oktyabrdagi 01-07/279-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur aspektual va temporal kategoriyalar asosida tillarning matndagi vaqt, harakat, voqelik va makon kabi kategoriyalar bilan bog‘liqligi hamda ularning bir-birini qanday to‘ldirishi yoritilgan;
publisistik matnlarning konseptual tarkibi ijtimoiy, siyosiy, ko‘ngilochar ma’lumotlarning zamoni, makoni, kechimi, voqelanishi aspektual va temporal kategoriyalar yordamida ochib berishda O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monogafik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 15-yanvardagi 17/1-son ma’lumotnomasi) va natijada matnlarning temporal va aspektual xarakteristikasi to‘g‘risidagi xulosalar folklorda zamon va aspekt tushunchalarining o‘ziga xosligi aniqlangan va matnda faollashuvchi kategoriyalar orasidagi farqlar va o‘xshashliklar o‘rganilib, matnlarning ma’no va strukturasi etnolingvistikaga ta’sirini tahlil qilishda qo‘llanilgan.