Xaytbaev Oybek Allambergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hozirgi o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tillarida frazeologik sinonimiya”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5150.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kurboniyazov Gulmirza Alambergenovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmuratov Ikrom Oqmanovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi frazeologik sinonimiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘xshash jihatlarini aniqlash, tillarning mental xususiyatlariga xos frazeologik iboralarning ishlatilishidagi xususiy jihatlarini, ularning milliy-madaniy o‘ziga xosliklarini izohlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi sinonim frazemalarning semantik xususiyatlari, denotativ, konnatativ semalari ishtirokiga ko‘ra ma’no turlari, tarkibidagi uzvlarning o‘zaro munosabatlariga ko‘ra allofrazemalarning hosil bo‘lish qonuniyatlari asoslangan;
qiyoslanayotgan tillardagi frazeologik sinonimlarning semantik-struktural xususiyatlari, tarkibidagi uyushtiruvchi so‘zning ma’nosi asosida ikki, uch, to‘rt va undan ortiq komponentli frazemalarning mushtarak va differensial jihatlari asoslab berilgan; 
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi sinonim frazemalarning prototiplarini, hosil bo‘lish yo‘llarini tahlil qilish orqali xalqning turmush tarzi, tarixi, kasb-kori, milliy urf-odat dasturlariga xos bo‘lgan milliy-madaniy xususiyatlarining mushtarak va farqli jihatlari aniqlangan;
o‘zbek va qoraqalpoq adiblari frazeologik sinonimlardan foydalanishda ularning komponentlarini transformatsiya qilish, gradatsiya, allyuziya, frazemalar antonimini yonma-yon keltirish orqali obrazli metaforik kontekst yaratish, nutqning konnotatsiyasini orttirish imkoniyatlari dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi frazeologik sinonimlarning lingvistik tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi sinonim frazemalarning semantik xususiyatlari, denotativ, konnotativ semalari ishtirokiga ko‘ra ma’no turlari, tarkibidagi uzvlarning o‘zaro munosabatlariga ko‘ra allofrazemalarning hosil bo‘lish qonuniyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 6-sentyabrdagi 329/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning qarindosh tillardagi frazeologik sinonimlarning lisoniy xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariy materiallar bilan boyitilishiga, ishning ilmiy saviyasi ortishiga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi frazeologik sinonimlarning semantik-struktural xususiyatlari, tarkibidagi uyushtiruvchi so‘zning ma’nosi asosida ikki, uch, to‘rt va undan ortiq komponentli frazemalarning mushtarak va differensial jihatlariga oid xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi muzeyida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi muzeyining 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-02/3-199-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, tayyorlangan ekspozisiya materiallarining boyitilishiga manba sifatida asos bo‘lgan; 
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi sinonim frazemalarning prototiplarini, hosil bo‘lish yo‘llarini tahlil qilish orqali xalqning turmush tarzi, tarixi, kasb-kori, milliy urf-odat va dasturlariga xos bo‘lgan milliy-madaniy xususiyatlarning mushtarak va farqli jihatlariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi telerodiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan 2024-yil 2-may kuni efirga berilgan “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan” ko‘rsatuvi hamda 2024-yil 18-iyun kuni efirga berilgan “Saz sáwbet hám kewil ashar baǵdarlamalar” bosh tahririyati tomonidan tayyorlangan “Kúsh bilimde” eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 05-22/417- son ma’lumotnomasi). Natijada sinonim frazemalarning tilimizda tutgan o‘rnini, milliy-madaniy xususiyatlarini ommaga tushuntirish asnosida keng jamoatchilikning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga erishilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq adiblari frazeologik sinonimlardan foydalanishda ularning komponentlarini transformatsiya qilish, gradatsiya, allyuziya, frazemalar antonimini yonma-yon keltirish orqali obrazli metaforik kontekst yaratish, nutqning konnotatsiyasini orttirish imkoniyatlariga doir natijalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar malakasini oshirishda, turli to‘garak, seminar va mahorat darslari o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 2-dekabrdagi 109-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh adiblarning asarlarida frazemalardan xalqlarning milliy-madaniy xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘rinli foydalanish, ulardan ta’sirchan badiiy priyomlarni yaratishdagi mahorati takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish