Turdimuratova Abadan Baymuratovna
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
“Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh va O‘g‘uz jirov (X.Niyazov) versiyalarining qiyosiy tadqiqi (syujet, motiv va obrazlar kesimida) 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2669
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Turdimov Shomirza Ganievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baxadirova Sarigul, filologiya fanlari doktori, professor; Sayitqulov Ilhom, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek xalq qahramonlik dostoni “Alpomish”ning Fozil Yuldosh o‘g‘li varianti bilan qoraqalpoq xalq qahramonlik dostoni “Alpamis”ning O‘g‘uz jirov (X.Niyazov) variantini qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan syujet, motiv va obrazlar kesimida, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni aniqlash, ularning qiyosiy-tipologik tadqiqotini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
doston variantlarining yozib olinishi hamda nashrlari, o‘rganilish tarixi tahlil qilingan va “Alpomish” dostonining o‘zbek (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li) va qoraqalpoq (O‘g‘uz jirov) variantlari milliy versiyalar ichida eng mumtoz variantlar ekanligi olimlar fikri bilan tasdiqlangan;
variantlar qiyoslanib, syujetdagi, obrazlardagi umumiylik va farqli jihatlari aniqlangan; g‘ayritabiiy tug‘ilish, ism qo‘yish, qayliqdan kelgan xabar, ilk bahodirlik sinovi, ot tanlash, ot bilan kuch sinashish, qahramona do‘stlik kabi asosiy motivlarning variantlarda o‘ziga xos farqlarga ega ekanligi asoslangan;
doston variantlarining qiyosiy tahlili ularning har birida turg‘un motivlarlarning turli invariantlarining borligini ko‘rsatadi, bu har bir variant syujet, motiv, obrazlarida arxaik elementlarning ustuvor ekanligi va dostonning qadimiyligini isbotlash uchun xizmat qilishi aniqlangan;
dostonda epik ot obrazining shakllanishida arxaik rudimentlar saqlanganligi, qadimiy mifologik tushunchalar, dunyoqarashning  epos yaratish an’analarida ishtirok etganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
“Alpomish” dostonining o‘zbek (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li) hamda qoraqalpoq (O‘g‘uz jirov) variantlari genezisi, tipologiyasi ham poetikasini qiyosiy o‘rganishda olingan ilmiy natijalar asosida:
“Alpomish” dostonining o‘zbek (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li) hamda qoraqalpoq (O‘g‘uz jirov) variantlari qiyosiy-tipologiyasi hamda poetikasini qiyosiy o‘rganishda olingan ilmiy-nazariy xulosalar natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan ilmiy ishlar rejasiga muvofiq, FA-F-1-005-son “Qoraqalpoq folklori va adabiyotshunoslik tarixini o‘rganish” (2017-2020 yillar) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 21-oktyabr sanasidagi №488/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq qahramonlik dostonlarining variantlarini qiyosiy tipologiyasi bilan bog‘liq qarashlar, folklorshunoslik ilmida ilmiy-nazariy jihatdan yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan badiiy tarjima va poeziya bo‘yicha xalqaro konferensiyalarda, “Qoraqalpoq adabiyoti durdonalari” ko‘p jildli kitoblar to‘plamini nashrga tayyorlashda, to‘garak va mahorat oshirish ishlarini o‘tkazishda yosh ijodkorlarning badiiy va nazariy mahoratini oshirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 16-oktyabr sanasidagi №01-03/865-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodga vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, milliy faxr tuyg‘ularini shakllantirishda maqolalardan foydalanildi va folklorshunoslik fani bo‘yicha bilimlari oshirildi.
“Alpamis” dostonining O‘g‘uz jirov varianti yozib olinishiga 90 yil to‘lishi munosabati bo‘yicha tadqiqotning ilmiy-nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston radiosining “Ruwxıylıq bostanı” radio eshittirishlarida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 21-iyun sanasidagi №8374-son va 25-iyun sanasidagi №3401-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot manbalari orqali adabiy-badiiy mavzudagi radiodasturlarning tinglovchilariga xalqimiz tomonidan yaratilgan boy nomoddiy madaniy merosi, ko‘p asrlik qadriyatlari tizimining yosh avlod ma’naviy kamolotidagi tutgan o‘rni va ahamiyati xususidagi yangi ma’lumotlar orqali dostonlarning nashr etilishi, o‘rganilishi kabi masalalar keng tomoshabinlar ommasiga etkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish