Xolmuradov Otabek Normamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy natijalarning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4184 
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ilxomov Shavkat Islomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: “Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ”
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy natijalarning buxgalteriya hisobi va auditini MHXS asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
9011-“Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tayyor mahsulotlarni sotishdan tushum”, 9021-“Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tovarlarni sotishdan tushum”, 9031-“Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha ishni bajarish va xizmatlarni sotishdan tushum” ishchi schyotlarini schyotlar rejasiga kiritish orqali sotishdan tushum bilan bog‘liq daromadlarni 15-son MHXSiga muvofiqlashtirish hamda buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishni ta’minlash asoslangan; 
foyda solig‘i buxgalteriya hisobini BHXS (IAS) 2-“Zaxiralar”, 8-“Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar”, 12-“Foyda soliqlari”, MHXS (IFRS) 18-“Moliyaviy hisobotdagi axborotni taqdim etish va yoritib berish” moliyaviy hisobotlarining xalqaro standartlaridagi me’yorlarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash orqali investorlarga aksiyadorlik jamiyati faoliyat natijalarini tushunish asosida to‘g‘ri investisiya qarorlarini qabul qilish taklifi ishlab chiqilgan;
foyda solig‘i auditini o‘tkazishda auditning xalqaro standartlariga muvofiq hamda tegishli standartlar bilan birgalikda soliq auditi, soliq xavfi darajasi va tadbirkorlik sub’ektlari barqarorlik reytingi elementlari bo‘yicha maxsus yondashuvlarni qo‘llash orqali moliyaviy natijalar auditining samaradorligi va natijaviyligi ta’minlash asoslangan;
xalqaro audit amaliyotida foydalaniyotgan (kengaytirilgan biznes hisobot tili) XBRL (eXtensible Business Reporting Language) biznes ma’lumotlari bo‘yicha xalqaro standartidan foydalanish hamda “Audit-2”, “Audit-4” platformalarini audit amaliyotida qo‘llash orqali moliyaviy natijalar auditini o‘tkazish va rasmiylashtirishda ma’lumotlarni elektron tarzda almashish taklifi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Moliyaviy natijalarning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
9011-“Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tayyor mahsulotlarni sotishdan tushum”, 9021-“Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tovarlarni sotishdan tushum”, 9031-“Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha ishni bajarish va xizmatlarni sotishdan tushum” ishchi schyotlarini schyotlar rejasiga kiritish orqali sotishdan tushum bilan bog‘liq daromadlarni 15-son MHXSiga muvofiqlashtirish hamda buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishni ta’minlash taklifi “Qashqadaryodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil uchun hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi schyotlar rejasiga kiritilgan va amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 sentyabrdagi 91-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ishchi schyotlarni amaliyotda qo‘llanilishi daromadlar va moliyaviy natijalarni to‘g‘ri aniqlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish imkonini bergan hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish MHXS talablariga muvofiqlashtirilgan;
    foyda solig‘i buxgalteriya hisobini BHXS (IAS) 2-“Zaxiralar”, 8-“Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar”, 12-“Foyda soliqlari”, MHXS (IFRS) 18-“Moliyaviy hisobotdagi axborotni taqdim etish va yoritib berish” moliyaviy hisobotlarining xalqaro standartlaridagi me’yorlarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash orqali investorlarga aksiyadorlik jamiyati faoliyat natijalarini tushunish asosida to‘g‘ri investisiya qarorlarini qabul qilish taklifi “Qashqadaryodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil uchun hisob siyosatini ishlab chiqishda inobatga olingan va amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 sentyabrdagi 91-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy ma’lumotlarning shaffofligi va qiyosiyligi oshdi hamda investorlarga aksiyadorlik jamiyati faoliyati natijalarini yaxshiroq tushunish va ancha asoslangan investisiyaviy qarorlar qabul qilish imkonini bergan;
foyda solig‘i auditini o‘tkazishda auditning xalqaro standartlariga muvofiq hamda tegishli standartlar bilan birgalikda soliq auditi, soliq xavfi darajasi va tadbirkorlik sub’ektlari barqarorlik reytingi elementlari bo‘yicha maxsus yondashuvlarni qo‘llash orqali moliyaviy natijalar auditining samaradorligi va natijaviyligi ta’minlash taklifi  “Zamin oil-audit” auditorlik tashkiloti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Zamin oil-audit” auditorlik tashkilotining 2024 yil 4 sentyabrdagi 121/24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy natijalar auditining samaradorligi va natijaviyligi ta’minlash imkoni yaratilgan;
xalqaro audit amaliyotida foydalaniyotgan (kengaytirilgan biznes hisobot tili) XBRL (eXtensible Business Reporting Language) biznes ma’lumotlariga bo‘yicha xalqaro standartidan foydalanish hamda “Audit-2”, “Audit-4” platformalarini audit amaliyotida qo‘llash orqali moliyaviy natijalar auditini o‘tkazish va rasmiylashtirishda ma’lumotlarni elektron tarzda almashish taklifi “Zamin oil-audit” auditorlik tashkiloti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Zamin oil-audit” auditorlik              tashkilotining 2024 yil 4 sentyabrdagi 121/24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy natijalar auditini o‘tkazishda va rasmiylashtirishda ma’lumotlarini elektron tarzda almashish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish