Xalimov Shaxboz Xalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
«Raqamli iqtisodiyot sharoitida qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2915
Ilmiy rahbar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida qishloq joylarida xizmatlar ko‘satish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqot ishida uslubiy yondashuvga ko‘ra raqamli iqtisodiyot sharoitida “qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq aholisiga turli xil xizmatlarni taqdim etishga qaratilgan iqtisodiy va tashkiliy faoliyatning raqamli texnologiyalar, internet tarmog‘i va zamonaviy axborot tizimlaridan foydalangan holda samarali va innovatsion yo‘nalishda amalga oshirilishi jihatidan takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida raqamli iqtisodiyot talablariga muvofiq samarali faoliyat yuritish imkoniyatini yaratuvchi “qishloq hududiy klasteri”ning tashkiliy tuzilmasi taklif qilingan;
qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish subektlarini raqamlashtirishda “Aqlli qishloq xizmati” modeli ishlab chiqilgan hududlarda sunʼiy intellekt (AI = 0,45-0,5), buyumlar interneti (IoT = 0,35-0,4), bulutli texnologiya (CC = 0,1-0,2) raqamli texnologiyalarini joriy etish o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston hududlaridagi qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot sharoitida “qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qishloq aholisiga turli xil xizmatlarni taqdim etishga qaratilgan iqtisodiy va tashkiliy faoliyatning raqamli texnologiyalar, internet tarmog‘i va zamonaviy axborot tizimlaridan foydalangan holda samarali va innovatsion yo‘nalishda amalga oshirilishi jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 284 sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023 yil 10 noyabrdagi 4-sonli qarori). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda raqamli texnologiyalar, internet tarmog‘i va zamonaviy axborot tizimlaridan foydalangan holda samarali va innovatsion yo‘nalishda amalga oshirilishi jihatidan takomillashtirilgan “qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Samarqand viloyatida raqamli iqtisodiyot talablariga muvofiq samarali faoliyat yuritish imkoniyatini yaratuvchi “qishloq hududiy klasteri”ning tashkiliy tuzilmasidan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-yanvardagi 06-41-1167-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish subektlari integratsiyalashuvi, hamkorlik aloqalarini yuksalishi, xizmat ko‘rsatish sifati va miqdorini ortishiga olib kelgan;
qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish subektlarini raqamlashtirishda “Aqlli qishloq xizmati” modeli ishlab chiqilgan hududlarda sunʼiy intellekt (AI = 0,45-0,5), buyumlar interneti (IoT = 0,35-0,4), bulutli texnologiya (CC = 0,1-0,2) raqamli texnologiyalarini joriy etish o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-yanvardagi 06-41-1167-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu modeldan foydalanish natijasida qishloq joylarida xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish asosida uning samaradorligini 45 % oshirishi va xizmat ko‘rsatish sohasini modernizatsiyalash imkonini bergan;
O‘zbekiston hududlaridagi qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-yanvardagi 06-41-1167-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrdan foydalanish natijasida qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish tizimi subektlari faoliyatini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish subektlari soni 40,0 %ga, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarda xizmat ko‘rsatishning ulushini 60,0 %ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish