Nazarov Nuriddin Baxranovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv-mashg‘ulot guruhida o‘rta masofaga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4633.
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biyologiya fanlari doktori, professor Raxmonov Rauf Rasulovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta masofaga yuguruvchi sportchilarnig musobaqaoldi tayyorgarlik sikllarini optimal rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi o‘rta masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayonlari yuklamalarini optimal rejalashtirish maqsadida yillik musobaqa faoliyati kalendar rejalarini inobatga olib, yillik tayyorgarlik dasturlarida belgilangan shiddat zonalarini tabiiy muhit, notekis yuzalar va yugurish intervallarini vaqt diapazonlariga taqsimlash orqali turli musobaqa faoliyati sharoitlariga moslashish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarning funksional holatini yaxshilash uchun tayyorgarlik davrida masofalarni bo‘laklab va uzlyuksiz bosib o‘tishda, maksimal darajada namoyon qilish imkoniyatlarni inobatga olib tiklovchi, tortuvchi, hajmli, musobaqa oldi, musobaqa mikrotsikllarida, yuklamalar me’yorini optimal taqsimlash hisobiga aerob va anaerob shiddat zonalarida masofani bosib o‘tish samaradorligi oshirilgan;
o‘quv-mashg‘uloti bosqichidagi o‘rta masofaga yuguruvchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan stadion va yopiq inshoatlardagi qisqa va o‘rta masofalarga o‘zgaruvchan tezliklarda, kunning ikkinchi yarmida yugurish sur’ati hamda jismoniy mashqlarni mashg‘ulot jarayonlarida variativ qo‘llash hisobiga mashg‘ulot va harakat tayyorgarliklarini yuqori darajada saqlab turish imkoniyatlar kengaytirilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarning belgilangan asosiy musobaqa faoliyatiga samarali tayyorlash maqsadida aerob-anaerob shiddat zonalarida tortuvchi va hajmli maxsus tayyorgarlik dasturlarini, fasllarga nisbatlagan holda mezotsikllarda foydalanish uchun na’munaviy dasturiy-uslubiy ta’minotidan foydalanish hisobiga start chizig‘idan harakatlanish mahorati takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘rta masofaga yuguruvchi sportchilarning musobaqaoldi tayyorgarlik sikllarini optimal rejalashtirish metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi o‘rta masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayonlari yuklamalarini optimal rejalashtirish maqsadida yillik musobaqa faoliyati kalendar rejalarini inobatga olib, yillik tayyorgarlik dasturlarida belgilangan shiddat zonalarini tabiiy muhit, notekis yuzalar va yugurish intervallarini vaqt diapazonlariga taqsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani 1-son sport maktabining engil atletika mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12297-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta masofaga yuguruvchi sportchilarda tezkor chidamliligi 22.01 % o‘sishiga erishilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarning funksional holatini yaxshilash uchun tayyorgarlik davrida masofalarni bo‘laklab va uzlyuksiz bosib o‘tishda, maksimal darajada namoyon qilish imkoniyatlarni inobatga olib tiklovchi, tortuvchi, hajmli, musobaqa oldi, musobaqa mikrotsikllarida, yuklamalar me’yorini optimal taqsimlash bo‘yicha takliflar Samarqand viloyati sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining engil atletika mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12297-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhidagi sportchilarning texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 10,4 % ga yaxshilangan;
o‘quv-mashg‘uloti bosqichidagi o‘rta masofaga yuguruvchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan stadion va yopiq inshoatlardagi qisqa va o‘rta masofalarga o‘zgaruvchan tezliklarda, kunning ikkinchi yarmida yugurish sur’ati hamda jismoniy mashqlarni mashg‘ulot jarayonlarida variativ qo‘llash bo‘yicha takliflar Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani 1-son sport maktabining engil atletika mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12297-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta masofaga yuguruvchi sportchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 13,91% ga yaxshilanishiga erishilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarning belgilangan asosiy musobaqa faoliyatiga samarali tayyorlash maqsadida aerob-anaerob shiddat zonalarida tortuvchi va hajmli maxsus tayyorgarlik dasturlarini, fasllarga nisbatlagan holda mezotsikllarda foydalanish uchun na’munaviy dasturiy-uslubiy ta’minotidan foydalanish bo‘yicha takliflar Buxoro viloyati Sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining engil atletika mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12297-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta masofaga yuguruvchilarning sport natijalari 14,2 % yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish