Bekimov Mansur Adambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siklik jarayonlarni modellashtiruvchi chiziqli dinamik sistemalar», 01.01.02–Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM94.
Ilmiy rahbar: Azamov Abdulla, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Matematika instituti, DSc.27.06.2017.FM.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Aknazar Bekdurdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Dilmuradov Nasriddin, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siklik jarayonlar, jumladan issiqlik elektrostansiya- larining aylanuvchi regenerativ havo qizdirgichlardagi issiqlik almashish jarayonlarining matematik modellarini qurish va ularning sifat xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch o‘lchovli maxsus algebralar qurish yo‘li bilan deyarli Yakobi sirkulyant matrisali tartibi 3,4,6 ga teng chiziqli differensial tenglamalar sistemasining fundamental sistemasi uchun aniq, chekli formulalar topilgan;
umumlashgan eksponenta yordamida koeffisientlar matrisasi sirkulyant bo‘lgan -tartibli chiziqli differensial tenglamalar sistemasining fundamental sistemasi uchun sirkulyantlar algebrasi doirasidan chetga chiqmaydigan, chekli formula topilgan;
aylanuvchi regenerativ havo qizdirgichlardagi issiqlik almashish termodinamik jarayonining siklikligini ifodalovchi monomial va binomial matrisali diskret dinamik sistemalar ko‘rinishidagi matematik modellar qurilgan;
hosil bo‘lgan diskret sistema echimining sifat xossalari o‘rganilgan, echimlarning qiymatlari haqidagi ma’lumotlar asosida sistema koeffisientlarini aniqlashga doir identifikatsiya masalasi hal etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Siklik jarayonlarni modellashtiruvchi chiziqli dinamik sistemalarga oid olingan natijalar asosida:
ko‘p seksiyali havo qizdirgichlarning diskret dinamik sistemalar ko‘rinishidagi matematik modeli issiqlik elektrostansiyalaridagi kaloriferdan chiqadigan havo haroratini avtomatik rostlash sistemasini yaratishda qo‘llanilgan va «Kalorifer ortidagi havo haroratini avtomatik rostlash usuli» mavzusidagi ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№IAP 05072, 02.07.2015 y.). Natijalarning qo‘llanishi havo qizdirgichlardagi issiqlik almashish jarayonini xarakterlovchi parametrlarning son qiymatlarini etarlicha aniqlikda topish imkonini bergan.
sirkulyant matrisali differensial tenglamalarning fundamental matrisalari uchun topilgan oshkor formulalar 01-01-17-1921FR raqamli ilmiy tadqiqot loyihasida Gil`bert fazosidagi cheksiz differensial tenglamalar bilan ifodalanuvchi differensial o‘yinlarni tadqiq etishda qo‘llanilgan (Malayziya Putra universitetining 2018 yil 4 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi berilgan cheksiz differensial tenglamalar sistemasining fundamental matrisasini topish imkonini bergan.