Raimova Durdona Durdibay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil transporti sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” hamda 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.4.PhD/Iqt4854
Ilmiy rahbar: Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ibodulla Sagdullaevich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Avtomobil transporti sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “avtotransport xizmatlari sohasida kichik biznesni rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlat xususiy sheriklikning eksternalistik samarasi asosida kichik avtokorxonalarni ausorsing xizmatlarini ko‘rsatish tizimiga o‘tkazilishini asoslash orqali takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil transporti sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik orqali avtotransport xizmatlari ko‘rsatishni ausorsingga o‘tkazish bosqichlarini samarali amalga oshirilishini ta’minlashda logistik ausorsing markazi tuzilmasini tashkil etish taklifi asoslangan; 
mintaqada kichik biznes sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari hajmiga iqtisodiyot tarmoqlari ta’sirini baholashda transport sohasidagi kichik korxonaning harakatlanuvchi tarkibi (engil va o‘rta yuk avtomobillari, mikroavtobuslar va h.k.) va kerakli uskuna hamda jihozlarni (ta’mirlash va diagnostikalash qurilmalari, yoqilg‘i-moylash uskunalari kabi) sotib olish jarayonlarini optimallashtirish taklifi asoslangan;  
Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil transporti sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy-matematik modellashtirish asosida 2028 yilga qadar kichik korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan avtotransport xizmatlari hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida avtotransport sohasini amaliyotiga:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “avtotransport xizmatlari sohasida kichik biznesni rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlat xususiy sheriklikning eksternalistik samarasi asosida kichik avtokorxonalarni ausorsing xizmatlarini ko‘rsatish tizimiga o‘tkazilishini asoslash orqali takomillashtirishga oid nazariy – uslubiy ishlanmalardan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Transport iqtisodiyoti” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Tashkent davlat transport universiteti kengashning 2024 yil, 28 oktyabrdagi 292-U-sonli bayonnomasi, №5-292-458). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda avtotransport xizmatlari sohasida kichik biznesni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari (tashkiliy, texnik) va tamoyillarini, xalqaro talablar va qoidalarni hisobga oluvchi avtotransport xizmatlaridan foydalanish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “avtotransport xizmatlari sohasida kichik biznesni rivojlantirish” tushunchasi yuzasidan yangi nazariy bilimlarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil transporti sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik orqali avtotransport xizmatlari ko‘rsatishni ausorsingga o‘tkazish bosqichlarini samarali amalga oshirilishini ta’minlashda logistik ausorsing markazi tuzilmasini tashkil etish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (boshqarmaning 2024-yil 10-sentyabrdagi 01/10-212-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etish natijasida transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonaning yo‘lovchi tashish hajmi va boshqa transport xizmatlari ko‘rsatish 12 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
mintaqada kichik biznes sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari hajmiga iqtisodiyot tarmoqlari ta’sirini baholashda transport sohasidagi kichik korxonaning harakatlanuvchi tarkibi (engil va o‘rta yuk avtomobillari, mikroavtobuslar va h.k.) va kerakli uskuna hamda jihozlarni (ta’mirlash va diagnostikalash qurilmalari, yoqilg‘i-moylash uskunalari kabi) sotib olish jarayonlarini optimallashtirish  bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (boshqarmaning 2024-yil 10-sentyabrdadi 01/10-212-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etish natijasida avtotransport sanoati korxonalarini faoliyatida ushbu modellarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonalari foydasini 11 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil transporti sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy-matematik modellashtirish asosida 2028 yilga qadar kichik korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan avtotransport xizmatlari hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida tomonidan joriy etilgan (2024-yil 10-sentyabrdagi 01/10-212-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo sanoat palatasi“ ni samarali boshqarish rejalari ishlab chiqilgan va avtotransport korxonalari faoliyatini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish