Oripova Feruza Shopulatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  Tuxumdon endometriozi rivojlanish xavfining immunogenetik jihatlari va davolash usullari; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya; 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4 DSc./Tib781.
 Ilmiy maslahatchilar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Maxfuza Mubinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozig‘iston Milliy Tibbiyot universiteti (Qozig‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tuxumdon endometriomasi rivojlanish xavfining immunogenetik jixatlarini aniqlash orqali davollash usullariga  qiyosiy yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.  
III . Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor tuxumdon endometriomasi bo‘lgan ayollarda tug‘ma immunitetning hujayraviy omillari miqdorining kamayishi va gumoral omillar konsentratsiya oshishi bilan tavsiflangan, bepushtligi bo‘lgan ayollarda bu o‘zgarishlar chuqur ekanligi aniqlangan;
tuxumdon endometriomasida erta (CD25+) va o‘rta (CD HLA DR+) faollashuv markyorlari bo‘lgan limfotsitlar soni ishonarli darajada oshgan, apoptoz markyori bilan limfotsitlar esa kamaygan, o‘rganilgan limfotsitlar miqdori ortishi va kamayishi bepushtlik mavjud ayollarda yaqqolligi aniqlangan;
tuxumdon endometriomasi tashhislangan bemorlarda periferik qondagi sitokin profilidagi disbalans IL-2 sintezining inertligi orqali ta’minlanuvchi immunoreaktivlikning amalga oshishi pasayishi bilan chuqurlashgan, tuxumdon endometriomasining rivojlanishi va uning klinik belgilari namoyon bo‘lishi VEGFA genining rs2010963 polimorfizmi bilan assotsirlanishi isbotlanib, tuxumdon endometriomasi mavjud ayollarda angiogenez omili (VEGFA genining 634 G/C) rs2010963 polimorfizmi taqsimotining xususiyati aniqlangan;
angiogenez omili genining allel polimorfizmi va tuxumdon endometriomasi rivojlanishi, uning chanoq a’zolaridagi og‘riqlar va bepushtlik ko‘rinishida namoyon bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlikni baholash asosida tuxumdon endometriomasi rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi  muhim kombinatsiyalar VEGF G/C i G/G angiogenez omili genlarining polimorf variantlari genotiplarining qo‘shilib kelishi ekanligi aniqlangan;
tuxumdon endometriomasi bilan ayollarda klinik ko‘rinishlarga ko‘ra, immunmodulyasiyalovchi vositalarni qo‘llash orqali korreksiyalovchi chora-tadbirlarni o‘tkazish sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 10 dekabrdagi 10/56 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tuxumdon endometriomasi bo‘lgan ayollarda tug‘ma immunitetning hujayraviy omillari miqdorining kamayishi va gumoral omillar konsentratsiya oshishi bilan tavsiflangan, bepushtligi bo‘lgan ayollarda bu o‘zgarishlar chuqur ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tuxumdon endometriomasi bo‘lgan ayollarda tug‘ma immunitetning hujayraviy omillari miqdorining kamayishi va gumoral omillar konsentratsiya oshishi bilan tavsiflangan, bepushtligi bo‘lgan ayollarda bu o‘zgarishlar chuqur ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda uchraydigan asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati bo‘yicha buyruq (04.11.2024 y.; 153-sonli.), Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali  bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 567), Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha buyruq (01.11.2024 y.; № 102-I)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi bo‘lgan ayollarda tug‘ma immunitetning hujayraviy omillari miqdorining kamayishi va gumoral omillar konsentratsiya oshishini davolash jarayonida inobatga olinishi, rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi bo‘lgan ayollarda tug‘ma immunitetning hujayraviy omillari miqdorining kamayishi va gumoral omillar konsentratsiya oshishini davolash jarayonida inobatga olinishi, rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning davolanish muddatini o‘rtacha 5 kungacha qisqartirib, poliklinikada davolanish to‘lov miqdori 900000 so‘mga kamaytirgan (xususiy tibbiy klinikaning preyskurantiga ko‘ra  1 kunlik davolanish 180000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: tuxumdon endometriomasi bo‘lgan ayollarda tug‘ma immunitetning hujayraviy omillari miqdorining kamayishi va gumoral omillar konsentratsiya oshishini davolash jarayonida inobatga olinishi, rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarning kamaytirish, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda asoratlarni  kamaytirish imkonini beradi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: tuxumdon endometriomasida erta (CD25+) va o‘rta (CD HLA DR+) faollashuv markyorlari bo‘lgan limfotsitlar soni ishonarli darajada oshgan, apoptoz markyori bilan limfotsitlar esa kamaygan, o‘rganilgan limfotsitlar miqdori ortishi va kamayishi bepushtlik mavjud ayollarda yaqqolligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tuxumdon endometriomasida erta (CD25+) va o‘rta (CD HLA DR+) faollashuv markyorlari bo‘lgan limfotsitlar soni ishonarli darajada oshishi, apoptoz markyori bilan limfotsitlar esa kamayishini inobatga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati bo‘yicha buyruq (04.11.2024 y.; 153-sonli.), Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali  bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 567), Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha buyruq (01.11.2024 y.; № 102-I)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasida erta, o‘rganilgan limfotsitlar miqdori ortishi va kamayishi bepushtlik mavjud ayollarda yaqqol ifodalanganligini nazarda tutib davolash rejasini tuzilishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasida erta, o‘rganilgan limfotsitlar miqdori ortishi va kamayishi bepushtlik mavjud ayollarda yaqqol ifodalanganligini nazarda tutib davolash rejasini tuzilishi: bemorning davolanish muddatini o‘rtacha 5 kungacha qisqartirib, poliklinikada davolanish to‘lov miqdori 900000 so‘mga kamaytirgan (xususiy tibbiy klinikaning preyskurantiga ko‘ra  1 kunlik davolanish 180000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: tuxumdon endometriomasida erta, o‘rganilgan limfotsitlar miqdori ortishi va kamayishi bepushtlik mavjud ayollarda yaqqol ifodalanganligini nazarda tutib davolash rejasini tuzilishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi; 
uchinchi ilmiy yangilik: tuxumdon endometriomasi tashhislangan bemorlarda periferik qondagi sitokin profilidagi disbalans IL-2 sintezining inertligi orqali ta’minlanuvchi immunoreaktivlikning amalga oshishi pasayishi bilan chuqurlashgan, tuxumdon endometriomasining rivojlanishi va uning klinik belgilari namoyon bo‘lishi VEGFA genining rs2010963 polimorfizmi bilan assotsiirlanishi isbotlangan, tuxumdon endometriomasi mavjud ayollarda angiogenez omili (VEGFA genining 634 G/C) rs2010963 polimorfizmi taqsimotining xususiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tuxumdon endometriomasi tashhislangan bemorlarda periferik qondagi sitokin profilidagi disbalans IL-2 sintezining inertligi orqali ta’minlanuvchi immunoreaktivlikning amalga oshishi pasayishi bilan chuqurlashgan, tuxumdon endometriomasining rivojlanishi va uning klinik belgilari namoyon bo‘lishi VEGFA genining rs2010963 polimorfizmi bilan assotsiirlanishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, operativ davo muolajalari sonining kamayishiga hamda davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati bo‘yicha buyruq (04.11.2024 y.; 153-sonli), Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali  bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 567), Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha buyruq (01.11.2024 y.; № 102-I)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi tashhislangan bemorlarda periferik qondagi sitokin profilidagi disbalans IL-2 sintezining inertligi orqali ta’minlanuvchi immunoreaktivlikning amalga oshishi pasayishi bilan chuqurlashganligini inobatga olinishi o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, bemorlarda kasallik kechishini bashoratlash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi tashhislangan bemorlarda periferik qondagi sitokin profilidagi disbalans IL-2 sintezining inertligi orqali ta’minlanuvchi immunoreaktivlikning amalga oshishi pasayishi bilan chuqurlashganligini inobatga olinishi o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 900000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: tuxumdon endometriomasi tashhislangan bemorlarda periferik qondagi sitokin profilidagi disbalans IL-2 sintezining inertligi orqali ta’minlanuvchi immunoreaktivlikning amalga oshishi pasayishi bilan chuqurlashganligini inobatga olinishi o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: angiogenez omili genining allel polimorfizmi va tuxumdon endometriomasi rivojlanishi, uning chanoq a’zolaridagi og‘riqlar va bepushtlik ko‘rinishida namoyon bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlikni baholash asosida tuxumdon endometriomasi rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi  muhim kombinatsiyalar VEGF G/C i G/G angiogenez omili genlarining polimorf variantlari genotiplarining qo‘shilib kelishi ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tuxumdon endometriomasi rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi  muhim kombinatsiyalar VEGF G/C i G/G angiogenez omili genlarining polimorf variantlari genotiplarining qo‘shilib kelishini aniqlanganligi, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati bo‘yicha buyruq (04.11.2024 y.; 153-sonli), Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali  bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 567), Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha buyruq (01.11.2024 y.; № 102-I)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi  muhim kombinatsiyalar VEGF G/C i G/G angiogenez omili genlarining polimorf variantlari genotiplarining qo‘shilib kelishini aniqlanganligi mahalliy va umumiy asoratlarning uchrash darajasini 2 baravarga, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi  muhim kombinatsiyalar VEGF G/C i G/G angiogenez omili genlarining polimorf variantlari genotiplarining qo‘shilib kelishini aniqlanganligi mahalliy va umumiy asoratlarning uchrash darajasini 2 baravarga, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini berib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: tuxumdon endometriomasi rivojlanishiga moyillik tug‘diruchi sabablarni aniqlab rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarini bashorat qilish va oldini olish, davlolash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: tuxumdon endometriomasi bilan ayollarda klinik ko‘rinishlarga ko‘ra, immunmodulyasiyalovchi vositalarni qo‘llash orqali korreksiyalovchi chora-tadbirlarni o‘tkazish sxemasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tuxumdon endometriomasi bilan ayollarda klinik ko‘rinishlarga ko‘ra, immunmodulyasiyalovchi vositalarni qo‘llash orqali korreksiyalovchi chora-tadbirlarni o‘tkazish sxemasi ishlab chiqilganligi, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati bo‘yicha buyruq (04.11.2024 y.; 153-sonli), Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali  bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 567), Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha buyruq (01.11.2024 y.; № 102-I)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi bilan ayollarda klinik ko‘rinishlarga ko‘ra, immunmodulyasiyalovchi vositalarni qo‘llash orqali korreksiyalovchi chora-tadbirlarni o‘tkazish sxemasi ishlab chiqilganligi, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tuxumdon endometriomasi bilan ayollarda klinik ko‘rinishlarga ko‘ra, immunmodulyasiyalovchi vositalarni qo‘llash orqali korreksiyalovchi chora-tadbirlarni o‘tkazish mahalliy va umumiy asoratlarning uchrash darajasini 2 baravarga, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini berib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: tuxumdon endometriomasi rivojlanishiga moyillik tug‘diruchi sabablarni aniqlab rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarini bashorat qilish va oldini olish, davlolash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish