Sapaeva Boljon Qadamovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili gemeronimlarining leksik va struktur-semantik xususiyatlari”, 10.00.01– O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1090.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qurboniyazov Gulmirza Allamberganovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xudoyberganov Ravshan Yusupovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili gemeronimlarining o‘zbek tili onomastik sathida tutgan o‘rnini belgilash, ularning leksik va struktur-semantik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gemeronimlarning davr, makon va zamon, ijtimoiy muhit talabiga bog‘liq holda takomillashib borishi, ijtimoiy hayotdagi madaniy va lisoniy omillar bilan bog‘liq holda o‘zgarishlarga uchrashi, ularning onomastik tizimdagi ijtimoiy-siyosiy ahamiyati va tilshunoslikdagi lisoniy maqomi asoslangan;
gemeronimlarning atash, farqlash, xabar berish, reklama qilish, ishontirish, ko‘rsatma berish, tashviq qilish, murojaat qilish kabi vazifalarini ifodalash bilan bog‘liq holda mavzu-mundarijasining takomillashuvi, til birliklari tizimidagi o‘ziga xos belgi va xususiyatlari onomastik qonuniyatlar asosida dalillangan;
gemeronimlarning apellyativ jihatdan qaysi tillarga mansubligi, ularning semantik turlari, ayrimlarining transonimizatsiya asosida vujudga kelishi, ayrim gemeronimlar tanlanishida metafora, metonimiya, sinekdoxa, alliteratsiya kabi troplardan foydalanilganligi kabi leksik-semantik o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
gemeronimlarning struktur jihatdan so‘z, birikma va gap shaklida – sodda gap, bir bosh bo‘lakli, ikki bosh bo‘lakli gap, darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, qo‘shma gap va shuningdek, parema shaklida qo‘llanilishi misollar orqali isbotgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek tili gemeronimlarining leksik va struktur-semantik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gemeronimlarning onomastik ko‘lamdagi ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, madaniy va lisoniy omillar bilan bog‘liq takomillashuvi va ularning tilshunoslikdagi lisoniy maqomi hamda boshqa onomastik birliklar bilan munosabatiga oid tahlil hamda xulosalardan F1- FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 27-avgustdagi 304/1- son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyada keltirilgan so‘zlar tahlilidan qoraqalpoq tilidagi ayrim leksemalarning lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarini ochib berishda ancha qulayliklar yaratilgan;
gemeronimlar davr, makon va zamon, ijtimoiy muhitga bog‘liq holda takomillashib borishi aniqlanganiga doir xulosalardan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 27-avgustdagi 304/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi gemeronimlarning qiyosiy tahlilini mazkur dissertatsiya materiallari asosida talqin qilishga erishilgan;
gemeronimlarning mazmuniga ko‘ra lingvomadaniy vosita sifatida voqelanishi dalillangani haqidagi xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm”, “Tilimizni o‘rganamiz” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-noyabrdagi 741-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning keng ommaga manzur bo‘lishi, xalq tarixi, ma’naviyat sarchashmalari ildizlari hamda gemeronimlarning leksik va struktur-semantik xususiyatlarini ilmiy-ommabop uslubda yoritishga erishilgan.