Xasanov Bunyod Kazakjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ikkinchi jahon urushi yillarida Namangan viloyati aholisining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi (1941-1945 yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar1249
Ilmiy rahbar: Ermetov Avaz Abdullaevich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulamovich – tarix fanlari doktori, Babadjanov Xasan Baxtiyorovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyati aholisining Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatida frontga chaqirish markazlari tashkil etilib, urushga safarbarlik jarayonlari barcha tumanlar kesimida olib borilganligi, frontga yuborilayotganlar viloyatda tashkil etilgan qisqa muddatli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ta’lim olganligi, hamda bir oiladan bir nechta farzandlar, hatto ko‘ngilli ravishda xotin-qizlar ham jalb etilganligi (viloyat bo‘yicha 71 nafar, ulardan 17 nafari o‘zbeklar) ochib berilgan;
urush yillari Namangan viloyati qishloq xo‘jaligida murakkab vaziyat yuzaga kelganligi, jumladan paxta etishtirish yillik rejasi bajarilmagani uchun kelgusi yilning yangi hosilidan ortig‘i bilan bajarish joriy etilganligi, “Hosilot xaltasi” va “Mudofaa gektari” tashkil etilganligi, 14 ming nafardan ziyod yuqori sinf o‘quvchilari sohadagi ishlarga o‘rgatilib mehnatga jalb etilganligi, tola (paxta) o‘rniga qo‘y va echki juni bilan sanoatni ta’minlash vazifasi qo‘yilganligi aniqlangan;
bolalar bog‘chalari urush yillarida 10-12 soatgacha ishlashga o‘tganligi va kechasi qarovchisi yo‘q bolalar uchun maxsus internat guruhlari ochilganligi, ayrim shahar maktab binolari harbiy maqsadlarda olib qo‘yilgani, maktablarda harbiy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani, yuqori sinf o‘quvchilari esa dehqonchilikni o‘rganishi uchun maxsus sinflariga aylantirilgani, 21 ming nafar o‘quvchilar kundalik maishiy muammolar bilan mashg‘ul bo‘lib maktabga bormaganligi, oqidatda maktablardagi davomat 55 foizgacha tushib ketganligi dalillangan;
viloyatning barcha tumanlarida kasalxona va tibbiy xodimlarning etishmasligi sababli feldsher-akusherlik tibbiyot maktabi tashkil etilib, kadrlar tayyorlashning ekstensiv usulidan foydalanilganligi, maxsus tibbiy brigadalar tuzilganligi, lekin kasalxonalar zaruriy dori-darmon bilan ta’minlanmaganligi oqibatida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilib, yuqumli bo‘lgan endemik kasalliklar – gripp, qizamiq, bezgak, toshmali terlama va kabilarni avj olishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyati aholisini Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Namangan viloyatida frontga chaqirish markazlari tashkil etilib, urushga safarbarlik jarayonlari barcha tumanlar kesimida olib borilganligi, frontga yuborilayotganlar viloyatda tashkil etilgan qisqa muddatli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ta’lim olganligi, hamda bir oiladan bir nechta farzandlar, hatto ko‘ngilli ravishda xotin-qizlar ham jalb etilganligi (viloyat bo‘yicha 71 nafar, ulardan 17 nafari o‘zbeklar)ga doir taqdim etilgan yangi materiallardan O‘zbekiston tarixi bo‘yicha yaratilgan ilmiy tadqiqot dasturlarida tarixiy-amaliy asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2024-yil 18-iyuldagi 02-05/2680-son dalolatnomasi). Ushbu materiallar o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida tinchlik va shukronalik his-tuyg‘ularini yanada mustahkamlash kabi fazilatlarni shakllanishiga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibotlarni amalga oshirishga xizmat qilgan. 
urush yillari Namangan viloyati qishloq xo‘jaligida murakkab vaziyat yuzaga kelganligi, jumladan paxta etishtirish yillik rejasi bajarilmagani uchun kelgusi yilning yangi hosilidan ortig‘i bilan bajarish joriy etilganligi, “Hosilot xaltasi” va “Mudofaa gektari” tashkil etilganligi, 14 ming nafardan ziyod yuqori sinf o‘quvchilari sohadagi ishlarga o‘rgatilib mehnatga jalb etilganligi, tola (paxta) o‘rniga qo‘y va echki juni bilan sanoatni ta’minlash vazifasi qo‘yilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etish, ssenariylarini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-iyundagi 04-36-780-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar teletomoshabinlarga yanada ta’sirli etkazilib, bugungi tinch va farovon hayotning qadriga etish, shukronalik tuyg‘usining mustahkamlanishiga xizmat qilgan. 
bolalar bog‘chalari urush yillarida 10-12 soatgacha ishlashga o‘tganligi va kechasi qarovchisi yo‘q bolalar uchun maxsus internat guruhlari ochilganligi, ayrim shahar maktab binolari harbiy maqsadlarda olib qo‘yilgani, maktablarda harbiy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani, yuqori sinf o‘quvchilari esa dehqonchilikni o‘rganishi uchun maxsus sinflariga aylantirilgani, 21 ming nafar o‘quvchilar kundalik maishiy muammolar bilan mashg‘ul bo‘lib maktabga bormaganligi, oqidatda maktablardagi davomat 55 foizgacha tushib ketganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga taqdim qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining 2024-yil 10-sentyabrdagi 42-703-son ma’lumotnomasi). Natijada arxiv ma’lumotlari, davriy matbuot materiallari muzey fondini tarixiy hujjatlar bilan yanada boyitilishi va unga tashrif buyruvchilarning Namangan viloyati aholisining Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi bilan bog‘liq bilim va tassavurlarini kengayishiga xizmat qilgan.
viloyatning barcha tumanlarida kasalxona va tibbiy xodimlarning etishmasligi sababli feldsher-akusherlik tibbiyot maktabi tashkil etilib, kadrlar tayyorlashning ekstensiv usulidan foydalanilganligi, maxsus tibbiy brigadalar tuzilganligi, lekin kasalxonalar zaruriy dori-darmon bilan ta’minlanmaganligi oqibatida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilib, yuqumli bo‘lgan endemik kasalliklar – gripp, qizamiq, bezgak, toshmali terlama va kabilarni avj olishiga sabab bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etish, ssenariylarini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-iyundagi 04-36-780-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning Namangan viloyati aholisining Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi bilan bog‘liq tasavvurlarini boyitilishiga va bugungi tinch, farovon hayotning qadriga etish, shukronalik tuyg‘usining ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish