Sultanov Shuxratjon Nurmaxamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “14-15 yoshli erkin kurashchilarning kompleks tayyorgarligida mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.4.PhD/Ped6785.
Ilmiy rahbar: Tojiboev Soyib Samijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor .
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Odiljon Jaloliddinovich pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Kipchakov Bahodir Bahriddinovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi 14-15 yoshli erkin kurashchilarining mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
14-15 yoshli erkin kurashchilarning jismoniy rivojlanishlarini sport tayyorgarliklariga mos ravishda kompleks tayyorlash asosida raqibning harakatlarini oldindan bilish va reaksiya ko‘rsatish, himoya va hujum taktik harakatlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan vosita va usullarni yuklama darajasi, mashq davomiyligi meyorini rejalashtirish hisobiga mashg‘ulotlarni musobaqa bellashuvlariga moslashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh erkin kurashchilar vositalar bilan bajariladigan mashqlarni texnik harakatlarga yo‘naltirish evaziga tortuvchi mikrosilkni rejalashtirishda elka, qo‘l va oyoq mushaklarini tiklovchi vositalarning qo‘llash hisobiga funksional tayyorgarlikni oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
14-15 yoshli erkin kurashchilarni xaftaning boshida turli vaznli sportchilar bilan bajariladigan maxsus mashqlarni bajarish yakunida nafas olish texnikasi, meditatsiya hamda vizualizatsiya usullarini qo‘llash orqali musobaqa jarayonida murakkab texnik-taktik harakatlarni to‘xtovsiz bajarish samaradorligi oshirilgan;
14-15 yoshli erkin kurashchilarni jismoniy (balon va rezina arqon), texnik (maniken va juftlikda engil bellashuv), tiklovchi (stereching, statik dinamik cho‘zilish va aerobik) mashqlar asosida musobaqalarga kompleks tayyorshga yo‘naltirilgan mezotsikllarni samarali optimallashtirish hisobiga sportchilarni takomillashuv bosqichidagi belgilangan me’yorlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali erkin kurashchilarning kompleks tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
14-15 yoshli erkin kurashchilarning jismoniy rivojlanishlarini sport tayyorgarliklariga mos ravishda kompleks tayyorlash asosida raqibning harakatlarini oldindan bilish va reaksiya ko‘rsatish, himoya va hujum taktik harakatlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan vosita va usullarni yuklama darajasi, mashq davomiyligi meyorini rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Guliston Shahar 1-sonli sport maktabi erkin kurash mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 8-noyabrdagi 06-01/06/13/7622-son ma’lumotnomasi). Natijada erkin kurashchilarining 30 m masofaga yugurish ko‘rsatkichi 14,2 % ga yaxshilangan;
yosh erkin kurashchilar vositalar bilan bajariladigan mashqlarni texnik harakatlarga yo‘naltirish evaziga tortuvchi mikrosilkni rejalashtirishda elka, qo‘l va oyoq mushaklarini tiklovchi vositalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sportchilarini tayyorlash markazining erkin kurash mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 8-noyabrdagi 06-01/06/13/7622-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchilarining beldan oshirib tashlash bo‘yicha texnik tayyorgarligi 18,3 % ga yaxshilangan;
14-15 yoshli erkin kurashchilarning zarbdor mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun haftaning boshida turli vaznli sportchilar bilan ushlash, otish, oyoq ushlash, aylanish usullari, parter holatlaridan chiqish maxsus mashqlarni, yakunida esa nafas olish texnikasi, meditatsiya va vizualizatsiya usullari orqali sportchilarning stress darajasini kamaytirishga qaratilgan mashqlarini mashg‘ulotlar rejasiga singdirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Erkin kurash)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyurug‘iga asosan 302-0250 raqamli guvohnoma). Natijada erkin kurashchilarning taktik tayyorgarligi 16,4% ga yaxshilangan;
14-15 yoshli erkin kurashchilarni musobaqalarga tayyorlashda jismoniy (balon va rezina arqon), texnik (maniken va juftlikda engil bellashuv), tiklovchi (stereching, satatik-dinamik cho‘zilish va aerobik) mashqlarni mezotsikllarga singdirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar Guliston olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi erkin kurash mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 8-noyabrdagi 06-01/06/13/7622-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz o‘quvchilari tomonidan xalqaro musobaqalarda 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari hamda respublika musobaqalarida esa 2 ta oltin, 1ta kumush va 4 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.