Quvatov Elyor Haqmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro kurash turlari vositalari asosida kurashchchilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomilashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.4.PhD/Ped2328.
Ilmiy rahbar: Abbdullaev Mehriddin Junaddulaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor .
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Odiljon Jaloliddinovich pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Aliev Iskandar Baxromovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro kurash turlari vositalari asosida kurashchchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomilashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sport takomillashuv bosqichidagi sportchilarning xalqaro va respublika musobaqalariga tayyorlashda sambo va dzyudo sport turlarining o‘quv-yig‘in mashg‘ulot dasturlaridan model sifatida foydalangan holda (ertalabki hamda kechki) mashg‘ulotlar rejasini optimal taqsimlash hisobiga sport formasini yuqori darajada saqlash imkoniyatlari oshirilgan;
sport takomillashuv bosqichidagi kurashchilarnining jismoniy tayyorgarlik dinamikasini oshirishda mashg‘ulot jarayonlaridagi maxsus tayyorgarlik mexanizmini xalqaro kurash turlari uslubiyatiga moslagan holda mashqlar kompleksidan oqilona foydalanish asosida kurashchilarnining tezkor-kuch sifatlarini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurashchilarning haftalik mikrotsikli mashg‘ulot rejasiga muofiq funksional holatini nazorat qilishda jismoniy ishchanlik darajasi, aerob imkoniyatlari, mashg‘ulot muddatlari, adaptatsion zaxiralari, gemodinamika ko‘rsatkichlarini istiqbolli fiziologik tashxislash hisobiga organizmni qayta tiklanish imkoniyatlari oshirilgan;
kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirishda sport kurashlari turlari klasifikatsiyasidagi texnik usullarni (elkadan, beldan, ko‘krakdan oshirib tashlash)  qo‘llash hisobiga musobaqa jarayonlarida yuqori amplitudada bajariladigan texnik harakatlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro kurash turlari vositalari  asosida kurashchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini takomillashtirishdan olingan natijalar asosida:
sport takomillashuv bosqichidagi sportchilarning xalqaro va respublika musobaqalariga tayyorlashda sambo va dzyudo sport turlarining o‘quv-yig‘in mashg‘ulot dasturlaridan model sifatida foydalangan holda (ertalabki hamda kechki) mashg‘ulotlar rejasini optimal taqsimlash bo‘yicha takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2021 yil 20-oktyabrdagi 441-son buyrug‘iga asosan 441-026-raqamli guvohnoma). Natijada, kurashchilarni saralash va tanlab olish imkoniyati 12 % ga yaxshilangan;
sport takomillashuv bosqichidagi kurashchilarnining jismoniy tayyorgarlik dinamikasini oshirishda mashg‘ulot jarayonlaridagi maxsus tayyorgarlik mexanizmini xalqaro kurash turlari uslubiyatiga moslagan holda mashqlar kompleks dasturi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-iyundagi 03-16/6450-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 4,4 %-5,7 % ga, tezkor-kuch, kuch, chidamlilik sifatlari 
12,2% ga, hujum harakatlarning umumiy natijaviyligi 12,5 % ga oshgan; 
kurashchilarning haftalik mikrotsikli mashg‘ulot rejasiga muofiq funksional holatini nazorat qilishda jismoniy ishchanlik darajasi, aerob imkoniyatlari, mashg‘ulot muddatlari, adaptatsion zaxiralari, gemodinamika ko‘rsatkichlarini istiqbolli fiziologik tashxislash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi kurash mashg‘ulotlariga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 27-iyundagi 03-16/6450-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha natijalar 8-12 % ga, 14 marta baland turnikda tortilish bo‘yicha esa natijalar 8-10 % ga, gimnastika narvoniga osilgan holda oyoqlarni 900 ga ko‘tarish bo‘yicha natijalar 12-14 % ga yaxshilangan; 
kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirishda sport kurashlari turlari klasifikatsiyasidagi texnik usullarni (elkadan, beldan, ko‘krakdan oshirib tashlash)  qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 27-iyundagi 03-16/6450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarda tashlash 11,3 % ga, 3x8 manekenini otish mashqi 4,7 % ga, egilgan holda manekenini 10 marta otish natijalari13 % ga o‘sgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish