Kasimov Farrux Unvonovichnung 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «A3B5 kristallarda valent zonasi tarmoqlariaro bir va ikki fotonli nochiziqli optik hodisalarning nazariy tadqiqi» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1034 
Ilmiy rahbar: Rasulov Rustamjon Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Gofurjon, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Olimov Lutfiddin Omonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ruxli temirtosh strukturali yarimo‘tkazgich valent zonasining tarmoqlariaro bir va ikki foton(kvant)li chiziqli sirkulyar dixroizm  hamda yutilish koeffisientining spektral-temperaturaviy hamda qutbiy bog‘lanishlarini tadqiq qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ilk bor, ruxli temirtosh panjarali yarimo‘tkazgichlarda valent zonasining tarmoqlariaro  bir va ikki kvantli o‘tishlarga tegishli chiziqli-sirkulyar dixroiz¬mi hamda yutilish koeffisientlarining spektral-temperaturaviy bog‘lanishlari Lattiinjer-Kon hamda Keyn gamiltonianlariga ko‘ra hisoblangan; 
ilk bor, tor (InSb) va keng (GaAs) zonali yarimo‘tkazgichlarda bir va ikki kvantli yutilish koeffisientlari spektral bog‘la¬nishlarining bir necha ekstremumli (cho‘qqili) bo‘lishi va ular miqdoran qaralayotgan temperaturaga bog‘liq bo‘lishi isbotlangan;
A3B5 yarimo‘tkazgichlarda spin yo‘nalishi o‘zgarmaydigan ikki kvantli chiziqli dixroizm koeffisienti spektral bog‘lanishi 300 burchakda GaAs dagi spektral bog‘lanishlar chastotaning ortishi bilan dastlab kamayishi va minimumga erishib, so‘ngra orta borishi aniqlangan; 
chastota E_g⁄ℏ dan (3E_g)⁄ℏ ga qadar orttirilsa, chiziqli qutblangan yorug‘likning Varshni va Passler temperaturaviy bog‘lanishlarga ko‘ra hisoblangan ikki kvantli yutilish koeffi¬sientlari nisbati xona temperaturasida Insb da 1,83;  GaAs da 1,17; InAs da1,45; AlSb da  1,08 martaga ortishi hisoblangan; 
spin o‘zgarmaydigan va o‘zgaradigan ikki kvantli o‘tishlar ehtimolliklarining temperaturaga bog‘liqligi GaAs (InAs) kristallda 0,68 (0,71) eV energiyada anomal qiymat qabul qilishi va bu qiymatlar yorug‘likning qutblanish darajasiga deyarli bog‘liq emasligi aniqlangan;
ta’qiqlangan zonaning temperaturaga Varshni formulasi orqali bog‘lanishiga ko‘ra olingan nazariy natijalar Insb ga oid tajriba natijalarini ω=(0,5÷0,65)  (E_g (T=0K))⁄ℏ chastotalar, Passler formulasiga ko‘ra tanlangan nazariy natijalar esa InAs uchun ω=(0,5÷0,9)  (E_g (T=0K))⁄ℏ chastotalar sohasida katta aniqlik (10% dan kam xatolik) bilan tushuntirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A3B5 kristallarda valent zonasi tarmoqlariaro bir va ikki fotonli nochiziqli optik hodisalarning nazariy tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yarimo‘tkazgichlarda chiziqli va tsirkulyar qutblangan yorug‘likning intensivligiga nisbatan nochiziqli bir fotonli yutilishining nazariy hisoblashlari Namangan muhandislik qurilish instituti “Fizika” kafedrasida 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan OT- F2-71 “O‘ta yuqori chastotali elektromagnit mydondagi deformatsiyalangan p-n o‘tish volt-amper xarakteristikasiga yorug‘likning ta’siri” mavzusidagi fundamental loyihada joriy etilgan (Namangan muhandislik qurilish institutining 2024-yil 8-noyabr 06/10-09/1262-son ma’lumotnomasi). Natijada murakkab zonali kristallar va ular asosuda tayyorlangan nanostrukturalarda sodir bo‘ladigan optik hodisalar sohasida olib boriladigan nazariy va eksperimental tadqiqotlarni, shuningdek fotoqabul qilgichlarninglarning ishchi parametrlarini yanada orttirish imkonini beradi;
kub va tetraedr panjarali murakkab zonali yarimo‘tkaz¬gich¬larda sodir bo‘ladigan bir va ko‘p kvantli o‘tishlarni klassifikatsiyalashtirish, hamda ularga tegishgli yutilish koeffisientlarining yoruglik chastotasiga oid hisoblashlar natijalaridan “Foton” Aksiyadorlik jamiyatida (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 — yil 23- oktyabrdagi 180-son ma’lumotnomasi) yarim o‘tkazgichli asboblarda kuzatiladigan optik va fotoelektrik hodisalar sohasida olib boriladigan tadqiqotlar natijalarini tushuntirishda foydalanilgan. Natijalardan foydalanish tajribaviy namunalarda elektron texnik asboblar tayyorlash hamda ularning elektrofizik xossalarini yaxshilash imkonin bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish