Jumaniyozov Jalolbek Odilbekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm vohasi sharoitida ildizpoyali dorivor o‘simliklarning bioekologiyasi», 06.03.03 - Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V807.
Ilmiy rahbar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Olimjon Kaxxorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Berdibaeva Dilfuza Bazarbaevna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasining iqlim va tuproq sharoitida ildizpoyali dorivor o‘simliklarning bioekologik (biomeliorativ aspektlari asosida) xususiyatlarini aniqlash va onalik plantatsiyalarni tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm vohasining iqlim va tuproq sharoitida Glycyrrhiza glabra L., Rubia tinctorum L. va Mentha piperita L. lar ildizpoyalarining ko‘karuvchanligi mos ravishda – 95,6%, 85,6%, 94,3% hamda saqlanuvchanligi - 97,4%, 89,8%, 87,4% ni tashkil etishi aniqlangan;
o‘simliklarning 3 vegetatsiya yilida ko‘chatlar soni Glycyrrhiza glabra L. – 1,57; Rubia tinctorum L. – 2,15; Mentha piperita L. – 2,09 martaga oshganligi va barg sathining kengayishi Glycyrrhiza glabra L. – 6,33; Rubia tinctorum L. – 4,01; Mentha piperita L. – 3,83 martaga kattalashishi aniqlangan;
Xorazm vohasining sho‘rlangan tuproq sharoitida silliq shirinmiya va qalampir yalpiz moslanish jarayonidagi bioekologik xususiyatlarining chidamlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha shkalaga asosan o‘rtacha 95 va 90 ball bilan o‘ta istiqbolli va bo‘yoqdor ro‘yan 85 ball bilan istiqbolli o‘simlik sifatida baholangan; 
ildizpoyali dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi moddalari sifatida, silliq shirinmiya ildiz va ildizpoyasi tarkibida glisirrizin kislotasi – 13,1%, bo‘yoqdor ro‘yan ildizi va ildizpoyasi tarkibida rubiadin-glyukozidi – 0,43% va qalampir yalpiz er ustki qismi xom-ashyosidagi efir moylari tarkibida umumiy mentol miqdori o‘rtacha 49,4% bo‘lishi aniqlangan;
uch vegetatsiya yili davomida silliq shirinmiya, bo‘yoqdor ro‘yan va qalampir yalpiz ekilgan maydonda tuproq tarkibi tuproqning yuqori (0-10 sm yoki 10-20) qatlamida sho‘rlanish miqdori o‘rtacha 0,17-0,03% ga kamayishi, unumdorlik (gumus) miqdori esa o‘rtacha 0,16-0,09% ga oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasining sho‘rlangan erlarida ildizpoyali dorivor o‘simliklarning bioekologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Glycyrrhiza glabra L. ildizpoya qalamchalaridan ekish ishlanmasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani “Ota Vais Yusuf” fermer xo‘jaligining 1,7 gektar er maydonida joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 01/03-1706-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, silliq shirinmiyaning er ustki biomassasi 2020 yilda – 18,7 s/ga, 2021 yilda 46,1 s/ga va 2022 yilda 51,6 s/ga ni tashkil qilib, 2020-2022 yillar mobaynida jami pichan hosilidan – 116,4 s/ga, o‘rtacha 38,8 s/ga natijaga erishish imkonini bergan; 
Rubia tinctorum L. va Menthae piperita L. ildizpoya qalamchalaridan ekish texnalogiyasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani “Mangu hayot” fermer xo‘jaligining jami 2,0 ga er maydonida (0,9 gektar er maydonida bo‘yoqdor ro‘yan – Rubia tinctorum L. va 1,1 gektar er maydonida qalampir yalpiz – Menthae piperita L.) joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 24 iyundagi 01/03-1167-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba maydonida o‘rtacha uch yilda, ya’ni, 2021-2023 yillarda bo‘yoqdor ro‘yan o‘simligining umumiy ildiz hosildorligi – 26,0 s/ga, qalampir yalpizning barg hosildorligi 2021 yilda o‘rtacha 1,2 t/ga ni, 2022 yilda 1,5 t/ga va 2023 yilda 1,8 t/ga ekanligi qayd qilinib, o‘rtacha uch yilda umumiy barg hosildorligini – 4,5 t/ga bo‘lish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish