Voitova Gavxar Alisherovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xomiladorlik, tug‘ish va tug‘ruqdan keyingi davrda COVID-19 zotiljami bilan og‘rigan ayollarda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashning konseptual jihatlari va strategiyasi», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2592.
Ilmiy maslahatchi: Alimova Xilola Pulatovna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Toshkent pediatriya tibbiet instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib29.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinbaeva Nilyufar Abdujabborovna, tibbiyot fanlari doktori; Bekbaulieva Gulistan Niyatbaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Axmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk halqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqodning maqsadi homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda ijtimoiy-psixologik kuzatib borish strategiyasini ishlab chiqish orqali COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan homilador ayollarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan homilador ayollar va yosh onalar og‘irlik darajasiga nisbatan tabaqalashtirilgan, ushbu bemorlar guruhini davolashga jalb qilingan barcha tibbiyot xodimlarining faoliyatini moslashtirish va birlashtirishni o‘z ichiga olgan psixologik yordamni tashkil etish va ko‘rsatish sifatini baholashda perinatal natijalarga ta’sir etuvchi asosiy omillar isbotlangan;
COVID-19 pandemiyasi sharoitida ayollarning ruhiy zo‘riqishi va psixosomatik buzilishlar darajasini aniqlash, perinatal davrning kechishini bashoratlash imkonini berishi va gestatsiya davrining asoratlari rivojlanishiga qadar psixoterapevtik yordamni erta ko‘rsatish zarurati bilan isbotlangan;
anamnezida bepushtlik bo‘lgan indusirlangan va/yoki ekstrakorporal urug‘lantirishdan so‘ng homilador bo‘lgan ayollarning COVID-19 pnevmoniyasi xolatidagi psixologik maqomi va salbiy psixoemotsional holati gestatsiyaning kechishiga va perinatal davr natijalariga ta’siri isbotlangan;
SARS-CoV-2 yuqtirgan ayollarda gestatsion dominantaning eng kup uchraydigan psixologik tarkibiy qisimlaridan “asosan tashvishli” va “asosan depressiv” klinik jihatdan ahamiyatli nevrotik alomatlar mezonlari bo‘lib, tug‘ruk va tug‘ruqdan keyingi dastlabki davrning og‘ir kechishiga ta’siri bilan isbotlangan;
COVID-19 pandemiyasi davrida homiladorlikning birinchi trimestrining o‘zidayoq ayollarda erta psixologik test va psixoterapevt maslahatini o‘tkazish asoratlarning kam rivojlanishi, buning oqibatida homiladorlikning kechishi va yakuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan isbotlangan;
COVID-19 pandemiyasi davrida homilador ayollarda butun perinatal davri mobaynida salbiy psixosomatik holatlarda davolash-tashhislash taktikasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan ayollarda homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashning konseptual jihatlari va strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan homilador ayollar va yosh onalar og‘irlik darajasiga nisbatan tabaqalashtirilgan, ushbu bemorlar guruhini davolashga jalb qilingan barcha tibbiyot xodimlarining faoliyatini moslashtirish va birlashtirishni o‘z ichiga olgan psixologik yordamni tashkil etish va ko‘rsatish sifatini baholashda perinatal natijalarga ta’sir etuvchi asosiy omillar isbotlangan va “1-son Zangiota shifoxonasi”ning 13.08.2024 yildagi 104 – R sonli, Shahar 7 – son tug‘ruq komplesining 16.08.2024 yildagi 65 xamda 66-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: psixologik yordamni tashkil etish va ko‘rsatish sifatini baholashda perinatal natijalarga ta’sir etuvchi asosiy omillarning tadbiq etilishi, COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash, kasallik asoratlarni kamayishi, COVID-19 ning o‘tkir davridan keyin tiklanish davrining qisqarishi va COVID-19 dan keyingi davrda ayollarning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan homilador ayollar va yosh onalarda psixoemotsional o‘zgarishlar alomatlarni aniqlashning yangicha yondashuvlarini joriy etish, o‘rtacha davolash muddatini 22,4 kundan 18,3 kunga qisqarishi hisobiga bir nafar bemorni davolashda 2968400 so‘m mablag‘larni tejash va 1790 nafar Zangiota RIKShda davolangan ayollarga 5313436000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beragan. Xulosa: COVID-19da psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan homilador ayollarni tabaqalashtirib tashhislash va davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish hisobiga, o‘rtacha davolash muddatining qisqarishi 1 bemorni davolashda 2968400 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi sharoitida xomilador ayollar ruhan zo‘riqishi va psixosomatik buzilishlar darajasini aniqlash, perinatal davrning kechishini bashoratlash imkonini berishi va gestatsiya davrining asoratlari rivojlanishiga qadar psixoterapevtik yordamni erta ko‘rsatish usullari isbotlangan va “1-son Zangiota shifoxonasi”ning 13.08.2024 yildagi 104 – R sonli, Shahar 7 – son tug‘ruq komplesining 16.08.2024 yildagi 65 xamda 66-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash, perinatal davr asoratlarining oldini olish, homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan ayollarga o‘z vaqtida akusherlik-ginekologik yordam ko‘rsatish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlashning yangi yondashuvlarini joriy etish, COVID-19 bilan bog‘liq perinatal asoratlarni kamaytirish va reanimatsiya bo‘linmasida yotishning o‘rtacha davomiyligini 12,4 kundan 7,4 kungacha qisqartirish hisobiga bir nafar bemorni davolashda 10379200 so‘m iqtisod qilish va Zangiota RIKShda davolangan 677 nafar ayolarni davolash hisobiga 7026718400 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beragan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda psixoemotsional buzilishlar og‘irligini erta baholashning yangi yondashuvlarini joriy etish va jonlantirish bo‘limida davolashning o‘rtacha muddatini qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorni davolashda 10379200 so‘m iqtisod qilish imkonini beragan.
uchinchi ilmiy yangilik: anamnezida bepushtlik bo‘lgan, indusirlangan va ekstrakorporal urug‘lantirishdan so‘ng homilador bo‘lgan ayollarning COVID-19 pnevmoniyasi xolatidagi psixologik maqomi va salbiy psixoemotsional holati gestatsiyaning kechishiga va perinatal davr natijalariga ta’sir etish kursatkichlari isbotlangan “1-son Zangiota shifoxonasi”ning 13.08.2024 yildagi 104 – R sonli, Shahar 7 – son tug‘ruq komplesining 16.08.2024 yildagi 65 xamda 66-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19ning salbiy oqibatlarini uchrashining va klinik alomatlarining kamayishi hisobiga bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bo‘lgan ayollarda induksiyalangan homiladorlik va ekstrakorporal urug‘lantirishdan keyingi davrdagi psixo-emotsional holat buzilishlarini aniqlashning yangi yondashuvlarini joriy etish hamda davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga bir bemorni davolashda 1448000 so‘m iqtisod qilindi va Zangiota RIKShda davolangan 11 nafar bemorga 15928000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beragan. Xulosa: induksiyalangan homiladorlik va ekstrakorporal urug‘lantirilgan ayollarda COVID-19 davridagi psixoemotsional holat buzilishlarini aniqlashning yangi yondashuvlarini joriy etish hisobiga 1 bemorga 1448000 so‘m iqtisod qilish imkonini beragan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2 yuqtirgan ayollarda gestatsion dominantaning eng kup uchraydigan psixologik tarkibiy qisimlaridan “asosan tashvishli” va “asosan depressiv” klinik jihatdan ahamiyatli nevrotik alomatlar mezonlari bo‘lib, tug‘ruk va tug‘ruqdan keyingi dastlabki davrning og‘ir kechishiga ta’siri bilan isbotlangan va “1-son Zangiota shifoxonasi”ning 13.08.2024 yildagi 104 – R sonli, Shahar 7 – son tug‘ruq komplesining 16.08.2024 yildagi 65 xamda 66-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SARS-CoV-2 yuqtirgan ayollarda gestatsion dominantaning eng kup uchraydigan psixologik tarkibiy qisimlaridan “asosan tashvishli” va “asosan depressiv” klinik jihatdan ahamiyatli nevrotik alomatlar mezonlarining kiritilishi, perinatal davr asoratlarini bartaraf etilishga, tug‘ruq jarayonining asoratsiz o‘tishi va bemorlarning kundalik hayotga erta qaytishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 pandemiyasi davrida homilador ayollarni davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish hisobiga davolash xarajatlarini bir nafar bemorga 424000 so‘m iqtisod qilindi va Zangiota RIKShda davolangan 1585 nafar homilador ayolga 672040000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beragan. Xulosa: o‘rtacha og‘irlikdagi COVID-19 va ular bilan bog‘liq psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan homilador ayollarni davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish xarajatlarni 1 nafar bemorga 424000 so‘m iqtisod qilish imkonini beragan.
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davrida homiladorlikning birinchi trimestrining o‘zidayoq ayollarda erta psixologik test va psixoterapevt maslahatini o‘tkazish asoratlarning kam rivojlanishi, buning oqibatida homiladorlikning kechishi va yakuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan va “1-son Zangiota shifoxonasi”ning 13.08.2024 yildagi 104 – R sonli, Shahar 7 – son tug‘ruq komplesining 16.08.2024 yildagi 65 xamda 66-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ning asoratli kechgan homilador ayollarga psixoterapevtik yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan tibbiy yordamni takomillashtirilgan tizimini qo‘llash salbiy asoratlar sonining kamayishi, intensiv davo va reanimatsiya bo‘linmalarida yotish muddatining kisqarishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 pandemiyasi davrida homilador ayollarni davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish hisobiga davolash xarajatlarini bir nafar bemorga 2172000 so‘m tejashga erishilgan va Zangiota RIKShda davolangan homiladorlikning birinchi trimestrida 889 nafar ayollar hisobidan 1930908000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beragan. Xulosa: COVID-19 yuqtirish holatida homiladorlikning birinchi trimestrida va psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan ayollarni davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish hisobiga 1 nafar bemorga 2172000 so‘m iqtisod qilish imkonini beragan.
oltinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davrida homilador ayollarda butun perinatal davri mobaynida salbiy psixosomatik holatlarda davolash-tashhislash taktikasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan va “1-son Zangiota shifoxonasi”ning 13.08.2024 yildagi 104 – R sonli, Shahar 7 – son tug‘ruq komplesining 16.08.2024 yildagi 65 xamda 66-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 pandemiyasi davrida homilador ayollarda perinatal davri mobaynida salbiy psixosomatik holatlarda ishlab chiqilgan davolash-tashhislash konsepsiyasi perinatal asoratlar sonini kamaytirish va tiklanish davrini qisqartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 pandemiyasi davrida homilador ayollarni davolashda yangicha yondashuvlarni joriy etish, asoratli holatlar sonini kamaytirish va tiklanish davrini qisqartirish hisobiga bir nafar bemorga 4633600 so‘m tejaldi va Zangiota RIKShda davolangan 3080 nafar homilador ayollar hisobiga 14271488000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 va unga bog‘liq bo‘lgan psixoemotsional kasalliklarga chalingan homilador ayollarni davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish, davolash va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemorga 4633600 so‘m iqtisod qilish imkonini beragan.