Ochilov Oybek Abdirasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sportchilarni tayyorlash tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarini tashkil etish uslubiyati”, 
13.00.04-“Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped 5246.
Ilmiy rahbarlar: Ishtaev Anvar Kurganovich pedagogika fanlari nomzodi, professor; Yaqubov Fazliddin Muxitdinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sportchilarni tayyorlash tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarini tashkil etish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sportchi talabalarning mashg‘ulotlar jarayonidagi qiyinchiliklarga bardosh bera olish, o‘zini nazorat qilish, yuqori darajadagi motivatsiyani saqlash kabi irodaviy sifatlarini jismoniy qobiliyatlarga (kuch, chidamlilik) moslashtiruvchi “Ijtimoiy-axloqiy sifatlarni o‘rganish indikatorlari”ni testlar, tahliliy usullar, statistik ma’lumotlar hamda ijtimoiy so'rovnomalar va intervyular asosida takomillashtirish hisobiga sportchilarni tayyorlash tizimidagi ma’naviy tayyorgarlikni tashkil qilish imkoniyati kengaytirilgan;
sportchi talabalarda raqiblarga hurmatni saqlash hamda kuzatuvchilarning ijtimoiy qiyofasiga zid xatti-harakatlarni qilmaslik ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan “Sportchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash dasturi”ni sportda etiket qoidalarini ishlab chiqish orqali optimallashtirish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarlikni rivojlantirish uslubiyati takomillashtirilgan;
kurashchi talabalarning bellashuv vaqtida g‘alabaga erishishiga salbiy ta’sir qiluvchi (qiziqqonlik, jizzakilik, ijtimoiy beqarorlik kabi) shaxsiy xususiyatlarini meʼyorlashga qaratilgan “Sportchi talabalarning ma’naviy qiyofasini rivojlantirish moduli”ga “ekstravert” va “pragmatik” yondashuv uslublarini kiritish hisobiga vazminlik, analitik fikrlash, kirishimlilik kabi sifatlarni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
kurashchi talabalarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanish xohishi, o‘zini his qilish darajasi, sport faoliyatidan qoniqish holatlarini mashg‘ulot jarayonida baholovchi besh bosqichli texnologik xaritani tizimli va individual qo‘llash hisobiga psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportchilarni tayyorlash tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarini tashkil etish uslubiyatiga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
jismoniy tarbiya va sport sohasida tahsil olatgan talaba-yoshlarning  amaliy mashg‘ulot jarayonidagi jamoaviy xarakterni shakllantirish orqali har bir sportchining ma’naviy-axloqiy sifatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkinligi bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘iga asosan 375-009 raqamli guvohnomasi). Natijada, sportchi talabalarning ma’naviy madaniyat borasidagi bilimlari 18,9% ga oshgan;
“Ijtimoiy tarmoqlar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish” uslubi ishlab chiqilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarining axborot ist’emoli jarayonida salbiy ta’sirga ega axborotlarga qarshi kurashuvchanligini oshirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2023-yildagi ish rejasining 7-bobi, 41-bandini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 28-avgustdagi 375-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu uslublar sportchi talabalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
zamonaviy pedagogik yondashuvlardan kelib chiqib, bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida vatanparvarlik, mardlik, qat’iyatlilik, teran fikrlash, kamtarlik, irodalilik, ahillik, samimiylik, ertangi kunga ishonch, kirishimlilik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan sportchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport ta’lim muassasalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 03-16/3401-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchi yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya va uni tashkil etishning samarali usullari bo‘yicha bilimlari 15,25% ga oshgan;
“Sportchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash dasturini qo‘llashda psixologik yondashuv kartasi”ni ishlab chiqish orqali yosh kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish va  ularda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanish xohishi, o‘zini his qilish darajasi, sport faoliyatidan qoniqish holatlarini mashg‘ulot jarayonida baholash uslubiyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quv mashg‘lotlarida foydalanilgan (Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 2024-yil 2-martdagi 17/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchi yoshlarning musobaqadan keying ruhiy kayfiyat ko‘rsatkichi 17,3% ga, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanish xohishi 16,7% ga, sport faoliyatidan qoniqish holatlari 16,5 % ga rivojlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish