Astankulova Dilnur Furkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy gimnastikachilarning halqa rredmeti bilan bajariladigan murakkab mashqlar texnikasini takomillashtirish samaradorligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7610
Ilmiy rahbar: Sobirova Laylo Baxromovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich redagogika fanlari doktori (DSc), professor; Eshtaev Anvar Kurganovich pedagogika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarning halqa rredmeti bilan bajariladigan murakkab mashqlar texnikasini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
10–12 yoshli badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish maqsadida uch blokli harakatlanuvchi halqaga nisbatan reaksiya tezligini rivojlantirish, harakatning fazoviy parametrlarini aniqlash qobiliyatini takomillashtirish hamda kuch-harakat parametrlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga halqa vositasida amalga oshiriladigan uloqtirish va ilib olish texnikalarini bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh badiiy gimnastikachilarni halqaning texnik elementlarini qo‘l yordamisiz viziual nazorat qilish uchun besh darajali rsixik, sensor, motorik, maxsus va energiya zaxirasi kabi rsixofiziologik komronentlarni muvofiqlikda qo’llash hisobiga musobaqalarda buyumlar bilan murakkab elementlarni bajarish orqali rsixologik tayyorlash imkoniyatlari oshirilgan;
yosh badiiy gimnastikachilarni halqa predmeti bilan kompleks tayyorlash asosida musobaqaning istiqbolli modeli, bosqichma-bosqich saralash tizimi, halqa bilan bajariladigan texnik elementlar tizimliligi hamda tayyorgarlik shakllarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus harakatchanlik va moslashuvchanlik usullarini mashg‘ulot jarayoniga integratsiyalash hisobiga halqa predmeti yordamida asosiy elementlarning uyg‘unligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirilgan;
10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarga halqa rredmeti bilan murakkab mashqlarni o’rgatish orqali sezgi analizatorlari, reaksiya tezligi va jismoniy rivojlanishga qaratilgan simmetrik (bir xil harakatni tana o‘qining ikki tomonida bir xil tarzda bajarish, halqani o‘ng va chap qo‘lda bir xil aylantirish) harakatlarni modifikatsiyalash hisobiga asosiy texnik elementlarda yuzaga keladigan xatolarni bartaraf etish imkoniyatlari oshirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy gimnastikachilarning halqa predmeti bilan bajariladigan murakkab mashqlar texnikasini takomillashtirishga qaratilgan vositalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish maqsadida uch blokli harakatlanuvchi halqaga nisbatan reaksiya tezligini rivojlantirish, harakatning fazoviy parametrlarini aniqlash qobiliyatini takomillashtirish hamda kuch-harakat parametrlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus shahar 1-son srort maktabi 10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (Qoraqalrog‘iston Resrublikasi Srort vazirligining 2024-yil 18-iyuldagi 01-09/3691-son ma’lumotnomasi). Natijada, halqani gorizantal ushlab turish nazorat mashqini bajarishda 21,9 % ga yaxshilangan;
yosh badiiy gimnastikachilarni halqaning texnik elementlarini qo‘l yordamisiz viziual nazorat qilish uchun besh darajali rsixik, sensor, motorik, maxsus va energiya zaxirasi kabi rsixofiziologik komronentlarni muvofiqlikda qo’llash bo’yicha taklif va tavsiyalar Resrublika gimnastika srort turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan srort maktabi badiiy gimnastikachilarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (Qoraqalrog‘iston Resrublikasi Srort vazirligining 2024-yil 18-iyuldagi 01-09/3691-son ma’lumotnomasi). Natijada, halqani vertushka holatda aylantirish mashqini bajarish 12,0 % ga oshirilgan;
yosh badiiy gimnastikachilarni halqa predmeti bilan kompleks tayyorlash asosida musobaqaning istiqbolli modeli, bosqichma-bosqich saralash tizimi, halqa bilan bajariladigan texnik elementlar tizimliligi hamda tayyorgarlik shakllarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus harakatchanlik va moslashuvchanlik usullari bo’yicha taklif va tavsiyalar Buxoro viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi badiiy gimnastikachilarning mashg‘ulot jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalrog‘iston Resrublikasi Srort vazirligining 2024-yil 18-iyuldagi 01-09/3691-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1 daqiqada halqani aylantirish (barmoqlar orasidan) mashqini bajarishda 7,97 % ga o‘sgan; 
10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarga halqa rredmeti bilan murakkab mashqlarni o’rgatish orqali sezgi analizatorlari, reaksiya tezligi va jismoniy rivojlanishga qaratilgan simmetrik (bir xil harakatni tana o‘qining ikki tomonida bir xil tarzda bajarish, halqani o‘ng va chap qo‘lda bir xil aylantirish) harakatlarni modifikatsiyalash bo’yicha taklif va tavsiyalar Urganch shahar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi 10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (Qoraqalrog‘iston Resrublikasi Srort vazirligining 2024-yil 18-iyuldagi 
01-09/3691-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv mashq guruhidagi badiiy gimnastikachilarning kuch sifati umumiy hisobda 10,1% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish