Tillyaxodjaev Azizxon Aloxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarida marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11 – “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt435.
Ilmiy maslahatchi: Boltabaev Mahmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Nabiev Dilmurod Hamidullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muminova Nargiza Mahsudjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qimachilik sanoati korxonalarida marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing strategiyasi” tushunchasi korxonaning bozorda uzoq muddat muvaffaqiyatli ishlashi va barqaror rivojlanishi, bozor ulushi va o‘z brendini imijini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing dastaklaridan optimal foydalanish asosida isteʼmolchilarining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida brend imijini oshirish hamda barqaror rivojlanishga erishishda bozorni rivojlantirish (Y1→0,76), raqobatda ustunlik (Y2→0,91) va munosabatlar marketing strategiyalarining (Y3→0,87) yuqori, yashil marketing (Y4→0,55), innovatsion marketing (Y5→0,60), raqamli marketing (Y6→0,43) hamda (Y7→0,58) integratsiyalashgan marketing strategiyalarining past strategik imkoniyatlari aniqlangan;
bir omilli dispersion tahlil asosida to‘qimachilik korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ( ), ishlab chiqarish xarajatlarining ( ) taʼsirini ( ) optimallashtirish orqali raqobatda ustunlikning ta’minlash asoslangan;
to‘qimachilik sanoatida "yashil marketing" amaliyoti va isteʼmolchilarning "yashil xarid qilish" odatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va bog‘liq jarayonlarida ekologik qadriyatlarni ko‘zlab barqaror rivojlanishga yoʻnaltirish strategiyalar orqali isteʼmol talabini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksportining jahon eksportidagi ulushini trend modellashtirish asosida ekstensiv va intensiv o‘sish darajalariga ko‘ra 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing strategiyasi” tushunchasi korxonaning bozorda uzoq muddat muvaffaqiyatli ishlashi va barqaror rivojlanishi, bozor ulushi va o‘z brendini imijini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing dastaklaridan optimal foydalanish asosida isteʼmolchilarining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui sifatida takomillashtirilgan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “marketing asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 23-yanvardagi 20-sonli buyrug‘i); Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida marketing strategiyalariga korxonaning bozorda uzoq muddat muvaffaqiyatli ishlashi va barqaror rivojlanishi, bozor ulushi va o‘z brendini imijini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing dastaklaridan optimal foydalanish asosida isteʼmolchilarining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat metodologiyasi, usullari, tartiblari va harakatlari majmui sifatida yanada kengroq nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida brend imijini oshirish hamda barqaror rivojlanishga erishishda bozorni rivojlanish (Y1→0,76), raqobatda ustunlik (Y2→0,91) va munosabatlar marketing strategiyalari (Y3→0,87)dan yuqori, yashil marketing strategiyalari (Y4→0,55), innovatsion marketing strategiyalari (Y5→0,60), raqamli marketing (Y6→0,43) hamda (Y7→0,58) integratsiyalashgan marketing strategiyalarining past strategik imkoniyatlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo Art soft tex LLC» MChJ va “Textile Technologies Group” MChJlar faoliyatida foydalanilgan va sinovdan o‘tkazilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 13-sentyabrdagi №03/06-1975-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikadagi to‘qimachilik korxonalarining mavjud strategik imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha aniq metodologik yondashuv ishlab chiqilgan. Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida to‘qimachilik korxonalarining mahalliy va xorijiy bozorlarga kirib borishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan. Natijada O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 3,6 foizga oshirishga erishgan.
Bir omilli dispersion tahlil asosida to‘qimachilik korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ( ), ishlab chiqarish xarajatlarining ( ) taʼsirini ( ) optimallashtirish orqali raqobatda ustunlikning ta’minlash “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo “Art soft tex LLC» MChJ va “Textile Technologies Group” MChJlar faoliyatida foydalanilgan va sinovdan o‘tkazilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 13-sentyabrdagi №03/06-1975-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish orqali korxonalarda xarajatlarni xarajatlarni optimal rejalashtirish bo‘yicha 2023-yil davomida 15 dan ortiq korxonalarning srategik rejalashtirish bo‘limlarida ishlab chiqarish jarayonlari va maxsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar miqdorini “Art soft tex LLC» MChJda 4,6 foiz va “Textile Technologies Group” MChJda 7,9 foizga qisqartirishga erishilgan;
To‘qimachilik sanoatida "yashil marketing" amaliyoti va isteʼmolchilarning "yashil xarid qilish" odatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va bog‘liq jarayonlarida ekologik qadriyatlarni ko‘zlab barqaror rivojlanishga yoʻnaltirish strategiyalar orqali isteʼmol qimmatini yaratish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo “Art soft tex LLC» MChJ va “Textile Technologies Group” MChJlar faoliyatida foydalanilgan va sinovdan o‘tkazilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 13-sentyabrdagi №03/06-1975-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish orqali “Art soft tex LLC» MChJning 2023-yilgi eksporti 9,7 foizga va “Textile Technologies Group” MChJning Eprova bozorlariga qilingan eksporti 16,7 foiz oshgan.
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksportining jahon eksportidagi ulushini trend modellashtirish asosida ekstensiv va intensiv o‘sish darajalariga ko‘ra 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatida qo‘llanilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 13-sentyabrdagi №03/06-1975-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarda TIF TN bo‘yicha 62 kod mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda mazkur mahsulotlarning uzoq xorijiy mamlakatlarga eksport qilish imkoni oshirilgan va O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2024-yilga mo‘ljallangan strategik dasturlar va investision loyihalarni intensiv o‘sish darajalariga ko‘ra aniqlash hamda 2030-yilga yakuni bo‘yicha eksportni 24,9 trln. so‘mga etkazish ko‘zda tutuvchi loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.