Murodov Jahongir Chorievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini statistik usullarda baholash (Toshkent viloyati misolida) », 08.00.06. – Ekonometrika va statistika. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2548.
Ilmiy rahbar: Nabixodjaev Abbas Abdupattaxovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mirzanov Berdak Joldasbaevich Qoraqalpoq davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati hududlarida fermer xo‘jaliklarining faoliyat samaradorlik darajasini statistik hamda ekonometrik baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “fermer xo‘jaliklarining faoliyat samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xo‘jalik tomonidan resurslardan foydalanish darajasini, ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarni, mehnat unumdorligini hamda rentabellikni baholovchi ko‘rsatkichlar majmuasi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorlik jihatidan tahlil qilish asosida takomillashtirilgan;
fermer xo‘jaliklarining faoliyati samaradorligini statistik baholash amaliyoti xo‘jalik faoliyati turlari hamda ularni amalga oshirishning asosiy resurslari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash holatidan kelib chiqqan holda faoliyat samaradorligining “yuqori” (0,75 ≤ Syu ≤ 1), “o‘rta” (0,35 ≤ Syu ≤ 0,74), “past” 
(0 ≤ Syu ≤ 0,34) darajalarining miqdoriy diapazonini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
Toshkent viloyati hududlarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan don va dukkakli dondan olingan yalpi hosilga ta’sir etuvchi omillarni dasturiy platforma yordamida ekonometrik baholash orqali ekin maydonini kengaytirish (EMK = 35%), yuqori hosil beradigan navlarni ekish (YuNE = 42%) va mineral o‘g‘itlarning etkazib berish (MO‘E = 23%) omillarining ta’sir chegarasi aniqlangan;
Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarining yalpi ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonomentrik modeli asosida 2028-yilga qadar bir necha variantdagi prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fermer xo‘jaliklarining faoliyat samaradorlik darajasini statistik baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “fermer xo‘jaliklarining faoliyat samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini xo‘jalik tomonidan resurslardan foydalanish darajasini, ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarni, mehnat unumdorligini hamda rentabellikni baholovchi ko‘rsatkichlar majmuasi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorlik jihatidan tahlil qilish asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31 maydagi 237 – sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorlik jihatidan tahlil qilish asosida takomillashtirilgan “fermer xo‘jaliklarining faoliyat samaradorligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
fermer xo‘jaliklarining faoliyati samaradorligini statistik baholash amaliyoti xo‘jalik faoliyati turlari hamda ularni amalga oshirishning asosiy resurslari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash holatidan kelib chiqqan holda faoliyat samaradorligining “yuqori” (0,75 ≤ Syu ≤ 1), “o‘rta” (0,35 ≤ Syu ≤ 0,74), “past” 
(0 ≤ Syu ≤ 0,34) darajalarining miqdoriy diapazonini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, jumladan, Toshkent viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy himoya qilish, iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/06-02-877-sonli, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024-yil 11-sentyabrdagi №01/04-1654-sonli, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 
№01/3-13-10-831-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida anketa-so‘rovnomalarida qatnashgan 114 ta fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni bartaraf etish choralari amalga oshirildi hamda statistik ko‘rsatkichlarni ochiq e’lon qilish kengaytirildi va “Google Docs” dasturiy ta’minoti ishlab chiqilishi natijasida samaradorlikni statistik baholashni takomillashtirish metodologiyasi amaliyotga joriy etilgan;
Toshkent viloyati hududlarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan don va dukkakli dondan olingan yalpi hosilga ta’sir etuvchi omillarni dasturiy platforma yordamida ekonometrik baholash orqali ekin maydonini kengaytirish (EMK = 35%), yuqori hosil beradigan navlarni ekish (YuNE = 42%) va mineral o‘g‘itlarning etkazib berish (MO‘E = 23%) omillarining ta’sir chegarasidan foydalanish taklifi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, jumladan, Toshkent viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy himoya qilish, iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/06-02-877-sonli, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024-yil 11-sentyabrdagi №01/04-1654-sonli, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 
№01/3-13-10-831-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida fermer xo‘jaliklari faoliyatini rejalashtirishda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish imkoniyatini yaratgan hamda takomillashgan ekonometrik model asosida eng kuchli ijobiy omil 1 ta fermer uchun to‘g‘ri keladigan er maydoni hisobiga POLS modeli bo‘yicha 0.6707 foizga, FDE modeli bo‘yicha 0.4616 foizga, FEE modeli bo‘yicha esa 0.2964 foizga kamaygan, REE modeli bo‘yicha 0.6707 foizga oshganligi, eng kuchli salbiy omil Fermer xo‘jaliklariga joriy yil hosili uchun ekilgan barcha ekinlar er maydoni hisobiga POLS modeli bo‘yicha 0.3414 foizga, FDE modeli bo‘yicha 0.2431 foizga, FEE modeli bo‘yicha foizga 0.1365 foizga, REE modeli bo‘yicha esa 0.3414 foizga kamayganligi ekonometrik baholangan;
Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarining yalpi ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonomentrik modeli asosida 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan bir necha variantdagi prognoz ssenariylaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hamda yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/06-02-877-sonli, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024-yil 11-sentyabrdagi №01/04-1654-sonli, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2024-yil 6-sentyabrdagi №01/3-13-10-831-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognoz natijalari asosida 2028-yilda fermer xo‘jaliklari yalpi ishlab chiqarishi hajmi 1082.68 mlrd. so‘mni, fermer xo‘jaliklari soni 5138 tani, fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan umumiy er maydoni 146630 gektarni, fermer xo‘jaliklarida band bo‘lganlar soni 50572 kishini, fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi esa 436,95 mlrd. so‘mni tashkil etishi mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish