Navruzov Oybek Egamqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): « O‘zbekiston yoshlari ta’lim qadriyati mo‘ljallarini shakllantirishning ijtimoiy omillari » 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/S113.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Absalom Adilovich sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professos(DSc) Matibaev Toshpo‘lat, sotsiologiya fanlari doktori, (DSc) Husanova Xayriniso.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlarida ta’limga oid qadriyat mo‘ljallarini shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni tadqiq etish asosida ularni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yangi O‘zbekiston jamiyatida ta’lim sohasida yoshlar qadriyat yo‘nalishlarini ijtimoiy mo‘ljallar negizida shakllantirishning ijodiy intellektual bandlik hamda milliy, mental va madaniy jihatlari sotsiologik asoslantirilgan;
ta’limdagi texnokratik o‘zgarishlar davrida sun’iy intellektning kirib kelishi sharoitida inson omili individual-ijtimoiy farovonlikni ta’minlash asosi ekani isbotlangan;
yoshlarda kelajakka oid strategik maqsadlarni shakllantirishda umumjamiyat manfaat va irodasini ifoda etuvchi madaniy kapital (madaniy identiklik, intellekt, kadrlar tayyorlash)ning ahamiyati sotsiologik ochib berilgan;
yoshlar ta’lim qadriyati mo‘ljallarining maqsadga yo‘naltirilganligi negizida oilalardagi kambag‘alikni oldini olishning hududiy xususiyatlarini e’tiborga oluvchi sotsial omillar (bandlik loyihalari, ratsional oilaviy byudjet taqsimoti, faoliyat ijodkorligi) asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlarining ta’limga oid qadriyatlarini shakllantrishning ijtimoiy omillarini tadqiq etishda olingan natijalar asosida:
yoshlarning ijtimoiy qatlam sifatida jamiyatdagi faoliyati bevosita ta’lim bilan bog‘lik ekanligini hisobga olgan holda, aniqlangan ta’limga etaklovchi stimullar (ichki subektiv va tashqi omillar)dan yoshlarni birlashtiruvchi kuch sifatida Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlikning targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 1-13-21-2558-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi kuch sifatidagi ijtimoiy-ma’naviy faolliklari yorqin yuzaga chiqqan;
yoshlar ma’naviy jihatdan sog‘lom bo‘lishida ta’limning ustuvor ahamiyat kasb etishi, pirovard natijada barqaror jamiyat davomiyliigini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmonidan kelib chiqqan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot ishlarida foydalanildi (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 241-sonli dalolatnomasi);
yoshlar kelajak mo‘ljallarini doimiy monitoring qilib borish, ularning ta’lim orqali erishgan yutuqlarini davriylashgan tartibda kelgusi avlod uchun zamin tayorlashda aholining ijtimoiy fikrini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2019 yildagi PF-5667-sonli – “Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonidan kelib chiqqan holda, yoshlarning ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘rganish eksperimental tarzda qo‘llanilgan (Ijtmioiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi bergan dalolatnomalar). Natijada, yoshlarning ta’limdagi ishtiroki va qadriyat sifatida shakllanishiga ta’sir etuvchi jihatlar aniqlangan.
Shuningdek, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli maktablarda o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalariga asosan o‘quvchilarning qiziqishlarini doimiy monitoring qilib borish, ular kelajak mo‘ljallarini belgilash borasida oila bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib borish zarur ekanligi qayd etildi (Imkon fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2022 yilda bajarilgan 22/01/01 raqamli grand loyhasi asosidagi 27/07 sonli dalolatnoma). Natijada, Samarqand shahrida o‘rta ta’limdagi ayrim maktablarda bitiruvchi yoshlarga mo‘ljallangan “maslahat-orientasiya” tashkil etildi. Maqsad bitiruvchi yoshlar bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda ularni kasbga yoki keyingi ta’lim bosqichiga yo‘naltirish hisoblanadi.