Alekseeva Viktoriya Sergeevnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi ijtimoiy ehtiyojmand yoshlar qatlamida ijtimoiy harakatchanlik jarayonida strafikatsion o‘zgarishlar nisbati” 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. DSc /S27.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo-Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximova Nigina Xayrullaevna, iqtisod fanlari doktori (DSc), Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professori
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, akademik Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor, akademik Kaukenova Zarema Shaukenovna, Matibaev Taspulat Boltobaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlatni shakllantirish sharoitida kam ta’minlangan oilalardan chiqqan yoshlarning ijtimoiy harakatchanligi dinamikasi va tendensiyalarini gender nuqtayi nazaridan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlar turmush tarzidagi ijtimoiy tengsizlikni pragmatik o‘zgartirishda kvantativ va kvalitativ tadqiqot instrumentlarini qo‘llash orqali daromad darajasi, ta’lim olish imkoniyati, ijtimoiy maqom, gender va milliy-mental xususiyatlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy harakatchanlik indeksi ishlab chiqilgan;
inson kapitalini shakllantirish negizida yoshlarning proaktiv pozisiyasini mustahkamlash hamda, ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan ehtiyojmand yoshlar ijtimoiy portreti (o‘zgarishlarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga muvaffaqiyatli qo‘shilish, maqsadga yo‘nalganlik, kelajakka ishonch, faoliyatni rakamlashtirish inklyuzivlik) ning innovatsion faoliyat modeli ishlab chiqilgan;
ehtiyojmand yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy kayfiyat indikatori (mobillikni oshirish, stratifikatsion o‘zgarishlar dinamikasi, vaziyatni baholash, ijtimoiy izolyasiya, faollik, integratsion harakatchanlik, gender tafovut, ijtimoiy liftlardan foydalanish) ishlab chiqilgan.
ehtiyojmand yoshlarning sotsial mobilligiga mamlakatimizda inson resurslari va munosabatlarga pragmatik tayanish hamda ijtimoiy omillar (ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy kapital, internet, gender rollar, ijtimoiy institutlar) tasiri drayver yo‘nalishlar ekanligi asoslangan;
ehtiyojmand yoshlar ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlashda stratifikatsiya o‘zgarishlari va ijtimoiy harakatchanlik dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tizimli tadqiq etish va korrelyasiyalash konsepsiyasi (inklyuziv dasturlardan foydalanish imkoniyati, ishlash uchun raqamli platformalardan foydalanish) ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini kambag‘allikdan chiqarish muammosini o‘rganish asosida:
yoshlar turmush tarzidagi ijtimoiy tengsizlikni pragmatik o‘zgartirishda kvantativ va kvalitativ tadqiqot instrumentlarini qo‘llash orqali daromad darajasi, ta’lim olish imkoniyati, ijtimoiy maqom, gender va milliy-mental xususiyatlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy harakatchanlik indeksi ishlab chiqilgan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etilishi O‘zbekistondagi o‘zbek jamiyatining ijtimoiy tuzilishini ilmiy tahlil qilish, kam ta’minlangan yoshlarning sotsiologik ko‘rsatkichlaridan foydalanish istiqbollarini aniqlashga xizmat qildi (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Respublika markazining 2023 yil 22 sentyabrdagi 01-16/166-sonli ma’lumotnomasi);
inson kapitalini shakllantirish negizida yoshlarning proaktiv pozisiyasini mustahkamlash hamda, ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan ehtiyojmand yoshlar ijtimoiy portreti (o‘zgarishlarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga muvaffaqiyatli qo‘shilish, maqsadga yo‘nalganlik, kelajakka ishonch, faoliyatni rakamlashtirish inklyuzivlik) ning innovatsion faoliyat modeli ishlab chiqilgan taklifi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining: “O‘zbekistonning zamonaviy yoshlari: asosiy muammolar va ularni hal etishning taklif etilayotgan yondashuvlari” mavzusidagi fundamental va amaliy tadqiqotida foydalanilgan Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy o‘zbek yoshlarining ijtimoiy portreti ko‘rsatkichlari ko‘rinishida ishlab chiqilgan takliflardan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli tendensiyalarini o‘rganishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 08/15/2024-yilgi 04-1/845-sonli ma’lumotnomasi).
ehtiyojmand yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy kayfiyat indikatori (mobillikni oshirish, stratifikatsion o‘zgarishlar dinamikasi, vaziyatni baholash, ijtimoiy izolyasiya, faollik, integratsion harakatchanlik, gender tafovut, ijtimoiy liftlardan foydalanish) ishlab chiqilgan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etilishi ijtimoiy-siyosiy sohaning gender jihatlari va markazning tadqiqot yo‘nalishlarini ilmiy tahlil qilishga xizmat qildi (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Respublika markazining 2023 yil 22 sentyabrdagi 01-16/166-sonli ma’lumotnomasi);
ehtiyojmand yoshlar ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlashda stratifikatsiya o‘zgarishlari va ijtimoiy harakatchanlik dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tizimli tadqiq etish va korrelyasiyalash konsepsiyasi (inklyuziv dasturlardan foydalanish imkoniyati, ishlash uchun raqamli platformalardan foydalanish) ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha masalalari qo‘mitasining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 07/07/2024-yildagi 04-5-10-2980-sonli ma’lumotnomasi) keyinchalik jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi uchun foydalanilgan;
ehtiyojmand yoshlarning sotsial mobilligiga mamlakatimizda inson resurslari va munosabatlarga pragmatik tayanish hamda ijtimoiy omillar (ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy kapital, internet, gender rollar, ijtimoiy institutlar) tasiri drayver yo‘nalishlar ekanligi asoslangan xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining amaliy ishlarida o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlari: o‘zlari, armiya va vatanparvarlik haqida” sotsiologik tadqiqotlar amaliyotiga joriy qilingan. Natijada o‘tkazilgan tadqiqotlarning amaliy xulosalari, natijalari va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi saflarida harbiy xizmat bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish bo‘yicha muntazam amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 06/07/2024- yildagi 14-2083- sonli ma’lumotnomasi).