Mirametova Elmira Qoshmaxambetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi sharoitida mayda sutemizuvchilar populyasiyasi sonining mavsumiy dinamikasini belgilovchi omillarni tahlil qilish», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/V703.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Boymuradov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Temirbekov Rametulla Orazimbetovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi sharoitida mayda sutemizuvchilar populyasiyasi sonining mavsumiy dinamikasini belgilovchi omillarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi sharoitida o‘rganilayotgan mayda sutemizuvchilar turlari (Rhombomys opimus va Microtus ilaeus) populyasiyasining mavsumiy rivojlanishiga ekzogen va endogen omillarning ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
Rhombomys opimus va Microtus ilaeus populyasiyalarining mavsumiy soniga qarab jinsiy va yosh tuzilishining nisbati aniqlangan;
ilk bor Rhombomys opimus va Microtus ilaeus model turlari populyasiyalarining mavsumiy dinamikasida bosqichma-bosqich diskriminant tahlil asosida populyasion siklning asosiy o‘tish fazalari chegaralari aniqlangan;
ekologik omillarning ta’siri natijasida mavsum davomidagi son miqdorining o‘zgarishiga oid olingan miqdoriy bog‘liqliklardan foydalanishning ekologik tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi sharoitida mayda sutemizuvchilar populyasiyasi sonining mavsumiy dinamikasini belgilovchi omillarni tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog 'iston Respublikasining tabiiy ekotizimlarida keng tarqalgan kemiruvchilarning fon turlaridan atrof muhitda tabiiy va antropogen o‘ zgarishlarga uchragan cho‘l ekotizimlari dinamikasining axborot bioindikatorlari sifatida foydalanilishi bo 'yicha ishlab chikilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024 yil 6 noyabrdagi 172-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanitariya-epidemiyalogiya xizmatlarida ularni sonini prognoz qilish tabiiy oʻchoqlarining epizootik faolligini monitoring qilish bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
o’rganilayotgan kemiruvchi turlarining mavsumiy son dinamikasi va populyasion tuzilishiga antropogen omillarning ta’sirini miqdoriy baholash bo 'yicha ishlab chikilgan usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2024 yil 20 fevraldagi 2-121-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi tabiiy ekotizimlari holatini diagnostika qilish maqsadida tadqiq qilinayotgan mayda sutemizuvchi turlarining son dinamikasiga ta’sir etuvchi ekologik omillarning informativligini aniqlashning yetakchi belgilarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.